Maffin kekschalar  ( 4685 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Хадича  05 Mart 2013, 16:07:49

Assalomu alaykum.
Bu mavzuda turli sinalgan retseptlar asosida Maffin kekslar joylab boramiz.

Ko'katdan pishiriq yeganmisiz : )
"Yalpizli maffin"


 Oson ,tez, va kam masalliqdan tayyorlanadi. Hamda mazali va vitaminli.

Masalliqlar:
4 ta tuxum
0,5 stakan un
0,5 stakan shakar
75 gr saryog'
1 kosa yuvib tozalangan ko'klam yalpizi
5 gramm mehr va e'tibor :)

Tayyorlanishi:
Huddi klassik biskvit tayyorlagandek, 4 ta tuxumni oqidan sarig'ini ajratib oqini ko'pirtirib olamiz shakar bilan. Mustahkam ko'pik bo'lgach, tuxum sarig'i va yarim stakan un solib qoshiqda asta aralashtiramiz. Go'sht qiymalagichdan ( myasarobkadan) chiqqan yalpizni ham tayyor aralashmaga solib,qoshiqda sekin aralashtiramiz. Gazda eritib olgan saryog'ni ham sovutib,kam kamdan solib aralashtiring. Issiqligicha ustiga to'kish kerakmas. Eng muximi astalik va mehr bilan qilish
 Keyin keks qolibga solib chiqamiz. Tavsiya qilaman : qolipni o'ziga shundoq solmasdan,maxsus maffin uchun mo'jallangan qog'ozli savatchaga solib,so'ng qolipga solishni.
Qizigan duhofkaga 180 gradusda tahminan 20 daqiqa pishirasiz. Bu duhofkangizni qanaqaligiga bog'liq. Pishganini tekshirish uchun  keksga 1 ta tish tozalagich cho'p ( zuba chistka ) tiqib ko'ring. Agar cho'p quruq chiqsa demak pishgan.
Sovutib, ustiga saharniy pudra sepib ko'klam dasturxoniga tortiq qilishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha : )





Qayd etilgan