Tomoq og‘rig‘i asosan bod, balg‘am, qon, murtakning shamollashi kabi omillar paydo bo‘ladi. Uni davolashda avval ana shu omillarni aniqlab, so‘ng muolajaga kirishish kerak.
Tomoq balg‘amdan og‘riganda og‘riq uncha bilinmay, og‘iz to‘lib suv keladi. Shunda anjirni qaynatib, har chanqaganda suvini ichish foyda beradi.
Xunoq (angina)da tezda qon oldirish kerak. Iloji bo‘lmasa, nilufar sharbatini olxo‘ri suviga aralashtirib, ham ichish, ham tomoqni g‘arg‘ara qilish kerak.