So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256904 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:14

73/51. Abu Dovud aytdilar: «Sho‘‘ba menga: «Jarir ibn Hozimning huzuriga borgin-da, «Hasan ibn Umoradan hadis rivoyat qilish senga halol emas ekan», deb aytgin. Chunki Hasan yolg‘on so‘zlaydi», deganlarida, men Sho‘‘baga: «Nima uchun?» desam, u zot: «U Hakamdan, deb asli yo‘q hadislarni rivoyat qilib, gapirib yuribdi», dedilar. Men: «U gapirayotgan narsa nima haqida?» desam, u zot: «Hakamga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud g‘azotida o‘lganlarga janoza namozi o‘qiganlarmi?» deb aytgandim, u: «O’qimaganlar», dedi. Vaholanki, Hasan ibn Umora Hakamdan, u Muqsimdan, u Ibn Abbosdan, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhuddagi mayyitlarga janoza namozi o‘qib dafn qilganlar. Men Hakamga: «Zinodan tug‘ilgan bolalar haqida nima deysan?» deb aytgan edim, u: «Janoza o‘qiladi», deb aytdi. Men: «Kimdan rivoyat qilingan?» desam, u: «Hasan Basriydan», dedi. Vaholanki, bu hadisni Hasan ibn Umora Hakamdan, u esa Yahyo ibn Jazzordan, u esa Alidan rivoyat qilgan», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:24

74/52. Hasan Hulvoniy aytdilar: «Yazid ibn Horun: «Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn Mahdujlardan biror narsa rivoyat qilmayman», deb qasam ichdilar. Va (bir kuni) Ziyod ibn Maymunga yo‘liqib, bir hadisni so‘rasam, u: «Bakr al-Muzaniydan eshitganman», dedi. So‘ngra qaytib kelib so‘rasam, «Muvarriqdan eshiganman», dedi. Yana qaytib kelib so‘rasam, «Hasandan eshitganman», dedi. Yazid ibn Horun Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn Mahdujlarga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar». Hulvoniy: «Abdusamad huzurlarida Ziyod ibn Maymunni zikr qilsam, unga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:31

75/53. Mahmud ibn G’aylon aytdilar: «Men Abu Dovud at-Tayolisiyga: «Siz Abbod ibn Mansurdan ko‘p hadis rivoyat qildingiz. Nima uchun siz bu kishining Attora nomli ayol haqida gapirgan hadislarini eshitmaysiz? U hadis bizga Nazr ibn Shumayl orqali rivoyat qilingan», desam, u zot: « Jim bo‘l! Men Abdurahmon ibn Mahdiy bilan birga Ziyod ibn Maymun huzuriga borib: «Anasdan ana shu Attora nomli ayol haqidagi hadisni sen rivoyat qildingmi?» desak, u: «Qaramaysizlarmi, agar biror kishi gunoh sodir etib, (so‘ng) tavba qilsa, Alloh uning gunohini kechiradimi?» degan edi, biz: «Ha», dedik. Shunda u: «Men Anasdan bu haqda oz ham, ko‘p ham eshitmaganman. Agar odamlar bilmagan bo‘lsa, sizlar Anas bilan uchrashmaganimni bildinglar», dedi. Bizga yana u hadis rivoyat qilayotgani xabari keldi. Men va Abdurahmon uning huzuriga borsak, u: «Tavba qildim», derdi-da, yana hadis aytishda davom etar edi. Biz uni shu holatda tark qildik», dedilar». (Bundan Ziyod ibn Maymun qilgan rivoyatlar zaif ekani tushuniladi.)

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:42

76/54. Shaboba aytdilar: «Abdulquddus: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devorni tuynukcha qilib teshib, havo kirgizishdan man etganlar», deb aytar edi. (Ya’ni, bu hadis aslida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror jonli narsaga nishon otishdan man etganlar» ma’nosida edi. Abdulquddus esa arab matnidagi «ruh», ya’ni «jon» kalimasini «ravh», ya’ni «shamol», deb va «g‘araz», ya’ni «nishon» kalimasini «‘arz», ya’ni «tuynukcha», deya harflarni chalkash qilib aytardi.) Hammod ibn Zayd bir kishiga Mahdiy ibn Hilol o‘tirganidan keyin: «Siz tomoningizdan shu kabi zaif so‘zlar bu kunlarda tarqalgan-a?» deb aytsalar, u: «Ha, ey Abu Ismoil (ya’ni, Hammod ibn Zayd)», deb o‘zining hadisda zaifligiga iqror bo‘ldi».

(Izoh: Bu rivoyatdan Abdulquddus va Mahdiy ibn Hilollar hadis rivoyat qilishda zaif ekanlari anglashiladi).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:50

77/55. Abu Avona Vazzoh ibn Abdulloh aytdilar: «Menga Hasandan biror hadis kelsa, Abon ibn Abu Ayyosh huzuriga borar edim, u Hasandan rivoyat qilingan, deb menga hadis o‘qib berar edi».

(Izoh: Bu rivoyatdan Abon ibn Abu Ayyoshning yolg‘onchiligi ayon bo‘lmoqda).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:36:57

78/56. Ali ibn Mushir aytdilar: «Men va Hamza az-Zayyot Abon ibn Abu Ayyoshdan mingga yaqin hadis eshitdik. Keyin Hamza bilan uchrashib qolgan edim, u tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rganini va Abondan eshitgan hadislarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytganida, u zot undan juda ozini, ya’ni besh yoki oltitasinigina bilishlarini aytganlarining xabarini berdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:37:04

79/57. Zakariyo ibn Adiydan rivoyat qilinadi. «Abu Ishoq al-Fazoriy menga: «Baqiyaning taniqli kishilardan rivoyat qilgan hadisini yozgin. Lekin taniqli bo‘lmaganlardan rivoyat qilgan hadisini yozmagin. Ammo Ismoil ibn Ayyoshning taniqli kishilardan ham, taniqli bo‘lmagan boshqa (kishi)lardan ham rivoyat qilgan hadislarini yozmagin», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:37:11

80/58. Ibn Muborak: «Baqiya agar ismlarni kunya deb va kunyalarni ism deb yozmasa, muncha ham yaxshi», dedilar. (Baqiya, ismi ila mashhur bo‘lgan kishidan rivoyat qilsa, kunyasini aytar edi. Agar kunyasi ila mashhur kishilardan rivoyat qilsa, ismini aytar edi. Bu ham soxtalashtirishdir.) «U bizga bir umr Abu Said Vuhoziydan, deb hadis gapirar edi. Biz (sinchiklab) qarasak, Abu Said Vuhoziy yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lgan Abdulquddus ekan».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:37:18

81/59. Abdurrazzoq aytdilar: «Ibn Muborakning Abdulquddusdan boshqa kishini ochiqchasiga yolg‘onchi, kazzob, deb aytganlarini ko‘rmaganman. Lekin Abdulquddusni yolg‘onchi, deb aytganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:37:37

82/60. Abu Nu’aym aytdilar. Mu’allo ibn Urfon zikr qilishicha, Abu Voil: «Ibn Mas’ud Siffin voqeasida huzurimizga chiqdilar», deb aytgan edi, Abu Nu’aym: «Uni o‘lgandan keyin qayta tirilgan deb o‘ylaysanmi?!» dedilar.

(Izoh: Bundan Mu’allo ibn Urfon hadis rivoyat qilishda zaif ekani ayon bo‘lmoqda).

Qayd etilgan