Bayramingiz muborak aziz ustozlar!  ( 213626 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Secret  01 Oktyabr 2012, 08:11:58


 Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
 Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
 Tag'in aytdilarki: aziz shubhasiz
 Ustoz qadriga yetolgan inson.


 

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Oktyabr 2012, 09:39:21

Ustoz va murabbiylarni, shu jumladan forumdagi ustozlarni (Aqoid akani ayniqsa) bayramlari bilan tabriklayman. Doimo salomat bo'lsinlar!
Zahmatli mehnatlarida Alloh madadkor bo'lsin!

Qayd etilgan


jahongir2000  22 Sentyabr 2013, 07:09:10


Bilim katta daryo, siz menga madad,
Shu daryodan o?tish-chun berasiz quvvat.
Zamonlar o?tar, o?tar asrlar,
Siz ustoz tufayli baxtim sarbaland.
Siz mening oftobim, siz mening oyim,
Onamdek erkalab suyasiz doim.
Aqlli bo‘l deysiz, dono bo‘l deysiz,
Siz yo‘lchi yulduzim, orzu osmonim.
Chekkan zahmatingiz hech bolmas zoye,
Xalqimga siz kabi bo‘lgum fidoyi.

Qayd etilgan


Donishmand  01 Oktyabr 2013, 11:38:33

Assalomu alaykum!
Bu dunyoda kim kimgadir ustoz, kimdir kimgadir shogird. Demak, bugun hammamizning bayramimiz!
Azizlar, bugungi Ustoz va murabbiylar kuni bilan barchangizni tabriklaymiz! Tilagimiz Ustozlarimiz bilim o'rgatishdan charchamasinlar, doimo sog'-salomat, shogirdlaridan ko'ngli quvonib yursinlar!
Bayramingiz bilan, aziz Ustozlar!

Qayd etilgan


albatros  01 Oktyabr 2013, 14:14:47



Меҳр нури ёғар доим кўзингиздан,устозлар,
Юрсам дейман бу табаррук изингиздан,  устозлар.
Чин инсонлик китобига бахту ҳикмат битибсиз,
Одоб ила билим олдим сўзингиздан, устозлар.

Қалбингизнинг йўқ ғубори,меҳрибонсиз шунчалар,
Қуёш олмиш ҳароратин юзингиздан, устозлар.
Фан боғининг боғбонисиз, чароғбонсиз кўнгилга,
Минг эҳтиром ўғлингиздан, қизингиздан, устозлар.

Жой олдингиз бир умрга шогирд юрак тўридан,
Мўмин ҳаёт дарсин ўқир ўзингиздан, устозлар
.

Qayd etilgan