Qasos (hikoya). Tohir Malik  ( 8374 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  22 Oktyabr 2006, 07:47:11

-Tushunmasangiz ham sababini so‘ramang. Yana so‘raydagin bo‘lsangiz... keta qoling...
Sodiqjon "œilojim qancha" deganday yelka qisdi. Latifa uni qo‘ltig‘idan olib, qariyalar uyiga boshladi. Tolibni darrov topishdi: bir kishilik xonada ekan - ayni muddao! Bosh tomoni ko‘tarib qo‘yilgan karavotda Tolib shiftga tikilib yotibdi. Eshikning g‘ijirlashini eshitdimi yo Latifadan taralayotgan atir hidi dimog‘iga urildimi, boshini burib qarashga harakatqildi.
Latifa Sodiqjonning qo‘lidan ushlab, uning ro‘parasiga o‘tdi. Ularni ko‘rgach, Tolibning ko‘zlari pirpiradi. So‘ng mijjalaridan yosh sizib chiqdi. Nimadir demoqchi bo‘ldi - tili aylanmadi. Unga Latifaning rahmi keldi. Qasos olishdan voz kechib, chiqib ketmoqchi ham bo‘ldi. Ammo qandaydir kuch uni ushlab qoldi. Tolibga tikilib turib, boshini Sodiqjonning yelkasiga ko‘ydi. Keyin uni iyagidan ohistagina o‘pdi-da, "œMeni quchoqlang", deb shivirladi. Sodiqjon uni quchishga ko‘pdan beri orzumand bo‘lsa-da, bu amrni bajarishga darrov jur’at eta olmadi. Buni sezgan Latifa: "œIshni buzib ko‘ymasa edi", degan o‘yda uning pinjiga kirib, labiga lab qo‘ydi. Tolib o‘kiriqqa o‘xshash bir ovoz chiqardi. Latifa sumkasidan ro‘molchasini chiqarib, Sodiqjonning labbo‘yoqdan qizargan labini artdi...
...Tolib xuddi bo‘g‘izlanayotgan buqadek o‘kira boshladi...
...mana shu o‘kiriq Latifani chirmab turgan qora bulutni haydadi.
Latifa garang holda boshini ko‘tardi: qo‘shni hovlida och qolgan buqa yana o‘kirdi.
"œUxladimmi? Tush ko‘rdimmi?" deb ajablandi Latifa. So‘ng o‘rnidan turib, beixtiyor telefon yoniga keldi. Barmoqlar tanish raqamlarni terdi. Go‘shakdan Ma’sumaning "œalyo" degan beg‘am ovozi keldi. Latifa go‘shakni joyiga ko‘yib, uf tortdi.
Kechki ovqat paytida akasi unga savol nazari bilan qarab-qarab qo‘ydi. Bolalar televizor ko‘rgani mehmonxonaga kirib ketishgach: "œSenga nima bo‘ldi?" deb so‘radi. Latifa yashirib o‘tirmadi: Tolibga nima bo‘lganini aytdi.

Qayd etilgan


shoir  22 Oktyabr 2006, 07:47:19

-Battar bo‘lsin,-dedi akasi.-Qariyalar uyidan ham chiqarib tashlash kerak. Axlatxonalarda yotib, itdek xarob bo‘lib, o‘lib ketishlari kerak bunaqalar...
-Voy, qo‘ying adasi,-dedi yanga.-Birovga bunaqa o‘lim tilamang. U ham Xudoning bir bechora bandasi...
-Sen gapirma! Bunaqa bandaga ming la’nat bo‘lsin!-Akasi shunday dedi-da, achchiqlanib, o‘rnidan turib ketdi. Latifa ham o‘rnidan turib, uyiga chiqdi. Dam o‘tmay izidan akasi kirdi. Yangasi qisqa muddatli odob darsini o‘tganmi, har holda akasining shashti bir muncha past edi.
-Iztirob chekayotganingga qaraganda, uni borib ko‘rmoqchiga o‘xshaysan. O’zingni tut. Senga maslahatim - borma. Endi nima ko‘rgiligi bo‘lsa ko‘raveradi. Nimani ekkan bo‘lsa, o‘shani o‘rib olaversin...
Latifa tunda uxlay olmadi. Go‘yo katta gulxanning so‘nib ulgurmagan cho‘g‘lari uzra oyoqyalang zir yugurgandek bo‘ldi. Ertalab bolalarini akasi bog‘chaga olib ketdi. Keyin yangasi eshikni qiya ochib, ichkariga qaradi:
-Latifa, men ketyapman, gapingiz yo‘qmi?
Yanga Latifaga g‘oyat mehribon bo‘lsa-da, bunday deyish odati yo‘q edi. Latifa hozir uni yanada yaxshi ko‘rib ketdi.
-Kennayi... borib kelmasam bo‘lmaydi. Har holda... shu bolalarning otasi...
-Mayli, boring, keyin armon bo‘lib qolmasin.
-Birga boraylik...-dedi Latifa yalingan ohangda.
Yangasi ko‘ndi. U qayinsinglisining odatini yaxshi bilgani uchun ham ishga ketishdan avval uyiga mo‘ralagan edi.
Ular qariyalar uyiga borib, ko‘p asabiylashganidan yuzlarini ajin bosib, tirishib ketgan ellik besh yoshlardagi boshliqqa ro‘para bo‘lishdi.
-Uning hech kimi yo‘q, deyishgan edi-ku?-dedi boshliq, tajanglik bilan.
-Ha, shunaqaroq,-dedi yanga.
-"œShunaqaroq" deganingiz nimasi?

Qayd etilgan


shoir  22 Oktyabr 2006, 07:47:28

-Shunaqaroq deganimki... qarindoshlari bilan bordi-keldini uzib yuborgan.
-Siz kimisiz unda?
-Bu singlim uning birinchi xotini bo‘ladilar.
Boshliq "œhm" deb Latifaga qovoq uyib qaradi.
-Tashlashga tashlab ketib, endi eslariga keldimi?
Bu gap Latifaning boshiga gurzi bo‘lib urilib, ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi. Yaxshiyamki yangasi bilan birga kelgani, bo‘lmasa, holi nima kechardi - noma’lum.
-Bu nima deganingiz, sal o‘ylabroq gapiring gapingizni. Kim kimni tashlaganini avval biling. Odamgarchilikning ko‘chasidan o‘tganmisiz o‘zingiz?
Boshliq stol ustiga shapatilab urib qo‘ydi.
-Bo‘pti, boraveringlar. O’n yettinchi xonada u. Olib ketmoqchi bo‘lsangiz yana o‘zimga uchrasharsiz.
Xonadan chiqish paytida yanga orqasiga o‘girildi:
-Rahmat, xayr, sizga uchrashadigan boshqa ishimiz yo‘q.
-Siz birpas qoling, gapim bor, - dedi boshliq uni to‘xtatib. Latifa nari ketgach, o‘rnidan turdi-da, yangaga yaqinlashib past ovozda dedi:-Olib ketganingiz yaxshi. Vrach uzoq yashamaydi. deyapti.
Yanga unga javob bermadi.
Latifa "œboshliq nima dedi?" deb so‘ramadi.
U qariyalar uyiga uch oy qatnadi.
So‘ng... qora kiydi.

Qayd etilgan