MS Windows uchun tekin programmalar  ( 41325 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


MaxCmd  01 Noyabr 2006, 18:48:30

MS Windows uchun tekin programmalar

Ushbu mavzuda MS Windows uchun tekin programmalar berib boriladi.
Foydalanuvchilar o`zlari ham programmalar haqida ma'lumot bermoqchi bo`lsalar, bo`lim qoidalariga muvofiq xabar yaratishlari kerak.
Aks holda, xabar o`chirib tashlanadi yoki, ogohlantirish bilan jazolanadi.
Bu yerda programmalar tahlil qilinmaydi. Tahlil uchun yangi mavzu ochib, o`sha yerda muhokama qilinadi.

Hurmat ila MaxCmd.

Qayd etilgan


MaxCmd  01 Noyabr 2006, 19:06:41

CCleaner

Sahifa: http://ccleaner.com
Yuklash: http://download.ccleaner.com/ccsetup134.exe

CCleaner Windows ning vaqtinchalik fayllari, siz Internetda ishlaganda yaratiladigan history, cookie, temp fayllarni tozalash, reyestrdagi xatoliklarni bartaraf qilish va boshqa muammolarni hal qilib beradi. Diskdagi bo`sh joyni ko`paytiradi, Windowsning ishlash tezligini oshiradi.

  • Internet Explorer, Firefox kabi brouzerlarning vaqtinchalik fayllari, saytlar tarixi, cookie, yashirin index.dat va h.k. fayllarni o`chirish
  • Korzina, Bufferni, Windowsning vaqtinchalik va *.log fayllarini tozalash
  • Turli programmalardan qolgan izlarni bartaraf etish
  • Reyestrdagi klasslar, ActiveX komponentlar, e'lon qilinmagan turlar va shunga o`xshagan reyestr xatoliklarini bartaraf etish
  • Autorunni tozalash
  • Programmalarni o`rnatish va o`chirishning tezkor usuli(Windows standart o`chirish programmasida programmalar ro`yxatini paydo bo`lishini ancha kutish kerak)
  • ...

Programmani o`rnatuvchi faylining hajmi bor-yo`g`i 1.2 Mbayt chiqadi.

Qayd etilgan


MaxCmd  02 Noyabr 2006, 18:11:11

Windows Desktop Search



Sahifa: http://www.microsoft.com/windows/desktopsearch/default.mspx
Yuklash: http://www.microsoft.com/windows/desktopsearch/downloads/default.mspx


Windows Desktop Search Microsoftning juda qulay programmasi bo`lib, juda ko`p hujjatlar, fayllar bilan ishlovchilar, fayllarining joylashgan o`rnini tez esdan chiqaruvchilar va hammaga mo`ljallangan. Siz faylni faqat nomi bilan emas, balki, ining matnida qatnashgan so`zlar orqali ham qidirishingiz mumkin. Natijani esa kutib o`tirmaysiz. Siz harflarni terishingiz bilan, shu harflarga mos fayl nomi undagi so`z ro`yxat ko`rinishida paydo bo`ladi.

Buning sababi programmani o`rnatganingizdan so`ng, u sizning kompyuteringizdagi fayllardagi so`zlarni, fayllarning nomini indeksatsiya qilib chiqadi(o`zining bazasiga shu haqda ma'lumot yozib qo`yadi). Shuning uchun bu programmada ma'lumot qidirilmaydi, balki, topiladi.

Qayd etilgan


MaxCmd  23 Noyabr 2006, 17:34:22

Google Earth



Sahifa: http://earth.google.com/
Yuklash: http://earth.google.com/download-earth.html


Bu unikal programma Google ning eng e'tiborli programmalaridan biri bo`lib, har qanday kishida qiziqish uyg`otadi. Chunki bu programma yerning xohlagan qismini kosmosdan olingan rasmlar orqali tomosha qilish imkoniyatini beradi. Bu programma orqali, qishlog`ingiz, shaharingiz, uyingiz, maktabingiz, oliy o`quv yurtingizni kuzatishingiz mumkin. Yangi versiyada esa rasmlar ancha tiniqlashgan. Qolgan imkoniyatlarini esa programmani o`rnatgandan so`ng ko`rib chiqishingiz mumkin.
Programma ishlashi uchun kompyuter Internetga ulangan bo`lishi kerak.

Programma orqali saqlangan rasmlar uchun alohida mavzu ochildi:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1034.0

Qayd etilgan


MaxCmd  21 Mart 2008, 20:14:47

Apple Safari veb brouzeri(Windows uchun)



Sahifa: http://www.apple.com/safari/
Yuklash: http://www.apple.com/safari/download/


Apple Safari veb brouzeri Apple firmasining Windows tomonga qo`ygan qadamlaridan biridir. Apple firmasining direktori va asoschilaridan biri Stiv Jobsning bashoratiga ko`ra, kelajakda faqat ikkita veb brouzer yetakchilik qiladi: Internet Explorer va Safari.

Xullas, programmaning o`ziga to`xtalsak. Ichimizda ko`pchilik Internet Explorerni internetda ishlash uchun yagona programma sifatida bilamiz. Lekin, brouzerlar anchagina.
Safari juda qulay brouzer. Hozirgi zamonaviy brouzerlar kabi bir oynada bir nechta tablarni ochish mumkin. Eng asosiysi esa, u shriftlarni juda ajoyib ko`rinishda ko`rsatadi. Ya'ni, o`qish uchun ancha qulay ko`rinishda. Agar internetda faqat turli xildagi ma'lumotlarni qidirish/o`qish/yozish uchun "o`tirsangiz" bu siz uchun juda yaxshi taklif.

Xullas, sinab ko`ring.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  27 Iyun 2008, 18:03:23

       Help!    Pdf to word converter керак. Кимда бслса ёки бепул версиссига линк бслса беринглар. Фақат самарали, хатосиз ишлайдиган керак, сзимда бор, схши стказмаспти, вордга матнмас, расм килиб утказспти.

Qayd etilgan



Ulugbek-Uz  27 Iyun 2008, 19:14:22

Мана буларни бир ксринг:
http://www.pdfonline.com/pdf2word/index.asp
http://www.hellopdf.com/download.php
http://www.freepdfconvert.com/convert_pdf_to_source.asp


On-line konverterlar ishlatolmadim, xato ko'rsatyapti.

http://www.hellopdf.com/download.php dan dasturni yuklab oldim, o'rnatdim, konvert qildim.
Faylni ochdim:
muammo:
                kodirovka qilmabdi. pdf kirillcha edi.
                har bir qaor yoki abzas bir nadpis chegarasi ichida turibdi

XXI  àñð  á¢ñà àñèäà  æîíàæîí  Âàòàíèìèç  òàðèõèäà  áóþê âî åà -  àäèìèé
¡çáåêèñòîííèíã ýíã ÿíãè  òàðèõèíè áîøëàá áåðãàí âî åà  ñîäèð á¢ëäè. 1991 éèë 31
àâãóñò  êóíè  á¢ëãàí   Ðåñïóáëèêà  Îëèé   Êåíãàøèíèíã íàâáàòäàí  òàø àðè  îëòèí÷è
ñåññèÿñèäà  ¢çáåê  õàë èíèíã  õî èø-èðîäàñè   áèëàí  ¡çáåêèñòîííèíã  äàâëàò

Qayd etilgan


Usmon  30 Iyun 2008, 09:18:06

       Help!    Pdf to word converter керак. Кимда бслса ёки бепул версиссига линк бслса беринглар. Фақат самарали, хатосиз ишлайдиган керак, сзимда бор, схши стказмаспти, вордга матнмас, расм килиб утказспти.
Agar kichik hajmdagi fayl bo'lsa, forumga joylashtiring. Doc ga aylantirib beraman. Agar faylingiz katta bo'lsa, unda konverterdan emas, balki ABBYY FineReaderdan foydalanishni maslahat beraman.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  02 Iyul 2008, 12:59:21

       Help!    Pdf to word converter керак. Кимда бслса ёки бепул версиссига линк бслса беринглар. Фақат самарали, хатосиз ишлайдиган керак, сзимда бор, схши стказмаспти, вордга матнмас, расм килиб утказспти.
Agar kichik hajmdagi fayl bo'lsa, forumga joylashtiring. Doc ga aylantirib beraman. Agar faylingiz katta bo'lsa, unda konverterdan emas, balki ABBYY FineReaderdan foydalanishni maslahat beraman.

Кичик файлмасда.. файллар ... маколалар, рефератлар, с-китоблар, диссертаяислар, кулланмалар, маъруза матнлари ва х.з.. :) Менда сканер йуклиги учун ФайнА идерга схтиёж йук сди. схши маслахат бердингиз, рахмат. Хозир FineReader 8.0 дастурни урнатиб пдф форматдаги файлни утказиб курдим.  Язс‹к распознаванисни тугри куйсангиз уёги ОК!  десасм булади. А ахмат!

Qayd etilgan