O'zimiz pitsa tayyorlaymiz, ko'chadagidan arzon, mazali:)  ( 61322 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  14 Avgust 2013, 13:52:44

Assalomu alaykum.

O'g'lim katta bo'lgan sari multfilmlarda pitsani ko'rib, "biz ham pitsa qilaylik" deydigan bo'ldi. Shunga uyda o'zim pishirishga harakat qilaman. Sizlarga ham tavsiya etaman bu pitsani. Masalliqlar ishonchli, baribir uyda o'zing pishirganing barakali bo'ladi:) Men keltirgan masalliqlardan bemalol 4-5 kishi to'yadigan pitsa pishirsangiz bo'ladi. Aslida Yevropada pitsa xamiriga masalliqlardan oldin suriladigan sous sotiladi, men buni ham o'zim tayyorladim, muhimi ichidagi ziravorlar. Umid qilaman sizlarga ham yoqadi:)

Kerakli masalliqlar:
Xamiri uchun
•   3-4 stakan orasi un (700-800 gr-ga yaqin)
•   1 stakan (200 ml) qo’l kuymaydigan darajada issiq suv.
•   1 qoshiq droja.
•   1 qoshiq shakar
•   1 qoshiq tuz
•   2 qoshiq kungaboqar yoki zaytun yog’i

Maxsus sousi uchun:
•   2 qoshiq tomat
•   5 qoshiq qaynoq suv
•   Qoshiqni uchida tuz, murch, 2 bo’lak ezilgan sarimsoq, quritilib, maydalangan rayxon, jambil, kiyik o’ti.

Pitsani ustiga:
•   100 gr kolbasa (istakka qarab turli shakllarda to’grang)
•   100 gr sosiska
•   2 dona bulg’ori
•   2 dona pomidor
•   5-6 dona zaytun (yashil, qora farqi yo’q) agar bo’lmasa ham muammo emas.
•   300 gr pishloq (qirg’ichdan o’tkazamiz)


gif upload

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2013, 13:58:46


Tayyorlanishi:

 1.   Chuqurroq idishni ichiga issiq suvimizni solamiz, ichiga drojamizni aralashtiramiz. 
2.   Shakarni ham solib, drojani shishishi uchun 5 daqiqa qadar kutamiz. 
3.   So’ngra tuz, yog’ni solib aralashtiring, unni elab asta sekin xamirni qoring. Yumshoq xamir bo’lishi kerak. 5 daqiqa qadar xamirimizni muloyim bo’lishi uchun mushtlaymiz. 
4.   Zuvala shakligia keltirilgan xamirimizni ustini yopamiz, 45 daqiqa-1 soatga qadar xamirimizni 2 barobar ko’tarilishini kutamiz. 
5.   Unlagan xamirimizni barmoqlaringiz bilan yoying, chunki qo’lda yoysangiz xamiringiz yaxshi shishadi. Agar qo’lda yoya olmasangiz o’qlava yoki jo’vada yoying. 
6.   Duxovka listingizga agar bor bo’lsa makkajo’xori uni seping. Chunki bu un xamirni yopishtirmaydi, tagini yaxshi qizarishida yordam beradi, agar uningiz yo’q bo’lsa odatdagiday yog’lashingiz mumkin. 
7.   Xamirni listga joylashtirgandan keyin, kerakli masalliqlarni tayyorlang.
.   Sousni tayyorlash uchun qaynagan suvni ichiga tomatni solib, aralashtiring, qo’yiqqina massa hosil bo’ladi. Bu aralashmani ichiga tuz va qolgan ziravorlarni aralashtiring Maxsus sousimiz pitsa xamirimizni ustiga surtish uchun tayyor. 
9.   Xamirni listga yoyib bo’lgandan keyin, sousimizni hamma joyiga bir xil qilib surtib chiqing. 
10.   Pitsani ustiga navbat bilan qolgan masalliqlarni sepib chiqing. Eng ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan pishloqni seping. 
11.   Oldindan isitilgan 200 darajali duxovkada 45-50 daqiqaga yaqin, pitsani usti qazarguncha pishiring. 
12.   Iligandan keyin dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha.

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2013, 14:00:36


Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2013, 14:01:41


Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2013, 14:03:54


Qayd etilgan