So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257284 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 B


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:14:57

622/5. Maymuna roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu onamiz huzurlarida ekanliklarida qo‘yning qo‘l qismidan tanovul qilib, tahorat olmadilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:15:04

623/6. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Guvohlik beramanki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘yning qorni (jigar va shunga o‘xshash qismlarini) pishirib berdim. U zot (u narsalardan tanovul qilib), so‘ngra namoz o‘qib, tahorat qilmadilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:15:19

624/7. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sut ichib, keyin suv olib kelishga buyurdilar. Suv olib kelingan edi, og‘izlarini chayqab: «Buning yog‘i bor-da», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:15:26

625/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini Ibn Abbos roziyallohu anhuga berdilar-da, so‘ngra namozga chiqdilar. U zotga non va go‘sht hadya keltirildi. Undan uch luqma yeb, so‘ngra odamlarga namoz o‘qib berdilar, lekin suv ushlamadilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:15:43

25-bob Tuya go‘shti yeyilganida tahorat qilish haqida

626/1. Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Qo‘y go‘shti (eyilganida) tahorat qilamanmi?» deb so‘raganida, u zot: «Agar xohlasang, tahorat qil, agar xohlamasang, tahorat qilma», dedilar. U kishi: «Tuya go‘shti (eyilganida) tahorat qilamanmi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, tuya go‘shti yeganingda tahorat qilasan», dedilar. U kishi: «Qo‘y qo‘rasida namoz o‘qisam bo‘ladimi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U kishi: «Tuya boqiladigan joyda-chi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q», deb javob berdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:15:52

26-bob Tahorati borligiga ishonib, so‘ngra tahoratim buzildi, deb shak qilsa, o‘sha tahorati bilan namoz o‘kisa bo‘laverishi haqida

627/1. Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakilaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Namozda turilganda xayolda tahorat buzilgandek bo‘laversa, nima qilish kerak?» deb shikoyat qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U ovoz eshitmagunicha yoki hid his etmagunicha jilimasin», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:01

628/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz qornida qandaydir narsani his qilib, biror narsa chiqqani yoki chiqmagani mushkul bo‘lib qolsa, to ovoz eshitmagunicha yoki hidni his etmagunicha masjiddan chiqib ketmasin», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:10

27-bob O’limtikning terisi oshlash bilan pok bo‘lishi haqida

629/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Maymunaning xizmatkorlariga   bir   qo‘y   sadaqa   qilinganida   o‘sha   qo‘y   o‘lib   qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u o‘lgan qo‘yning oldidan o‘tayotib: «Uning terisini olib, oshlab foydalanmaysizlarmi?» deganlarida, (xonadondagilar): «U o‘lgan-ku?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni yeyish harom qilingan, xolos», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:18

630/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning xizmatkoriga sadaqa qilib berilgan o‘lik qo‘yga duch kelib qoldilar. Va: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» desalar, (xonadondagilar): «U o‘lgan-ku?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yeyishlik harom, xolos (ya’ni, o‘lgan hayvonning terisini oshlab foydalansa bo‘ladi)», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:25

631/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning xizmatkorlariga sadaqa tariqasida berilgan, (so‘ngra o‘lib qolib) tashlandiq bo‘lib qolgan qo‘y oldidan o‘tayotib: «Uning terisini olib, oshlab foydalanishmaydimi?» dedilar.

Qayd etilgan