642/6. Ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kiish Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qoldim-da, suv topa olmadim...», deb yuqoridagi hadisda kelganidek aytib, uning davomida Ammor roziyallohu anhuning «Ey mo‘minlar amiri, agar xohlasangiz, (ilmni yashirish sirasiga kirib qolmasam, Alloh sizga bo‘ysunishimni menga vojib qilgani uchun) mening ustimda Alloh buyurgan o‘sha haqqingizni (ado etib) uni biror kishiga gapirmayman», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.