Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar  ( 25113 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muxsiya  14 May 2013, 11:18:36

Assalomu alaykum forumdoshlar ushbu mavzuda islom yo'lida xizmat qilgan avliyolar haqida, ularning hayotidan olingan ibratli hikoyalarni qo'ldan kelganicha e'tiboringizga havola etamiz

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 11:28:09

Shayx Uvays Qaraniy
mo'minlarning boshqa hech biriga nasib bo'lmagan baxtga erishgan - faxri koinotning o'limdan so'ng muborak liboslarini unga yuborishni va ummatini duo qilishini vasiyat qilgan.
Haq taolo marhamat etar "Mening valiylarim Mening qubbalarim ostida yashirinur. Ularni Mendan boshqa zot bikmas..."
Rasululoh marhamat etadilar: "Qiyomat kunida yetmish ming farishta Uvays suratida yaralgaydir, Uvays ularning orasida jannatga kirgaydir, hech kimsa uni tanimas bilmas. Zero, dunyoda pinhon ibodat qilganni va o'zini xalqdan yashirgani uchun qiyomat kunida uni kimsa bilmagay"

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 11:38:06

Rasululohdan Uvays hayratlari qayerdan ekanligini so'radilar
- Yaman viloyatining Qaran qishlog'idan
- yo rasululoh, sizni ko'rganmi
- ko'rgan va lekin zohirda ko'rmagan, deb marhamat qildilar.
-bu qanday oshiqki sizni ko'rmas
-ikki sababi bor birinchisi hol g'alabasidan, ikkinchisi shariat azamatidan, ya'ni ko'zi ojiz onasi bor uni yolg'iz qoldirib kelmadi. Shariat amrini tutdi, onalik haqqiga rioya etdi.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 11:47:54

Hazrati Robbiydan naql qilinadi: "Havas qilib Uvaysni ko'rgali bordim. Zuho namozini o'qir edi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman, dedim. Namozdan forig' bo'lgach tasbeh ila mashg'ul bo'ldi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman dedim. Hech qayoqqa qaramay peshin namozini o'qidi. Shunday qilib uch kun kutdim. Uzuluksiz namozdan forig' bo'lmadi, hech narsa yemadi, ichmadi, uxlamadi. To'rtinchi kecha munojotini tingladim. Haq taologa yolvorar edi:
-Ilohi, meni ko'p uxlar ko'zdan va ko'p yeyar qorindan o'zingdan panoh tilayman!
Bu so'zlarni eshitib, menga shu o'git yetgaydir, dedim "

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 11:52:19

Uvays hazratlaridan so'radilar
-namozda xush'u nadur?
-namoz vaqtida qilich sanchib boshqa tomonindan chiqarsalar ham zarra sezmaslikdir. 

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 12:04:00

Hazrati Umar va Hazrati Ali Uvays hazratlarini yo'qlab borganlarida hech kim uni tanimasligini faqat tuya boqib yuruvchi bir dalli devona borligini aytdilar.
Faqat qaran qishlog'idagina ma'lum bo'lib qolib, hurmat izzati ortganda Uvays hazratlari u yerdan chiqib Kufaga ketdi.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 12:06:56

Hazrati Uvaysdan nasihat istagan odamga ushbu oyatni o'qidi: "Ul kunda do'st-do'stga biror narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas"  surai "Duxon" 41-oyat.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 12:27:07

Hazrati shayx Fathi Musuliy
mashoyixlarning ulug'i, o'zini tanitishni istamas, savdogar deb o'ylashsin deb yoniga bir qancha kalitlar taqib yurar edi. Undan sidqni so'radilar. Qo'lini temirchining o'chog'iga suqib, bir parcha qizigan temirni qo'lida ancha vaqt ushlab turib,
-siqd mana shudir degan.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 12:30:34

Naql etar
- bir kecha tushimda amiral mo'minin Ali karomallohu vajhaxunni ko'rdim. Menga o'git bering dedim.
-Agar boy bo'lsang, darvishlarga tavoze qil. Kambag'al bo'lsang boylarga takabburlik ayla, dedilar

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 12:34:39

Fath hazratlari dunyodan o'tganlarida bir ulug' kishi uni tushida ko'rib so'radi.
-Alloh taolo senga ne qildi?
-Alloh taolo mendan nega ko'p yig'laganimni so'radi. Dedimki, gunohlarim o'tidan. Marhamat etdi, yo Fath, gunohlaringni yozayotgan farishtaga yig'layotganingni ko'rgach "Yozma!" degan edim!

Qayd etilgan