Assalomu aleykum, hurmatli forum ahli!
Bir masalada yordamingiz kerak edi. Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonida Rasululloh SAVga bitta emas, ikkita emas, naq beshta na't keltirilgan ekan. Bu Rasululloh SAVning boshqa payg'ambarlarda uchramaydigan beshta xislatlari bilan bog'liq ekan, ya'ni shu xislatlar payg'ambarlar ichidan faqatgina Muhammad SAV ga berilgan ekan. Shu qaysi xislatlar ekanligini hech topolmayapman. Agar o'qigan bo'lsangiz bu haqida Sayfiddin Sayfullohning kitoblari ham chiqqan ekan. Kitobniyam topolmayapman...
Kim bu haqida bilsa, ozgina ma'lumot bervoringla, iltimos.