Zararli nurlaridan saqlaning  ( 6703 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:19:41

Insoniyatni o‘rab turgan mikro(to‘lqinli pechlar, radio va uyali telefonlar, video, televizor va kompyuterlar) texnik asbob va vositalar, bizlarga turli xil nurlanishlar bilan zarar yetkazmoqda. Ulardan qanday qilib saqlanish yoki ularning zararli ta’sirini qanday qilib kamaytirish mumkin?

Bugungi kunda zamonaviy shaharlarni telefon, kompyuter, videotexnika va boshqalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin ular o‘zlarining egalariga nafaqat ko‘p qulayliklar yaratibgina qolmay, balki ularning sog‘lig‘iga ham xavf tug‘dirib, ularni leykemiya (oq qon) yoki saraton kabi ko‘rsatkichlarga chalinishiga olib kelishi mumkin. Jiddiy kasalliklarning boshlanish belgilari odamlarda doim og‘rib yuradigan bosh og‘rig‘i, ko‘zlarning tez charchashi, tinka qurishi, tez-tez shamollashlar va yuqumli kasalliklardir. Odamlar buning hammasini uylaridagi va ish joylaridagi odatiy texnikadan chiqadigan nurlanish bilan bog‘liqligini xayollariga ham keltirishmaydi.

Avvaliga bioenergoterapevtlar, keyin esa olimlar ham ushbu texnik vositalardan foydalanuvchilarning tez-tez kasal bo‘lishining sababini ushbu nurlanish bilan bog‘lab, ularning soatlab kompyuterlar oldida o‘tiradiganlari ankologik kasalliklarga chalinishi, videoo‘yin ishqibozlari esa ko‘proq leykozga chalinishi mumkin, degan xulosalarga kelishdi. Bo‘lajak onalar esa homiladorlik vaqtida yaxshisi, kompyuterda ishlashdan boshqa mashg‘ulot topganlari ma’qul.

Qayd etilgan


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:20:16

Bizning tanamizga hattoki juda kuchsiz elektr va magnit maydonlari ham ta’sir qiladi. Bu o‘rinda video va radiotexnikadan chiqadigan kuchli nurlanishning inson organizmiga bo‘lgan ta’siri haqida nima deyish mumkin?

Texnogen nurlanishlar ancha kuchli bo‘lib, bizning organizmimizga singib, avval unda turli xil nosog‘liklar keltirib chiqaradi, keyin esa kasallikka olib keladi.

Olimlar belgilashicha: mobil telefon egasi hattoki o‘z telefonidan bir marta 10 minut gaplashganda organizmini tiklab olishi uchun 8 soat kerak bo‘lar ekan.

Mobil telefondan hafta davomida kuniga 10 minutdan foydalanilganda organizmni funktsional o‘zgarishiga olib kelarkan.
- 8 yil davomida har kuni mobil telefonda gaplashish patologik o‘zgarishlarga olib kelar ekan;

Qayd etilgan


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:20:42

Nurlanish ta’sir qilayotgan vaqtda bevosita odam organizmida ichki organlarining tebranish darajasi buziladi, elektromagnit kuchi ortadi, ichki organlarning o‘zaro kelishib ishlashi buziladi, elektromagnit maydoni bilan 5 yil muttasil bo‘lgan muloqotdan so‘ng muayyan surunkali kasallar shakllanadi va chuqurlashadi.

Boshqacha qilib aytganda, organizmning energoaxborot almashuvi buziladi. Ushbu zararli texnogen ta’sirni yo‘qotish uchun nima yordam beradi?

Yerda yalangoyoq yurish inson organizmi uchun samarali ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘zingizni yalangoyoq bolalik chog‘laringizni eslang va unga qayting. Yalangoyoq yerda, o‘tlarni bosib yurish qanday mazza. Immuniteti kuchli, mardlarga esa 3 minut davomida qorda yalangoyoq yurishni tavsiya qilardik. Bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlarga esa oddiy sovuq suvli dush qabul qilish, undan keyin to‘pig‘igacha sovuq suv quyilgan vannada yurish foydali.

Aziza Aliboyeva tayyorladi

Qayd etilgan