
. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Darhaqiqat, biz Allohnikimiz va unga qaytguvchimiz! Alloh O'zi har birimizning yaqinlarimizdan o'tgan mo'min-musulmonlarni O'z rahmatiga olgan bo'lsin. O'lim haqdir va uni hech kim ilgariga sura olmaydi va kechiktira ham olmaydi. Xoh inson shoh bo'lsin, xoh gadi bir kun Alloh tayin qilgan kunda, vaqt-soatda bu dunyodan abadiy rihlat qiladi. Biz ojiz bandalarning o'tganlarimiz uchun qila oladigan va qo'limizdan keladigan birgina amal bu - ularning haqqiga atab qilingan hayr-sadaqa, ehson, duo, qur'on tilovatidir. Agar biz o'tganlarning haqqiga atab Qur'on tilovati qilsak, ularning ruhi shod bo'ladi. Shu sabab bilan Alloh ularning qabrdagi azobini kamaytirar yoki martabasini yanada ulug' qiladi. Ayniqsa hozirgi muborak oy - Ramazon oyida qilinga duo, Qur'on tilovati esa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Sizga bir ojiz bandaning maslahati malol kelmasa o'zingiz Buvingizning haqlariga ko'proq duolar qiling, bilgan oyatlaringizni o'qib, savobini u kishining haqlariga atang. InshaAlloh Alloh o'zi u kishining qabrdagi hayotlarini yengillashtirgay va jannat eshiklarini ochgay. Siz buni Allohdan chin qalbdan, yolg'iz qolganingizda chin dildan yig'lab so'rang. Biz kaminlara ham duoda u kishini duo qilajakmiz, InshaAlloh!