ITALIYA "A" SERIYASI"  ( 186067 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Shoxjahon12  13 Avgust 2008, 17:00:24

'YUVENTUS'  DARVOZABONI  'UDINEZE'DA


"Yuventus" zahira darvozaboni Emanuele Belardi "Udineze" a'zosiga aylandi. Avvalgi mavsumda Belardi "Udi" safida ijara asosida to'p surgan edi. Endi klub uni butunlay sotib olishga qaror qildi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Avgust 2008, 14:37:26

'ROMA'  PREZIDENTI  VAFOT  ETDI

"Roma" prezidenti Franko Sensi uzoq davom ergan kasallikdan so'ng yakshanba kuni 82 yoshida olamdan o'tdi. U "Roma"ga 1993 yil may oyidan buyon prezidentlik qilib keladi. Hozircha rimliklarga Franko Sensining qizi Rossela Sensi vaqtinchlik prezidentlik qiladi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Avgust 2008, 11:29:06

'MILAN' YUNGBERGGA QIZIQMOQDA

Channel 4 axborot manbasi xabariga ko'ra "Milan"  "Vest Xem" (Angliya) sobiq futbolchisi Frederik Yungberg bilan qiziqib qoldi. "Rossonerilar" Shvetsiya terma jamoasi yarimhimoyachsi hisobiga tarkibni kuchaytirmoqchi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Avgust 2008, 18:09:53

'YUVE'  TERLITSSI ISHQIDA


Turinliklar "Katanya" himoyachisi Kristian Terlitssi ishqida yonmoqda. Sal avvalroq "Yuve"ning ishonchli himoyachisi K'ellini jaroxat olib kamida bir oyga safdan chiqdi va "keksa siniora" zudlik bilan boshqa futbolchi izlashga tushdi. "Yuventus" Terlitssini bir mavsumga ijaraga olishni mo'ljallamoqda.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Avgust 2008, 17:17:50

SUASO  "BENFIKA"GA O'TADIMI?


"Inter" xujumchisi David Suaso Portugaliyaning "Benfika"siga o'tishi mumkin. Portugaliyaliklar sport direktori Ruy Koshta ham bu ma'lumotni tasdiqladi.  "Benfika"dan tashqari "Portu" (Portugaliya) va "Manchester Siti" (Angliya) kabi klublar ham Suasoni o'z saflarida ko'rishga qarshi emaslar.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2008, 15:21:46

DAKUR  KETMOQCHI

"Inter" fransiyalik yarimhimoyachisi Oliv'e Dakur bilan xayrlashishga tayyor. Dakurning o'zi ham "Inter"dagi xolatidan mamnun emas. Chunki yozda jamoaga ganalik Salli Muntari keldi va Dakur zahirada o'trishga majbur. Hozirda Dakurga Fransiyaning "Monako", "PSJ","Oser" kabi klublari qiziqmoqda.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2008, 17:47:52

TIAGU  "EVERTON"NI RAD ETDI

"Yuventus"ning portugaliyalik futbolchisi Tiagu Mendseh Angliyaning "Everton" klubidan tushgan taklifni rad etdi. U o'zini Tumanli Albionga qaytishga tayyor emas deb hisoblamoqda. Sal avvalroq u boshqa ingliz jamoasi "Tottenxem"ga ham rad javobini bergan edi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Avgust 2008, 16:06:50

"YUVENTUS" BALLAKKA QIZIQMOQDA


Italiyaning "Tuttosport" nashriga ko'ra turnliklar "Chelsi"(Angliya) ning germaniyalik yarimhimoyachisi Mixael Ballakka qiziqib qolishgan. "Yuve" Ballakka yiliga 4,5 million yevro miqdorida maosh to'lashga tayyor.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Avgust 2008, 14:16:12

ITALIYA  SUPERKUBOGI:



INTER - ROMA - 2:2 (Penaltilar bo'yicha 6:5)


Gollar: Muntari, 18 - 1:0, De Rossi, 59 - 1:1, Balotelli, 82 - 2:1, Vuchinich, 90 - 2:2




Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Avgust 2008, 14:26:03

ADRIANO  "MYU"GA KETISH NIYATIDA



Gazetta dello sport nashri xabariga ko'ra, Angliyaning "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari "Inter" xujumchisi Adrianoga qiziqib qolishgan. Lekin Adriano bosh murabbiy Joze Mourinyoning rejalari qatoriga kiradi. Bundan tashqari braziliyalikni "Inter" bilan qolgan 2 yillik shartnoma bog'lab turibdi.

Qayd etilgan