Jamiyat va inson > Pazandalik

Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.

<< < (2/6) > >>

Ansora:
Valaykum assalom Zaynabxon, Alloh rozi bolsin. Ha nasib bolsa bu yil meva-chevalardan tabiiylaridan saqlayman xohlaganimcha:) o'g'lim uchun asosan, zotan hozirgi nasl har xil dorilar qo'shilgan meva-cheva bilan katta bo'lyabdi, hech bo'lmasa yozdagi meva, sabzavotlardan yesin, deb niyyat qildik. Ozbekistonda qanday bilmadim-ku, lekin Turkiyada sabzavot-mevaga keragidan ortiq kimyoviy modda qo'shilganligi haqida ko'p gapirishadi.


Qishda olmalar xuddi shamga o'hshaydi, yasamaday, bazan mevalarni danagi bolmaydi, odam yegani oylanib qoladi.


Xayrlisi bolsin.

Ansora:
Abdulhafiz, bu yerda asosan sovutgich+muzlatgich holida sotiladi bu jihozlar. Masalan meni sovutgichimni ustida muzlatadigan bo'lmasi bor, lekin u kamlik qilyabdi, shunga faqat muzlatib qoyadigan alohida moslama oldik.




Bu jihozni katta-kichikligi litr hisobida o'lchilar ekan. Masalan meni eski jihozimni sovutgich qismi 326 litr:






windows 7 screen shot


Muzlatib qoyadigan qismi esa 99 litr edi, shunga kamlik qildi. Bu esa ichki ko'rinishi:




screenshot windows 7

Ansora:
Bu orada Zaynab va Abdulhafizaka, jihozni nomi uchun rahmat:) Mavzuni nomini o'zgartirib qo'ydim:)


Ertaga nasib bo'lsa qaynonam bilan Turkcha manti, chuchvara qilib muzlatib qo'ymoqchimiz. Ramazon yaqinlashyabdi, vaqt ketkazmay yeguliklarimizni osongina tayyorlash maqsadida shunday usuldan qo'llanmoqchimiz.


Men ilgari shu kichkina muzlatadigan qismiga bulochkani pishirib, sovutib qo'ygandim, kerak bo'lgan paytda u yerdan olib duxovkada isitgandim, xuddi yangiday edi.


Zotan "shok" holda muzlatish sog'liq bilimlari tadqiqotchilari tarafidan tekshirilgan, sog'liqqa zararli bo'lmaganligi uchun bunday moslamalarni ishlab chiqarishga ruhsat berilgan va xalq tarafidan ommaviylashgan ekan.


Xatto yaqinda ilmiy kashfiyotlar bilan bogliq bir multikda (Eco evrika) ilk marotaba muzlatgichlarni qanday o'rtaga chiqqanligi bilan bogliq bolimni tomosha qilgandim:)

Ansora:
Yeguliklarni muzlatgichda saqlashni ham o'ziga xos usullari, qoidalari bor. Agar biz bu qoidalarga diqqat etmazsak, yeguliklar muzlatgichda turli xil bakteriyalarni ko'paytirishi, vitaminlari yo'q bo'lishi mumkin.


Mana bu videoda shu haqda ma'lumot berilmoqda:


http://www.uzmantv.com/derin-dondurucuda-hangi-sebzeleri-saklayabiliriz


Avvalo meva-sabzavotlarni tanlashga jiddiy e'tibor berishimiz kerak: ular chirimagan, ezilmagan bolishi shart. Ularni yaxshilab ajratgandan keyin, mo'l suvda qayta-qayta yuvishimiz kerak.


Meva va sabzavotlarni saqlash usullari turlicha:


Ularni yuvib, suvini toza sochiq bilan quritib bo'lgandan keyin shundayligicha tselofan paketlarga solib, shundayligicha muzlatishimiz mumkin;


Biroz (har bir sabzavotni qaynatish muddati har xil, uni ham vaqti bilan yozib boraman inshalloh) qaynatib, sovuq suvda ushlab turgandan keyin muzlatish;


Meva-sabzavotlarni qanday usulda ishlatishimizga qarab ham saqlaymiz, masalan o'rikdan kompot qilish uchun butun holida saqlashimiz mumkin, yoki djem qilmoqchi bo'lsak o'rikni yuvib, maydalab, shakar qoshgan holda muzlatishimiz mumkin.



Хадича:
Assalamu alaykum.
Mavzu muborak bo'lsin Ansora opa.
To'g'risi muzlatkich o'zi alohida ishlab chiqarilayotgani va butun boshli holodilnikdek keladigan muzlatkich borligi haqida hali bilmagandim. :)
Rahmat.

Yaxshi kunlaringizga xizmat qilsin...

Bizgayam nasib qilsin. Havasim keldi. Chindan ham juda qulay ekan. Ichi keng ekan.bizni muzlatkich go'sht bilan to'lib qoladi,mevalarni muzlatishga joyi yetmay qoladi.
InshaAlloh nasib qilsin.

Yana nimalar muzlatish mumkinligi haqida hamda qanday ishlatish va boshqa maslahatlarni kutib qolamiz.
Charchamang...
 

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version