ITALIYA "A" SERIYASI"  ( 186001 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 38 B


Shoxjahon12  06 Aprel 2007, 15:11:59

"ROMA" XUJUMCHISI RAD JAVOBI BERDI



"Roma"ning nigeriyalik xujumchisi Stefano Okaka Chuka Nigeriya terma jamoasidan tushgan taklifni rad etdi. Nigeriya va Italiya fuqaroligiga ega bo'lgan 18 yoshli Okaka Chuka o'z kelajagini Italiya terma jamoasida ko'rmoqda. U Italiya terma jamoasida to'p surishga umid qilmoqda.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Aprel 2007, 15:16:03

MUNTARI "UDINEZE"DA QOLADI


"Udineze"ning ganalik yarimhimoyachisi Salli Muntari jamoada qoladigan bo'ldi.Futbolchi o'zining "Roma"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Sal avvalroq Muntarining Angliyaning "Portsmut" klubiga o'tishi haqida ham xabarlar chiqqan edi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Aprel 2007, 15:23:49

REKOBA "INTER"DAN KETMOQCHI

"Inter"ning urugvaylik xujumchisi Alvaro Rekoba joriy mavsumdan so'ng jamoani tark etmoqchi ekanligini ma'lum qildi.Jumladan u:"Men bu yilgi mavsumda zahirada qolib,jamoamga yordam bera olmasligimdan afsusdaman.Zahirada o'tirishdan ko'ra jamoani tark etish eng yaxshi variantdir",dedi. Ayni paytda "Inter" xujum chizig'ida kuchli raqobat hosil bo'lib,bu chiziqda Adriano,Zlatan Ibragimovich,Ernan Krespo,Xulio Rikardo Krus singari jahonning eng kuchli xujumchilari yig'ilgan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  10 Aprel 2007, 12:09:37

"INTER" LUSIOGA XARIDOR

Italiyaning "Inter" klubi Germaniyaning "Bavariya" klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Lusioga qiziqib qoldi.Hafta avvalida nemislar klubi "boss"i Karl Haynz Rummenige o'z jamoasining yetakchilarini sotmoqchi measligini ta'kidlagan edi. Shuningdek, "Inter" "Bavariya"ning yana bir yetakchi yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerga ham faol ravishda qiziqmoqda.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  10 Aprel 2007, 12:13:09

''INTER"GA MESSI KERAK

Italiyaning "La Gazetta dello Sport" nashriga ko'ra, "Inter" xo'jayini Massimo Moratti "Barselona"ga Lionel Messini Adriano va Valter Samuelga almashtirish taklifi bilan chiqmoqchi. Boshqa tomondan "Inter" "Yuventus" posboni Jan Luidji Buffonga ham og'iz solmoqda.

Qayd etilgan


watson  11 Aprel 2007, 01:46:07

ha bu inter jaaaaaaaa maza qilyaptiku :lol:
ha omadlarini bersin

Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2007, 16:24:05

ha bu inter jaaaaaaaa maza qilyaptiku :lol:
ha omadlarini bersin
Watson, sizni chempionlik bilan tabriklayman.Inter o'z chempionatida tengsiz.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 Aprel 2007, 16:30:54

ha bu inter jaaaaaaaa maza qilyaptiku :lol:
ha omadlarini bersin
Watson, sizni chempionlik bilan tabriklayman.Inter o'z chempionatida tengsiz.

Ha, "Inter" deyarli chempion...

Qayd etilgan


watson  11 Aprel 2007, 19:24:13

ha bu inter jaaaaaaaa maza qilyaptiku :lol:
ha omadlarini bersin
Watson, sizni chempionlik bilan tabriklayman.Inter o'z chempionatida tengsiz.

rahmat milanelly sizga esa chl da omad tilayman!!!

Qayd etilgan


watson  11 Aprel 2007, 19:25:34

ha bu inter jaaaaaaaa maza qilyaptiku :lol:
ha omadlarini bersin
Watson, sizni chempionlik bilan tabriklayman.Inter o'z chempionatida tengsiz.

yana 2 marta yutsak ofisalniy tabriklesiz :)
Ha, "Inter" deyarli chempion...

Qayd etilgan