Umumiy bo'lim > Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Oshxona.uz oshga chaqirmoqda!

(1/2) > >>

AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Chustiy o'zining Oshxona.uz cafesining ochilish marosimi munosabati bilan 23 oktabr, chorshanba kuni soat 10.00 da osh beryapti ekan.
Manzil: Chust shahri, Chustiy ko'chasi, 46-uy.
Mo'ljal: Chust pichoq zavodi
Masofa: Toshkentdan kelishda, Chustga kirgandagi xalqa yo'lidan 200 metr uzoqlikda.

Chustiy va Oshxona.uz ni qutlash, ham diydor, ham tekin ziyofat istovchilar marhamat qilsinlar!
 

Aqoid:
hozirgina admin bilan shu haqda gaplashdik. Imkon bo'lsa, borishga xarakat qilamiz.

MUSLIM_uz:
namangandan boradganla tel qilina 94 156 0202 birga boramiz muhammadsohib okani doim eslardan chqip qolaman qoganla eslatb quyarsila

Mirоlim:
Alloh hayrli qilsin!
Akalar bilan diydorlashmaganimizga ham ancha bo'lgan edi, jon deb borar edim, to'ylar bor! Rahmat taklif uchun!

Donishmand:
Ollohga shukur, nasib qilgan ekan, Chustga bordik va Bahriddinni yangi kafe bilan tabriklab keldik.

Bu dargohni hayrli qilishini va barakotlarga serob qilishini Ollohdan so'rab qolamiz!


Qaytishda Namanganda biroz do'konlar aylandik va kech kirib qolganligi sababli Yozyovonga kelib bir baliqxonada to'htab o'tishga to'g'ri keldi:

Shukurki, bu kunni yaxshi odamlar bilan birga o'tkazdik.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version