Assalomu alaykum!
***
Avval insof, keyin ilm,..
Hikmat
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo’linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo’lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo’lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo’lmasin.
Ali ibn Abu Tolib
Ilm boylikdan qiymatlidir. Chunki boylikni sen qo’riqlaysan, xolbuki ilm seni qo’riqlar.
Hikmat
Bilmaslik emas, o’zini bilimdon qilib ko’rsatish ayb!
Hikmat
Ilm so’rashlik bilan qozoniladi.
Imom Zuhriy
Shuncha o`rganib shuni bildimki, men hali hech narsani bilmas ekanman.
Suqrot
Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug’roq narsa yo’q. Sharmu hayodan yaxshiroq zebu ziynat yo’q, badfellikdan yomonroq dushman yo’q.
Hikmat
Sen ilmga hamma narsangni bermaginingcha u senga hech narsa bermaydi.
Hikmat
Xoh diniy, xoh islomiy ilm bolsin, uni insonlarni mot qilish uchun emas, insonlarga yordam berish uchun o’rganish lozim!
Hikmat
Nodon kishi o’zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o’zining ilm va adabiga tayanadi.
Hikmat
Ilm olish og’ir, lekin ilmsiz yashash undan ham og’ir.
Hikmat
Asl Ilmni yo’qotmoqlik, yo’qotaman degan tushuncha bilan uni o’rganmaslikdir.
Abu Hurayra r.a.
Bir kimsaning ilmi, uni Ollohning ma’n qilgan narsalaridan qaytara olmasa, u buyuk tahlikadadir.
Imom A’zam Abu Hanifa r.a.
***