So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 220932 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:06

63/41. Hamom aytdilar: «Ko‘zi ojiz Abu Dovud Qatodaning huzurlariga kirib, keyin chiqib ketayotganida odamlar: «Mana shu kishi Badr g‘azotida ishtirok etgan o‘n sakkiz sahoba bilan uchrashganman, deb aytuvchi», deyishdi. Shunda Qatoda: «Bu kishi Jorif nomli vabo kelishidan oldin tilanchilik qilib yurardi. U bironta hadisga e’tibor bermaydi va u haqda gapirmaydi. Allohga qasamki, Hasan Basriy ham Badrda ishtirok etgan sahobalardan og‘zaki hadis rivoyat qilib gapirmagan. (Abu Dovud Nufay’ ibn Horisga yo‘l bo‘lsin. Bu ulkan bo‘htondir.) Lekin Said ibn Musayyab Badrda ishtirok etgan bitta Sa’d ibn Molikdangina hadis rivoyat qilganlar», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:12

64/42. Raqaba aytdilar: «Abu Ja’far Hoshim al-Madaniy asli haq so‘zlarni gapirib: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari», der edi. Vaholanki, ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan bo‘lmas edi. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, deb rivoyat qilar edi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:18

65/43. Yunus ibn Ubayd: «Amr ibn Ubayd hadis so‘zlashda yolg‘on ishlatar edi», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:25

66/44. Muoz ibn Muoz aytdilar: «Men Avf ibn Abu Jamilaga «Amr ibn Ubayd: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim bizga qurol ko‘tarsa, bizdan emas», deb aytgan hadislarini Hasandan eshitganman», deb bizga aytyapti», desam, Avf: «Allohga qasamki, Amr yolg‘on gapiribdi. (Ya’ni, aslida bu hadis sahih.) Lekin o‘zining qabih so‘ziga muvofiq bo‘lishini xohlab, shunday deb aytgan», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:32

67/45. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Bir kishi Ayub Sixtiyoniydan hadis eshitib yurar edi. Ayub esa uni (keyinchalik) uchratmay qoldilar. Shunda atrofdagilar: «Ey Abu Bakr (Ayubning kunyalari shunday edi), u kishi sizni tark qilib, Amr ibn Ubaydni lozim tutdi (ya’ni, ustoz qilib oldi)», deyishdi». Hammod aytadilar: «Kunlarning birida biz Ayub Sixtiyoniy bilan bozorda barvaqt ketayotgan edik, haligi kishi peshvoz chiqdi, Ayub unga salom berdi. So‘ngra unga: «Menga xabar berilishicha, sen mana bu kishini («Amrning nomini aytdilar», deydilar Hammod) ustoz tutibsan», desalar, u kishi: «Ha, ey Abu Bakr! (Men uni ustoz qilib oldim), chunki u bizga g‘aroyib narsalarni aytib keladi», dedi. Shunda Ayub: «Albatta biz ana shunday g‘aroyib narsalardan qochamiz yoki hayiqamiz», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:38

68/46. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Ayub Sixtiyoniyga «Amr ibn Ubayd Hasandan «Sharobdan mast bo‘lgan kishiga darra urilmaydi», deyilgan hadisni rivoyat qilibdi», deb aytilganida, Ayub Sixtiyoniy: «Amr ibn Ubayd yolg‘on gapiribdi. Men Hasanning «Sharobdan mast bo‘lgan kishiga darra uriladi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:45

69/47. Sallom ibn Abu Mute’ aytdilar: «Ayub Sixtiyoniyga Amr ibn Ubayd huzuriga borayotganim xabari yetibdi. Kunlarning birida menga yuzlanib: «Diniga xotirjam bo‘lmaydigan kishingning aytayotgan hadisiga qanday qilib xotirjam qaraysan?» dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:52

70/48. Abu Muso: «Amr ibn Ubayd bid’atchi (ya’ni, qadariya toifasiga mansub) bo‘lishidan oldin bizga hadis aytar edi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:35:59

71/49. Ubaydulloh ibn Muoz Anbariy otalaridan rivoyat qiladilar. «Vosit qozisi Abu Shayba haqida so‘rab Sho‘‘baga xat yozdim. Sho‘‘ba javob yuborib, unda «Abu Shaybadan biror (hadis) yozib yurma va bu xatim yetib borishi bilan (o‘qib bo‘lgandan keyin fitna tarqalmasligi uchun) uni yirtib tashla», deb yozilgan ekan».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:06

72/50. Affon aytdilar: «Hammodga Solih al-Murriy Sobitdan rivoyat qilgan hadisni gapirsam, «U yolg‘on gapiribdi», dedilar. Hamomga ham Solih al-Murriy rivoyat qilgan hadisni gapirsam, «U yolg‘on gapiribdi», dedilar».

Qayd etilgan