FUTBOL XAJVIYALARI  ( 53575 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Shoxjahon12  31 Iyul 2008, 13:41:25

FUTBOLCHI VA LAQABLAR OLAMI     



Futbol - bu xalq o'yini. Futbolni haqiqiy spektaklga o'xshatishlari ham bejiz emas. Darhaqiqat, millionlab muxlislarning zavqini oshiradigan, hayrat ko'chasiga yetaklaydigan o'yinning spektakldan nimasi kam? Dunyo ommaviy axborot vositalarida ijrochilar, ya'ni, futbolchilar to'g'risida fikr yuritilganda ularning ismi bilan bir qatorda "ikkinchi nomlari"- laqablari ham bot-bot tilga olinadi. Bu g'arb "sariq matbuoti" uchun odatiy hol.
Futbol muxlislari "So'yloq" , "Qizil iblislar", "Yashil burgutlar" kabi laqablarni kimlarga nisbatan ishlatilishini juda yaxshi bilishadi. Bir paytlar Portugaliya terma jamoasida to'p surgan Abel Shavierni "Qorbobo" ("Santa Claus") deb atashlarini eshitib hech ham ajablanmadim. Chunki Abelning oppoq soqollari-yu, "qirov tushgan" sochlarini ko'rib kimham unga bu laqabni ravo ko'rmaydi, deysiz.

"Manchester Yunayted" klubining norvegiyalik xujumchisi Ole Gunnar Sulsherni hamma taniydi. Ammo uni "Kulib turuvchi jallod", deb nomlashlarini hamma ham bilavermasa kerak. Sulsher jilmaygan ko'yi raqib darvozabonlarini ojiz qoldiradi.

Fransiyalik mashhur darvozabon Fabien Bartezning "ismi" unga to'liq mos tushadi, deyish mumkin: "Masxaraboz". Bartezning maydondagi ba'zi xurmacha qiliqlari jamoasi uchun qimmatga tushgan holatlarga ko'p guvoh bo'lganmiz.

Turkiyaning so'nggi 50 yildagi eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan Xoqon Shukurni "Bolqon xo'kizi", deyishganicha bor. Zero, Shukur afandi bunday ta'rifga munosib ekanligini allaqachon isbotlagan.

Argentinalik Gabriel Batistuta o'zini jahonning eng zo'r futbolchisi, deb biladi. Bu borada u o'zini Ronaldodan ham ustun qo'yadi. Bunga sabab qilib u muxlislarning Ronaldoni emas, aynan o'zini "Batigol", deb atashlarini ko'rsatadi.

Ko'pchilik futbolchilar o'z laqablariga ijobiy munosabat bildirishadi. Fransiyalik moziy yulduzi Loran Blan o'zini "Temir beton", deb bilsa, argentinalik Xavier Saviola "Quyoncha"ligini "tan oladi". Yana bir argentinalik futbolchi Ariel Ortegani xunuk jaranglaydigan "Xo'tikcha", deb chaqirsangiz naq "do'ppisini osmonga otadi". Italiyalik darvozabon Jan Luidji Buffonga "Supermen", deb murojaat qilsangiz hecham ranjimaydi: Supermen Buffonning sevimli kinoqahramoni.

"Yuventus" klubining fransiyalik himoyachisi Lillian Tyuramni "Professor", deyishadi. U ilmiy ish yozib, dissertasiya yoqlagan emas. Shunchaki, futbolchilik bilan birga institutdagi tahsilini ham kanda qilmagan.

Biz bilgan va bilmagan, yoki e'tibor bermagan laqablar talaygina. Futbolchiga laqab topish g'arbda unchalik salbiy holat emas. Bu mashhurlik va obro'-e'tiborning bir ko'rinishidir. Sevimli futbolchingizning laqabi nima? O'ylab ko'rganmisiz?!

Otabek Yo‘ldoshev
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 Avgust 2008, 13:29:43

-----------------KOREYA  XAJVIYA  KUTUBXONASIDAN-------------------------


Kim Sok Tae



KAMPIR VOQEASI


Futbol shunday o’yinki, u o’ziga barchani birday rom eta oladi. Hozir futbol o’ynamaydigan mamlakat yo’q, hisobi. Mamlakatimizda ham futbolni jonidan ortiq ko’rishadi. Jahon chempionati kabi musobaqa esa bizni birlashtiradi"¦
2002 yili bo’lgan o’sha voqeani eslasam haligacha yuzimga tabassum kelaveradi. O’shanda butun yurtimiz futbol bilan uxlab, futbol bilan uyg’ongan paytlar. Axir Jahon chepmionatiday musobaqani tashkil etish har qaysi mamlakatga ham nasib etavermaydi. Terma jamoamiz Portugaliya bilan o’ynaydigan kun edi. Ko’chalar yuzidan oyog’i qadar qizil rangga burkangan futbol fanatlari bilan liq to’lgan. Hamma o’yingohga oshiqadi. Kim ham shunday ajoyib o’yinning jonli guvohi bo’lishni hohlamaydi, deysiz. Men ham to’lqin misol o’yingohga oshiqayotgan to’daga aralashib ketdim.
- Nima qilasiz, buvijon? Yaxshisi yuring televizorda ko’ramiz!-degan ovoz qulog’imga baralla eshitildi. Mundoq qarasam, to’qsonlarni urgan kampirni bir o’smir yigitcha yetaklab o’yingohga kiryapti.
- Bekorlarning beshtasini aytibsan! Umrim bino bo’lib bir martagina kirsam nima qipti?-dedi kampir futbolga unchalik qiziqmaydigan nabirasiga ro’yxo’shlik bermasdan.
Men kampirdan ko’z uzmasdim. U ozg’in, qotmadan kelgan, xirillab nafas olishi shundoq eshitilib turibdi. Kampir va uning nabirasi menga yonma-yon joyga o’tirishdi. Kampir yelkamga turtkilab so’z boshladi:
- Bolam, hayotimda birinchi marta bu yerga kirishim. Hamma kelayotganini ko’rib men ham kelaverdim. Bu yerda nima bo’ladi o’zi?
Men o’zimni kulgudan zo’rg’a tutib turgancha:
- To’p tepadigan musobaqa bo’ladi, dedim kampirga tushuntirishga urinib.
U esa nabirasiga o’shqirdi:
- Ana ko’rdingmi? Shunchaki bir o’yin bo’larkanku. Sen bo’lsang mening jonimni sug’urib olay, deding-a"¦
- Bu yer shovqin-suron bo’ladi. Yiqilib tushsangiz, sizga kim yordam beradi? Shuni o’yladim-da,-dedi nabirasi ko’zi suzilib.
Kampir baribir o’yinga tushunmadi. Lekin maydondan ko’zini uzmasdan atrofni diqqat bilan kuzataverdi. O’yin ham boshlandi. Butun o’yingoh oyoqqa turgancha, qalqigan. Futbolchilarimiz maydonda burgut kabi uchishadi. Pak Ji Sun portugaliyaliklar darvozasini zabt etgan maxali quloqlarni kar qilgulik quvonchli xayqiriqlar yangradi. Yonimdagi kampir ham o’rnidan turgancha inqillab-inqillab tebrandi. Bir zumlik xayqiriqdan so’ng, kampir yana meni turtkiladi:
- Bolam, anovi sariq kishi nega quvonyapti?-dedi bosh murabbiyimiz Gus Xiddinkka ishora qilib.
Yana tushuntirishga urindim:
- U bizning jamoamizning murabbiyi!
Kampir Gus Xiddinkka yaxshilab razm soldi va:
- Haaa"¦ Shunaqami? Lekin ko’rinishidan koreysga umuman o’xshamaskanku?! Ayniqsa, ko’zining biznikiga zarracha ham o’xshash joyi yo’q, - dedi.
Men kampirning bu gapidan qotib-qotib kuldim.


Koreys tilidan Otabek Yo’ldoshev tarjimasi
 
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Avgust 2008, 08:47:14


--------------------KOREYA XAJVIYA KUTUBXONASI-------------------------------


Park Chang Uk



JINIM  SUYMAS  FUTBOLNI!

(Bir rejissyorning xasratlari)


O’tgan ikki oy mobaynidagi asabbuzarliklardan kallam g’uvillab qoldi. Bu qadar ko’ngilsizliklarni ta’riflashga vaqtim ham yetmasa kerak. Nima qilsam bo’ladi? Yakshanba kuni roppa-rosa yigirma yillik tanaffusdan so’ng cherkovga bordim. Roxib menga jiddiy nigoh tashlab:
- Boshingizga qanday tashvish tushdi, bo’talog’im?-dedi.
- Men"¦Xaligi"¦ Nima deyishga ham hayronman,-dedim  kalovlanib.
- Tortinmasdan so’ylayvering.Nimadan bezovtasiz?
- Men"¦ men futbolni yomon ko’raman.
- Nima??? Demak, yurtimizda bo’layotgan Jahon chempionatini ko’rmayotgan ekansiz-da,-dedi roxib hayratlanib.
- Rostini aytsam, futbolni bir sekund ham ko’rishga toqatim yo’q,-dedim men ochiqchasiga tan olib.
- Yo tavba, bu nimasi,-dedi roxib, xuddi men yeb, u quruq qolgandek.
Shunaqa. Hozir aytayotgan bo’lsam ham, yo’g’e, hozir noo’rin bo’lsa ham aytaman: men futbol va Jahon chempionatini yoqtirmayman.Faqat nega deb so’ramang. Bunga oddiy bir sabab shuki, men suratga olgan so’nggi filmlarimga odamlar befarq bo’lib qolishdi. Odamlar koptokni tepib, to’rga tushiradigan bu o’yinni tomosha qilib qanday zavq olarkin-a? O’yin tugashi bilan hammasi tinchisa mayli-ya, odamlar hatto oilaviy masalalar bir chetda qolib nuqul futbol mavzusida gapirishadi. Jahon chempionati yurtingda bo’layotgandan keyin har qadamda futbolga aloqador kishilar"¦ Oxiri toqatim toq bo’lib, chet elga unchalik muhim bo’lmagan kino festivaliga ketib yubordim. Lekin"¦ Yo Xudo, hamma joyning odamlari Jahon chempionati desa o’zini Seuldagi 63 qavatli binodan ham otishga tayyorligini bilmagan ekanman. Voy-dod!!! Koreyaga qaytib kelgach, aeroport yo’lovchilar zalidagi katta ekranda ham futbol namoyish etilayotganligini ko’rdim. Uyga taksida ketarkanman, yo’llar mamlakatimiz terma jamoasi kabi qip-qizil rangli kiyimlardagi futbol ishqibozlari bilan to’lgan. Uyda har doim meni yengil tabassum bilan qarshi oladigan xotinimning qovog’idan qor yog’adi.
- Dadasi, nega shunchalik tepsa tebranmassiz?
Tushunarli. Uyda nimadir bo’lgan.Ma’lum bo’lishicha, to’qqiz yashar qizimni qo’shnilarimiz ko’rsatkich barmoqlari bilan ishora qilib, "œAna Jahon chempionatini yoqtirmaydigan odamning bolasi", deb mazax qilishayotgan  ekan. Jahlim chiqib, tepa sochim tikka bo’lib ketdi. Lekin nima ham qila olaman? Kelishib yashashdan boshqa yo’l yo’q. Ular ko’pchilik-da. "œHurmatli" qo’shnim bilan suhbatim shunday yakun topdi:
- Hmm"¦ Ukam, bu bir og’iz gap bilan bitadigan ishmas!
- Xo’p, men nima qilishim kerak?-dedim ovozimni pasaytirib.
- Evaziga Jahon chempionatining televizordagi takroriy o’yinlarini kuniga uch martadan tomosha qilasiz. Kelishdikmi?


Koreys tilidan Otabek Yo’ldoshev tarjimasi

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2008, 18:18:14

MAJLIS


Tushlikda yog’liqqina palovni paqqos tushirgan Bozorqulov dekanatga kirib kelganida kotibasi Xolidaxon oyoqlarini chalishtirib, shapaloqdek keladigan oynasiga tikilgancha o’ziga oro berib o’tirgan ekan. Bozorqulov unga yeb qo’yguday bir qaradiyu:
- Meni kim so’rab kelsa ham majlisdalar deb ayting!-dedi.
U eshigi sirtiga "œDekan" deb yozilgan xonaga kirib ketdi. Xolidaxon ensasini qotirib, og’zidagi saqichini chapillatib chaynadi. U Bozorqulovning "œmajlis"lariga o’rganib qolgan. Dekanning "œMeni yo’q, deb ayting", "Majlisdaman" kabi gaplarining tub ma’nosi faqatgina Xolidaxonga ma’lum edi. "œDemak, bugun ham futbol bor ekanda", o’yladi Xolidaxon. Ha, Bozorqulov ba’zi paytlarda uzzukun xonasiga qamalib olib televizorda futbol tomosha qilardi.
Dekanatga burni ustiga ko’zoynak qo’ndirgan oltmishlarni qoralagan Suvonov domla va fakultetga yaqindagina ishga kirgan qirq yoshlardagi  Bekjonov domlalar kirib kelishdi.
- O’zlaridamilar?- so’radi Suvonov dekanning eshigiga ishora qilib.
- Majlisdalar,-dedi Xolidaxon beparvo oxangda.
- Tushundim, tushundim. Kutamiz, qizim, - dedi Suvonov stulga cho’karkan.
Suvonov va Bekjonovlar talabalarning darsda qo’l telefonida gaplashib o’tirishlarini muxokama qilishardi. Shu payt ichkaridan Bozorqulovning "œE, qiyshiq. Eplolmasang nima qilarding"¦", degan asabiy ovozi eshitildi.
Suvonov va Bekjonov bir-birlari bilan o’g’rincha ko’z urishtirib olishdi.
- Sharipov domlani koyiyotgan bo’lsalar kerak, -dedi Suvonov kafti bilan og’zini yumgancha. — Domlaning bir oyoqlari kaltaku. Shunga qiyshiq degandirlar.
Suvonov cho’ntagidan dastro’mol chiqarib ko’zoynagini artib oldi. U endi nimadir demoqchi bo’lib og’iz juftlagan ediki, yana Bozorqulovning momoqaldiroqdek guldurosli ovozi uangradi:"E, lapashang"¦ Seni o’zi davno haydash kerak edi". Suvonov yuzlari qizargancha:
- Toxir akani ishdan olmoqchilar, shekilli. O’tgan oy ham shunga o’xshash gap bo’luvdi, - dedi shivirlab. Bekjonov og’zi lang ochilib qoldi.
- Juda muhim masala xal etilayotganga o’xshaydi. Nega bizni majlisga aytishmadi ekan-a?- dedi u.
"œE, manovini qaranglar! Nega dumalaysan-a? Tur o’rningdan!" Bu safar Bozorqulovning ovozi yanada qahrli chiqdi. Suvonov va Bekjonovlarning kallasidan bir xil fikr charx urdi:" Qaysi sho’ring qurg’ur kaltak yedi ekan?"
Suvonov kompyuterdan ko’zini uzmay o’tirgan Xolidaxonga qarab:
- Qizim, biz boshqa safar kelarmiz, Ishimiz unchalik zarur ham emasdi,- dediyu Bekjonovni bir turtib, uzun-qisqa bo’lib chiqib ketishdi. Oradan hech qancha vaqt o’tmay Bozorqulov chiqib keldi. Uning qo’lida yarmi chekilgan sigaret.
- 1-taym tugadi. Shu arablar o’ynaganda nuqul asabim qo’ziydi-da. Sal tegib ketdingmi, bo’ldi uni yalinib ham o’rnidan qo’zg’ata olmaysan,-dedi Bozorqulov og’zidan tutun burqsitib.- Hozir 2-taym boshlanadi. Kim so’rab kelsa ham men majlsidaman!


Otabek Yo’ldoshev
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Sentyabr 2008, 10:37:43

"QUYON BO'LISH" VOQEASI


     
Ostonaqulovning fakultetga dekan bo’lib ko’tarilganligiga bor-yo’g’i bir oy bo’lgan esa-da, barchaning "œdodini berishga" ulgurdi. Kecha uning dakkisidan besh daqiqagina kech qolgan kaminai kamtarin ham bebahra qolmadim.
Oliygoh domlasi ham shunaqa mas’uliyatsiz bo’ladimi, o’rtoq? O’qituvchi bo’laturib siz kechikibsizki, talabalardan xafa bo’lmasak ham bo’laverarkan!- dedi u qoshlarini chimirib.- Boshqa qaytarilmasin. Aks holda maoshingizdan ushlab qolaman.
Ertalab Ostonaqulovning qahrli qiyofasi ko’z o’ngimda namoyon bo’ldiyu, ko’ylagimni dazmollayotgan xotinimga o’shqirdim:
O’v, imillamasdan tezroq bo’l. Ostonaqulov naq ostonadan kiritmaydiya.
Tramvayga bir amallab ilindim. Bugun kechikmasligim kerak. Ex, shunday paytlarda avvalgi dekanimiz Sotvoldievning qadri bilindi. Qanday tilla odam edi-da. Odamni tushunardi. Ba’zi paytlar shaxsan Sotvoldievning tashabbusi bilan kechqurunlari pivo barida yig’ilishib, tong saxarga qadar muzday pivodan simirgancha futbol ko’rardik. Gap-gashtaklarniku aytmasam ham bo’lar. Aytgancha, bugun futbol bo’ladiku. Sotvoldiev bo’lganidaku stadionga borishga ruxsat beribgina qolmasdan, o’zi ham birga borardi. Lekin Ostonaqulov"¦
Kafedraga kirib kelganimda Sharipov domla va qishin-yozin boshidan shlyapa tushmaydigan Valiev domlalar ham dekandan qanday ruxsat olishni maslaxat qilib turishgan ekan. Ikkisi ham xox stadion, xox televizordagi futbol o’yinlarini qoldirmasdan ko’rishardi. Yoshlari ellikdan oshib qolgan bo’lsa ham fakultet maydonchasida talabalar bilan to’p tepib turishni kanda qilishmasdi.
-Nima qilamiz, o’rtoqlar?- dedi Valiev domla bizga termulib.- Bugun "œQuruvchi" arablar bilan o’ynarkan. Zo’r o’yin bo’ladi-da.
- Ostonaqulovdan ruxsat olish yozda qor yog’ishidan umid qilishday gap, - dedi Sharipov.
Nima qilishga ham hayronmiz. Tushga yaqin uchchovlashib dekanning xuzuriga kirishga kelishib oldik. "œRuxsat bermaydiyov", o’yladim ichimda. Shu payt yana Sotvoldievni qo’msadim. Hozir Sotvoldiev bo’lganidami, hech bir hadiksirashsiz dars o’tmasdan, talabalarga javob berib yuborgan bo’lardim. Afsuski, hozir bunday qilolmayman. Sotvoldiev dekanlik qilgan paytlarda fakultet eshigi oldida kech qolgan talabalarni ro’yhatga olib o’tiradigan navbatchi bo’lardi. Ostonaqulov kelgach, kech qolgan o’qituvchilar ham ro’yhatga tushadigan bo’ldi.
Tushdan so’ng uchchovlon dekanatga kirdik. Kotiba bizni kulimsirab qarshi oldi:
-Sizlar ham futbolga bormoqchimisizlar?-dedi u biz gap boshlamasdanoq.
-Qanday bildingiz?- dedim men hayratlanib.
-Bugun ertalabdan buyon qorovul Mamat akadan tortib, dotsent Po’lat akagacha kelishdi. Hammasi futbolga borgisi kelib turibdiyu, dekanga bir nimalarni baxona qilishadi"¦- shunday deya u yanada balandroq kuldi.
-Dekan o’zlaridamilar?-so’radi Sharipov domla.
-Dekan qayoqqadir ketdilar!
Biz tarvuzimiz qo’ltig’imizdan tushib kafedraga qaytdik. Nima qilsak bo’ladi? Yana o’n besh daqiqadan keyin futbol boshlanadi.
-Dekan yo’qmi, demak, bugun kelmaydi. Indamasdan ketvormaymizmi?-dedi Valiev.
-Dars nima bo’ladi?-dedim kayfiyatim tushib.- Mening yana ikki para darsim bor.
-Xavotirlanmang. Dekan birma-bir kirib tekshirarmidi.
Shunday qilib hech kimga hech nima demasdan ko’chaga chiqdigu, taksiga o’tirib stadionga yo’l oldik. 
O’yingoh doshqozondagi sumalakday qaynayapti. Hamma allaqachon joyini egallab bo’lgan. Biz ham surina-surina o’zimizga o’rindiq qidira boshladik. Sal orqaroqda bo’lsa ham o’tirdik. Ichimda "œErtaga dekandan gap eshitmasmiknman", degan ikkilanish bo’lsa ham o’yin boshlanishi bilan hammasini unutdim. Futbolchilarimiz burgut misoli oldinga tashlanib birinchi urinishdayoq to’pni raqib darvozasiga tushirib qo’yishdi. Butun o’yingoh oyoqqa qalqdi. Biz ham o’rnimizdan turib olqishlarga qo’shildik. Shu payt ko’zim bizdan pastroqda o’tirgan Ostonaqulovga tushdi. U qo’llarini silkitib qichqirardi. Yonimdagi Sharipov domlani asta turtib, Ostonaqulov tomonga ishora qildim. Biz bir zum jim qoldik. Chunki Ostonaqulov ham bizni ko’rib, qotib qolgan edi.


Otabek Yo'ldoshev
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Sentyabr 2008, 13:43:19

Bir piyola choy ustida (hajviya).


     
Darsdan qaytsam, xonadoshim Sherali:
-Ertaga jahon chempionati boshlanadi. Nima qilamiz?-deb qoldi.
Biz taqdir taqazosi bilan Sherali ikkimiz institutimizning yotoqxonasida birga turamiz. Juda sergap bo’lsa ham yaxshi bola. Ko’cha tili bilan aytganda, "œboqsa odam bo’ladi". Ikkita futbolning ashaddiy ishqibozi bitta xonada yashasa, ularning suhbati ham albatta futbol haqida bo’ladi. Ba’zida baxslashib, ba’zida garovlashib, hatto arazlashib yuramiz. O’zining aytishicha, qishlog’ida futbol maydonida unga teng keladigani yo’q emish. Men esa uning beso’naqay va qo’pol gavdasiga qarab kulib qo’yaman. Jahon chempionati boshlanishini ikki oydan buyon kutib yurgandimu, buyog’ini o’ylamagan ekanman. Axir xonamizda televizor yo’qku. Ex, shunday o’yinlarni ko’rish nasib etmagan shekilli. Kechqurun tinib-tinchimas Sherali yangilik bilan keldi:
-Ko’chaning narigi tomonidagi kafeda katta televizor o’rnatib, futbolniyam ko’rsatisharkan!
-Lekin buning uchun kafeda nimadir buyurtma berish kerak-da, - dedim men xafsalam pir bo’lib.-Menda bo’lsa pul yo’q.
-Qo’yaver, og’ayni, buyog’iniyam o’ylab qo’ydim, -dedi u bir ko’zini qisib.
Shunday qilib, ikkimiz ham o’yin boshlanishini kutib, asta tashqariga chiqdik. Sezib turibman, Sheralining ham puli yo’q, hisobi. Lekin nimaga ishonib kafega boshlayapti xayronman.
Kafe eshigi oldida turgan ofitsiant bizni yengil tabassum bilan kutib oldi va ichkariga taklif qildi. Men Sheralining orqasidan ergashdim. Biz joyimizni egallagach Sherali ofitsiantga qarab:
-Bir o’rtog’imiz ham kelishi kerak edi. O’sha kelgandan keyin buyurtma beramiz,- dedi.
Kafega odam sig’maydi. Ko’pchilik bugungi o’yinni ko’rish uchun mana shu shinamgina kafeni tanlagan. Ofitsiantlar qo’li-qo’liga tegmay, uyoqdan buyoqqa yugurib pivoxo’rlarga peshma-pesh pivo yetkazib turibdi. Kafening qoq o’rtasiga katta televizor o’rnatilgan bo’lib, odatdagiday reklama bo’lyapti. "œBunday shovqin-suronda futbol ko’rib bo’larmikan", debo’ylanib turgandim. Yo’q, futbol boshlanishi bilan xo’randalaru pivoxo’rlar jim bo’lishdi. Konditsionerni yoqishdi, shekilli, salqin shabadadan yayrab ketdim. Sherali ham goh tirjayib, goh qoshlarini chimirib televizorga ko’zini tikkan. Men bo’lsam Sheralining uddaburonligidan hayratlanib o’tiribman. Birinchi taym tugar-tugamas boyagi ofitsiant yana bizni yo’qlab keldi:
-Akalar, nima bo’ldi? Buyurtma berasizlarmi?
Sherali menga qaradi. Men esa yelkamni qisdim.
-Ha, mayli, bizga hozircha bir choynak achchiq ko’k choy olib keling. Og’aynimiz negadir kechikyapti, -dedi Sherali sir boy bermay.
Zum o’tmay choynakda choy keltirib berishdi.
-Qani olsinlar, mexmon,- dedi Sherali piyolada choy uzatarkan.
-Menga qara, sen ko’pam aljirama. Puling yo’qligini bilaman,-dedim Sherali tomonga engashib.
-Har holda bir choynak choyga yetadigan pulim bor,- dedi u ayyorona iljayib.
-Hozir shuncha odamning orasida sharmandamizni chiqarishadi. Undan ko’ra tur o’rningdan. Ketdik, -dedim yana zardam qaynab.
-Qayoqqa? Axir ikkinchi taym bo’ladi-ku.
Baribir futbolga qiziqishim ustun kelib, o’rnimdan qo’zg’almadim. Shunday qilib, ikkinchi taym ham boshlandi. Ofitsiant bo’lsa har daqiqa oldimizda paydo bo’laverdi. Oxiri Sheralining ham toqati toq bo’ldi, shekilli:
-Namuncha kley bo’lib qoldingiz. Birpasgina sabr qiling. O’rtog’imning mashinasi buzlib qolibdi. Hozir keladi,-dedi ovozini balandlatib.
-Aka, meniyam tushuning, mijoz ko’p. Lekin joy yetishmayapti. Sizlar bo’lsa ikki soatdan beri bir choynakkina choy zakaz qildingiz, xolos, -dedi ofitsiant.
-Birpasgina kuting, -dedim men ham gapga aralashib.
Oxiri ofitsiant bizdan bezib ketganday oldimizga kelmay qo’ydi. Xo’randalar bir-birlariga parvo ham qilishmaydi. Hammaning ko’zi televizordagi futbolga qaratilgan. O’yin ham oxirlab qoldi. Kimdir sevimli jamoasiga qarsak chalib qo’ysa, kimdir chuqur uf tortadi. Yana kimlardir asablarini joyiga keltirish uchun sigaret tutatgan. Bir maxal Sherali meni turtkiladi:
-Ana endi ketsak bo’ladi, dedi u mamnun jilmayib.
Barcha xo’randayu pivoxo’rlar futbol ko’rish uchungina kelishganga o’xshaydi. Futbol tugagach, deyarli hamma o’rnidan qo’zg’aldi. Ko’chaga chiqqach asta Sheraliga gap qotdim:
- Ofitsiant baqirmadimi, ishqilib?
- Orqamdan vovullab qoldi,- dedi u va ovozi boricha kulib yubordi.
- Endi ertangi o’yinni qayerda ko’ramiz?-dedim men bo’shashib.-Eng yaxshi o’yin ertaga bo’ladi-da. Har holda endi bu kafeda ko’rolmasligimiz aniq.
- Tashvishlanma, og’ayni. Boshqa kafe ko’pku. Yana bir choynak choy mening hisobimdan.
 

Otabek Yo’ldoshev

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  19 Avgust 2009, 19:38:23

А­ътибор бердиларингми, биз Хитойдан сз касдимизни олспмиз. Яъни, хитойликлар бизга сзларининг стмаган сифатсиз молларини стказишаётган бслcа, биз сзимизнинг стмаган сифатсиз футболчиларимизни Хитойга стказмокдамиз!!!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2009, 09:14:35

Lekin kecha "Paxtakor" stadionida O'zbekiston-Xitoy o'yinini ko'rgan bo'lsanglar, biznikilar boplashdi. Xitoyni 6:1 hisobida yutishdi.Qoyil qoladigan darajada o'ynashdi. Nimaga endi yigitlarimiz 6 ta gol urishdi? Chunki Xitoyliklarni aholisi bir yarim milliard. Ularga 6-7 ta gol urmasa ta'sir qilmaydi.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2009, 09:16:57

Portugaliyada Yevropa chempionati bo'ldi. Buyoqda Gretsiyada Olimpiada o'yinlari bo'ldi. Qolaversa ko'rgan bo'lsanglar Xitoyda Osiyo chempionati bo'ldi. Bizni yigitlarimiz zo'r o'ynashdi. O'yinning yarmidan qaytib kelishdi. :))

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2009, 09:19:19

Biz ham rozi edik:terma jamoamizni tantanali ravishda kuzatsak, ular Germaniyaga qo'nishsa... O'yin o'ynamasa ham mayliydi... O'sha yerda bitta-bitta morojniy yeb qaytib kelishsa ham rozi edik... O'zimizni aeroportga ham chiqa olishmadiku. :)

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan