57/35. Humaydiy aytadilar: «Sufyonning aytishlaricha, bir kishi Jobir al-Ju’fiydan Allohning kalomidagi «Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh mening foydamga hukm qilmagunicha mana shu yerdan hargiz jilmayman. U zot hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir» (Yusuf, 80) oyati haqida so‘raganida, Jobir: «Uning ta’vili kelmagan», dedilar. Sufyon: «Jobir yolg‘on so‘zladi», dedilar. Biz Sufyondan: «Unday bo‘lsa, Jobir bu so‘zidan nimani iroda qilgan?» deb so‘rasak, Sufyon: «Rofiza toifasidagilar Ali roziyallohu anhuni bulut orasidadir, biz uning farzandlaridan biri bilan chiqsak, osmondan bir nido qilguvchi (Alini nazarda tutyapti) «Falonchi bilan birga chiqinglar», deb nido qilar edi», (deb e’tiqod qilishadi). Jobir al-Ju’fiy: «Oyatning ta’vili shu», der edi. U yolg‘on gapiradi. Aslida bu oyat Yusuf alayhissalom va u zotning inilari haqida nozil bo‘lgan», dedilar».