Hayotga muhabbat (hikoya). Jek London  ( 6445 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  02 Noyabr 2006, 07:21:33


Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar. Hamrohlardan biri, oldinda borayotgani toshloq yerda qoqilib gandiraklab ketdi. Ikkalasi ham charchab holdan toygan va tishini-tishlariga qo’yib taqdirga tan berganliklari yuzlaridan ko’rinib turardi — bu uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari oqibati edi. Orqalaridagi qayish bilan tortib bog’langan og’ir yuklari yelkalarini ezardi. Ikkalasida ham bittadan miltiq. Ikkalasi ham bukchayib ko’zlarini yerdan uzmay borardilar.
— Qani endi yashirib qo’ygan joyimizdagi o’qlardan hozir ikkitaginasi bo’lsa, — deb qo’ydi ulardan biri.

davomi...

Qayd etilgan