Makli tort.  ( 4217 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  09 Aprel 2013, 13:22:56

Assalomu alaykum

Men mumkin marotaba so'zlarni O'zbekchasini ishlatishga harakat qilaman, mak- ko'knori urug'i bo'ladi, shekilli, lekin bizda ko'knori so'zi quloqqa yaxshi eshitilmagani uchun "mak"ni ishlatishga qaror berdim  hihihi
Turkiyada mak ta'qiqlanmagan, shuning uchun undan tayyorlangan yeguliklar ancha mashhur. Birinchi marta talabalik davrlarimda bir Turk o'qituvchimizni ayollari tayyorlagan "haşhaşlı çörek"dan yegandim, rosa yoqqandi, keyinchalik Afyon (nomidan ham bilinib turibdi, bu yerlarda haşhaşning maşhur ekanligi) viloyatiga kelganimda o'qituvchimni ayollarini qo'llaridan yeyish nasib qildi, shukrlar bo'lsin. Sezganingizday mak-haşhaş degani. Qisqa ma'lumotdan so'ng ta'rifga o'tsak.

Tort noni (biskvit) uchun masalliqlar:

5 dona tuxum
1 stakan (200 gr) shakar
1.5 stakan un (300 gr)
2 qoshiq mak
1 paket razrıxlitel’ 10 gr.

Kremi uchun masalliqlar:

4 stakan sut (800ml)
4 qoshiq un
5 qoshiq shakar
1 dona tuxum
2 qoshiq saryog’

Kremning tayyorlanishi:

Saryog’dan tashqari masalliqlarni qozonga solib, yaxshilab aralashtiring. Olovni yoqib, masalliqlarni doimiy ravishda aralashtirib kremni pishiring. Biqirlab qaynab pishgandan keyin saryog’ni soling, aralashtirib eriting. Olovni o’chiring. Mikser bilan yaxshilab aralashtirgandan keyin sovushini kuting.

Tort nonining tayyorlanishi:

Tuxum va shakarni ko’pirguncha aralashtiring. Elangan un, razrıxlitel’ va makni solib aralashtiring.
Saryog’ bilan yog’lanib, unlangan qolibingizga suyuq xamirni tekis qilib to’king. 180 darajada, 30-35 daqiqa qadar pishirib oling. Pishib pishmaganini cho’p bilan tekshirib ko’rib, duxovkadan oling.
Tort noningiz sovugandan keyin xohlaganingizchalik bo’lakka bo’ling. Men Medovikda qo’llangan usulimdan foydalandim. Duxovka listim katta bo’lganligi uchun nonni 2ga bo’ldim, bu bo’laklarni teng 2ga bo’lganim uchun 4 dona tort noni hosil bo’ldi. Chetlarini tekis qilib, ulardan chiqqan bo’laklarni maydalab oldim. Oralariga krem surtib, uvoqlari bilan tortni bezatdim. Oddiy xona issiqligida 2 soat qadar turgandan keyin tortni iste’mol qildik #oduvanchik#

Siz qolibingizga qarab pishirib, turli shakllarda bezatishingiz mumkin.
Umid qilamanki tortni tez orada sinab ko’rasiz va sizga ham juda yoqadi, bizga juda yoqdi, chunki tort judayam mayin va yumshoqqina edi.


windows 7 screen shot



upload foto

Qayd etilgan