Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona  ( 35452 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  08 Sentyabr 2013, 15:40:37

Assalomu alaykum!
Ko'pchilik muxlislarning talablariga binoan Android uchun tayyorlangan ilk kitobni saytga joylashtirdim:
http://ziyouz.com/books/android/o%27tkan_kunlar_www.ziyouz.com.apk
Bir ko'ringlar-chi, qanday kamchiliklari bor?

PS. O'zimda android moslama bo'lmagani uchun uni faqatgina PCda ko'ra oldim xolos.

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 Sentyabr 2013, 16:25:12

Umuman, yomon emas, o'qishga qulay, tez ishlayapti. Har holda, java versiyasidan anchagina qulay. "Sahifalarga o'tish" degan buyrug'ini "qidirish" deb o'zgartirilsa bo'larkan, men uni saxifa raqami deb o'ylabman. Keyin, qidiruv maydonchasida so'z yozilib, "Enter" bosilishi bilan qidiradigan qilish mumkinmi? Bosganda yangi qator ochilyapti.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Sentyabr 2013, 17:14:26

Va alaykum assalom. Yaxshi o'ylabsiz, oddiy kitob va kompyuterni ko'chada olib yurish qiyin. Keyingi vaqtlarda kitoblarni asosan smartfonda o'qiyapman.

O'tgan kunlarni ishlatib ko'rdim. Islom.Uzchilar chiqargan "Muhsin", "Minhojul Qosidiyn", "Bulug' al-marom", "Ismul A'zam" kitoblarini o'quvchiga ancha qulay qilib tuzishgan. Mundarijasi boshidayoq keladi, fon rangi ko'zni toliqtirmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Sentyabr 2013, 11:20:43

Ayni kitobning lotin alifbosidagisini ham ushbu faylga birlashtirdim. Bir ko'ringlar-chi, normal ishlayaptimikan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Sentyabr 2013, 23:14:50



Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asari to'lig'icha kirill va lotin alifbosida Android uchun tayyorlandi. Bir ko'ring-chi, yaxshi ishlayptimikan:
http://www.ziyouz.com/books/android/Saodat_asri_qissalari_www.ziyouz.com.apk

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  10 Sentyabr 2013, 06:24:03

Ishlatib biroz o'qib ham ko'rdim.
Ayrim-ayrim joylarda grammatik xatolar bor. Bunisi hech narsamas, tushunib ketish oson.
Asosiy muammo. Dastur og'ir ishlayapti, 4 ta lotin va 4 ta kirilldagi kitobni qoyganingizgadir. Dasturdan bir necha sahifadan tezkorlik bilan o'tganda dastur o'chib qolyapti (prilojeniya ostanevleno). Huddi shunday muammo mundarijasida ham kuzatildi. Mundarijadagi 4 kirill va lotindagi birortasiga ham kirib bo'lmayapti, yuqorida aytganimday oshibka chiqdi

Qayd etilgan


Donishmand  10 Sentyabr 2013, 09:48:28

Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2013, 13:03:10

"Saodat asri"ning avvalgi versiyasi sekin ishlayotganini aytishgandi. Hozir kitobni qismlarga bo'lib boshqattan tayyorlab serverga yuklab qo'ydim. Boshqattan o'rnatib olinglar.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  10 Sentyabr 2013, 14:30:05

Ha rahmat bunisi ishladi

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2013, 17:41:16

Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.

Zamon bilan hamnafas telefon ishlating :)

PS. Sochi yo'qning tepakalga aytganlaridan :)

Qayd etilgan