So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257307 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:54:57

19-bob Avratni (ko‘z tushishidan) saqlab, unga ahamiyatli bo‘lish haqida

602/1. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ka’ba bino qilinayotganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abbos roziyallohu anhu toshni tashishar edi. Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga toshdan saqlanish uchun «Izoringizni yelkangizga qo‘yib oling», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerga yiqilib, ko‘zlarini osmonga qaratdilar-da, so‘ngra o‘rinlaridan turib: «Izorim, izorim», deb izorlarini mahkamladilar.

Ibn Rofe’ning rivoyatlarida «elka» so‘zi o‘niga «gardan» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:55:10

603/2. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba ahli bilan birga Ka’ba qurilishi uchun tosh tashirdilar. U zotning izorlari bor edi. Amakilari Abbos roziyallohu anhu: «Ey jiyanim, izoringizni yechib, tosh bilan yelkangiz orasiga qo‘yib oling», degandilar, u zot uni yechib yelkalariga qo‘ygandilar, hushsiz bo‘lib yiqilib tushdilar. (Ana shu yiqilganlaridan so‘ng) bu kundan (hech kim) u zotni boshqa yalang‘och holda ko‘rmadi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:55:42

604/3. Misvar ibn Mahrama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men og‘ir toshni ko‘tarib ketayotganimda (badanimda) yengilgina izorim bor edi. U yechilib ketdi, toshni o‘z o‘rniga yetkazib bormagunimcha uni yerga qo‘yishga qodir bo‘lmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kiyimingning (ya’ni, izoringning) oldiga borib, uni kiygin, yalang‘och holda yurmagin», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:56:09

20-bob Bavl qilayottanda to‘sinib turish haqida

605/1. Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida meni mingashtirib olib, bir sirli gap aytdilar. Men uni odamlardan birortasiga aytmayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun hojat chiqarayotganlarida to‘sish uchun eng mahbub bo‘lgan narsalar do‘nglik yoki xurmo chakalakzori edi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:11:50

21-bob Islomning ilk davrida jimo’ g‘uslni shart kilib qo‘ymasligi, faqat maniy tushsagina, shart ekani hamda (keyinchalik) bu hukm nasx bo‘lib (amaldan qoldirilib), jimo’ (xoh maniy tushsin, xoh tushmasin) g‘uslni shart kilib qo‘yishi haqida

606/1. Abdurahmon ibn Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu: «Dushanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Qubo nomli joyga borish uchun (uydan) chiqdik. Bani Salim qabilasi oldiga yetib borganimizda u zot Itbon (Ibn Molik)ni eshigi oldida turib chaqirgandilar, u kishi ishtonlarini sudrab chiqib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini shoshiltirib qo‘yibmiz-ku!» degandilar, Itbon roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bir kishi xotini bilan qovushgan-u, lekin maniysini to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?» dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir (ya’ni, maniy suvi uchun g‘usl lozim)», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:11:58

607/2. Abulalo ibn Shixxir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qur’ondagi ba’zi oyatlar ba’zisini nasx qilgani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining ba’zisi ba’zisini nasx qiladi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:12:07

608/3. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ansoriy kishining (uyi) oldidan o‘tayotib, uni chaqirib chiqish uchun odam yubordilar. U ansoriy chiqqan paytda boshidan suv tomchilab turardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biz seni shoshiltirib qo‘ydik, shekilli-a?» desalar, u ansoriy: «Ha, ey Allohning rasuli», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar shoshiltirilsang, maniyni to‘kmagan bo‘lsang, g‘usl shart emas, balki tahoratning o‘zi kifoya qiladi», dedilar.

Ibn Bashshor rivoyatlarida majhul ko‘rinishda kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:12:14

609/4. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Bir kishi xotini bilan jinsiy qovushsa-da, lekin maniysini to‘kmasa, nima qiladi?» deb so‘rasam, u zot: «Xotinidan yetgan (suvni) yuvib, keyin tahorat qilib, namoz o‘qiyveradi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:12:21

610/5. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliga jinsiy qovushib, lekin maniysini to‘kmaydigan kishi haqida gapirib: «U kishi olatini yuvib, tahorat oladi, (xolos)», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:12:28

611/6. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir, ya’ni maniy suvi chiqsa, suv bilan g‘usl qilish lozim», dedilar.

Qayd etilgan