So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256929 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 B


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:12:41

612/7. Zayd ibn Xolid al-Juhayniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Usmon roziyallohu anhudan: «Agar kishi xotinini jimo’ qilsa-da, lekin maniysi tushmasa, nima qiladi?» deb so‘raganlarida, Usmon roziyallohu anhu: «Olatini yuvib, namozga tahorat olgani kabi tahorat qiladi, men buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Foyda: demak maniy tushmasa, g‘usl shart emas, deb aytilgan so‘z nasx, ya’ni amaldan qoldirilgandir. Bizning hanafiya mazhabimizda agar er-xotin jimo’ qilishsa-yu, maniy tushmasa, baribir g‘usl qilishlari vojibdir.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:12:55

22-bob «Suv suvdandir, ya’ni maniy tushsagina, g‘usl shart», deyilgan so‘z nasx bo‘lib, ikki jinsiy a’zo qovushsa, xoh maniy tushsin, xoh tushmasin, g‘usl vojib ekani haqida

613/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar er (xotinning) to‘rt muchasi, ya’ni ikki qo‘li va ikki oyog‘i orasiga o‘tirsa, so‘ngra jinsiy yaqinlik qilsa, u kishiga g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar.

Matorning rivoyatlarida «agar maniy tushmasa ham» bo‘lib kelgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «maniy tushmasa ham» so‘zi zikr qilinmagan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:13:08

614/2. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Maniy tushmasa ham, g‘usl qilish yoki qilmaslik haqida muhojir va ansorlar jamoasi ixtilof qilib qolishdi. Ansorlar: «Otilib chiqqan maniy sababli g‘usl vojib bo‘ladi», deyishdi. Muhojirlar: «Er-xotin qovushsa, bas, g‘usl vojib bo‘ladi», deyishdi. Men: «Men sizlarga bu haqda yechim topib beraman», dedim-da, o‘rnimdan turib Oisha roziyallohu anho huzurlariga kirish uchun izn so‘radim, Oisha roziyallohu anho ruxsat berdilar. Men u onamizga:    «Ey   mo‘minlar   onasi,   sizdan   bir   narsa   haqida   so‘rashni xohlayapman-u, lekin sizdan hayo qilmoqdaman», desam, Oisha onamiz: «Tuqqan onangdan nimani so‘rasang, mendan o‘sha narsani so‘rayvergin, chunki men ham onangizman», dedilar. Men: «Qaysi narsa sababli g‘usl shart bo‘ladi?» desam, u onamiz: «Bilimdoniga yo‘liqding-ku, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda: «Agar (er xotinining) to‘rt muchasi, ya’ni ikki qo‘li va ikki oyog‘i o‘rtasiga o‘tirib, xatna qilinadigan a’zosi xotinining xatna qilinadigan a’zosiga qovushsa, g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:13:15

615/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Xotinni jimo’ qilsa-da, maniy tushmasa, ikkovlariga g‘usl qilish lozimmi?» deb so‘radi. U so‘rayotganida Oisha roziyallohu anho ham o‘sha yerda o‘tirgandilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biz sen aytgan narsani mana bu xotin (ya’ni, Oisha) bilan bajaramiz-da, so‘ngra g‘usl qilamiz», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:13:25

23-bob Olov tekkan narsani (iste’mol kilganda) tahorat kilish lozimligi haqida

616/1. Abu Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olov tekkan narsa (iste’mol qilganda) tahorat olish lozimdir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:13:34

617/2. Abdulloh ibn Ibrohim ibn Qoriz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Abu Hurayra roziyallohu anhuga masjidda tahorat qilayotganlarida ro‘para bo‘lib qoldilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men bir bo‘lak pishloq yegan edim, shuning uchun tahorat qilmoqdaman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot «Olov tekkan narsa (tanovul qilganingizda) tahorat qilinglar», deb aytganlar», dedilar.

Said ibn Xolid ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Urva ibn Zubayrdan «Olov tekkan narsa (eyilganda) tahorat qilinadimi?» deb so‘raganlarida, Urva roziyallohu anhu: «Men bu haqda Oisha roziyallohu anhodan eshitganman, u onamiz esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olov tekkan narsa (tanovvul etilganda) tahorat qilinglar», deb aytdilar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:13:45

24-bob «Olov tekkan narsa (eyilgani) sababli tahorat lozim», deb aytilgan hukm nasx kilinib amaldan qoldirilgani haqida

618/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yning yelka qismini yeb, so‘ngra namoz o‘qidilar, lekin tahorat qilmadilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:13:59

619/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biroz go‘shti bor suyakni yoki go‘shtni yeb, so‘ngra namoz o‘qidilar, lekin tahorat ham qilmadilar va suv ham ishlatmadilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:14:40

620/3. Ja’far ibn Amr Umayya az-Zamriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘yning qo‘l qismidan go‘sht kesib olib, undan tanovul qilganlarini, so‘ngra namoz o‘qib tahorat qilmaganlarini ko‘rdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:14:50

621/4. Ja’far ibn Amr ibn Umayya Zamriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, otalari: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. U zot qo‘yning qo‘l qismidan (go‘sht) kesib olib, undan tanovul qildilar. Namozga chaqirib qolingan edi, o‘rinlaridan turib pichoqni uloqtirdilar-da, namoz o‘qib tahorat qilmadilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan