Ziyouz yana g'olib!  ( 12655 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  23 Sentyabr 2013, 16:12:22

Assalomu alaykum!
UZ-domeni internet festivalida (www.if.uz) bu yil ham g'oliblar qatoridan o'rin egallaganimiz haqida xabar berildi.
Shuningdek, Milliy internet tanlovida (www.mit.uz) ham eng yuqori natijalardan birini egallabmiz.
Bugun va ertaga kechqurun nechanchi o'rin bo'lganimiz e'lon qilinadi.
Barchangizni tabriklayman.

Qayd etilgan


Aqoid  23 Sentyabr 2013, 20:44:34

Rahmat, rahmat. Bu faqat mening yutug'im emas, bunda siz forumdoshlarning ham xissasi katta. Hammangizni tabriklayman.

Qayd etilgan


Muxsiya  24 Sentyabr 2013, 07:31:20

Hammaga muborak bo'lsin

Qayd etilgan


Donishmand  24 Sentyabr 2013, 09:03:25

Muborak va davomli bo'lsin, Abdulaziz!
Rahmat, rahmat. Bu faqat mening yutug'im emas, bunda siz forumdoshlarning ham xissasi katta. Hammangizni tabriklayman.
Aka, antivirusingizni yangilab bergandim-u...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2013, 09:15:09

Танловнинг “Фан ва таълим соҳасида энг яхши сайт” йўналишида www.ziyouz.uz портали биринчи ўринни қўлга киритди.

Qayd etilgan


albatros  24 Sentyabr 2013, 12:43:13

Assalomu alaykum Davron aka, va ahli forum. Albatta bu kunni bayram qilsak arziydi. Chinakam mehnat o'z samarasini berdi. Yutuq muborak bo'lsin!


Qayd etilgan


Muxsiya  24 Sentyabr 2013, 14:19:01

Badiy adabiyotlar va asarlar bo'yicha eng yaxwi sayt nominatsiyasini ewitiboq bu nominatsiya egasi o'zimizning ziyouz bo'ladi deb o'ylagan edim. Bu nominatsiya kimga nasib etdi ekan?

Qayd etilgan


Музаффар  24 Sentyabr 2013, 14:42:02

Эл учун қлаётган холисона ишларингизга тангри янадаи ривож берсин. Зиёуз нинг ютуғи, биз - юзерларнинг хам ютуғимиздир. УРАААААААА!!!!....

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2013, 23:01:36

“MIT.uz” миллий интернет-танловининг “Ўзбекистоннинг бой маданияти, санъати, тарихи ва мустақиллик ғоясини акс эттирадиган энг яхши сайт” номинациясида www.ziyouz.com портали иккинчи ўринни эгаллади. Бир кун олдин бўлиб ўтган UZ Миллий домени-2013 интернет-фестивалининг “Фан ва таълим соҳасида энг яхши сайт” йўналишида www.ziyouz.uz портали биринчи ўринни қўлга киритган эди.

Qayd etilgan


Habib  24 Sentyabr 2013, 23:10:58

Mukofot muborak bo'lsin Abdul Aziz! Mehnat, shijoat, sabr albatta mevasini beradi!
Ota-onangizga rahmat!

Qayd etilgan