Payg’ambarimiz (s.a.v.) va tibbiyot  ( 6957 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:10:34

Zamonaviy tib ilmi qancha rivoj topib, so‘nggi kashfiyotlar tufayli tibbiyotga qancha yangilik kiritilmasin, Sarvari koinot Muhammadning (alayhissalom) bundan salkam o‘n besh asr muqaddam ummatlariga qoldirgan tavsiyalari oldida bosh egaveradi, hayratda qolaveradi.

Hijratdan avval Yasrib (Madina) va uning atroflarida bezgak kasalligi ko‘p uchrar, minglab odam shu tufayli o‘lib ketar yoki qattiq iztirob chekar edi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida atrofdagi botqoqliklarni ko‘rib, bezgakning sersuv va iflos joylarda tarqalishini aytganlar va odamlarga bosh bo‘lib, o‘ttiz ming tup xurmo ektirganlar.

Abul Barakotning yozishicha: «Bir kasallik chiqqan joyda bo‘lsangiz, boshqa biror yoqqa ketmang, boshqa yerda kasallik tarqalsa, u yerga sayohat qilmang», deb buyurib, ilk bor «karantin» usulini Payg‘ambarimiz alayhissalom tavsiya etganlar.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:10:59

Barcha kasalliklarda qat’iy parhezni buyurib: «Hamma davolarning boshi budir», degan ham hazrati Rasululloh edilar.

Abu Hayyonning «Al-Xolis» kitobida Rasuli akramning ko‘z kasalliklari va tomoq og‘rig‘iga doir shunday tavsiyalari yozilgan: «Zamburug‘larni oling, nam va qorong‘u yerda uch kun saqlang, ular mog‘orlab qoladi. Sixga olib qizdiring. Sovugach, shu mog‘orni uch marta xuddi ko‘zga surma surganday surting va tomoqqa bog‘lab oling». Ko‘zi og‘riganlarga Payg‘ambarimiz doimo asal, xurmo yeyishni tavsiya etardilar. Bundan tashqari zamburug‘ suvini ishlatishni aytganlarki, keyinchalik buning pensilin ekani aniqlandi. Rasululloh isitmali kasalliklarda badanni sovuq suv bilan namlatishni buyurardilar. Bu usulni hozir ham qo‘llash mumkin. Zaharlanish holatlarida darrov oshqozonni bo‘shatib, qayt qilardilar va yelkalarining uch joyidan qon oldirardilar. Sarvari olamning (alayhissalom): «Agar insonlar oz suv ichsalar, vujudlaridagi sihat va ishtahani bir maromda ushlagan bo‘lar edilar», degan hadisi shariflarida hikmat katta. Sil, yo‘talga chalinganlarni va balg‘am tashlayotganlarni qir-adirga, cho‘ponlar yoniga jo‘natib, ko‘p sut ichishini tavsiya etardilar. Hali mikrob va laboratoriya kashf etilmagan johiliyat davrida Rasulullohning bu kasallikka aniq tashxis qo‘yib davolashlari diqqatga sazovordir. Chunki bu hozirgi kunda silni davolash uchun keng qo‘llanilayotgan «Senatorum» usuli bilan aynan o‘xshashdir.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:11:22

Alloh bergan umrni rohat va salomatlikda yashash uchun Payg‘ambarimiz quyidagilarga albatta amal qilishimizni buyurganlar: 1. Doimo halol-pokiza ovqatlarni iste’mol etish. 2. Taomni juda issiq ham, juda sovuq ham yemaslik. 3. Uzoq chaynab, shoshilmay yeyish. 4. Ovqatdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish. 5. Dasturxonga ishtahali holatdagina kelish, ko‘p taom yemaslik. 6. Ovqatlanish davomida ko‘p suyuqlik ichmaslik. 7. Qishda ko‘proq yog‘li, yozda esa yengilroq ovqatlar va ko‘katlarni tanovul qilish. 8. Xurmoni ko‘p iste’mol etish. 9. Uzum, xurmo va zaytun Allohga shukr etishimizda sihat va quvvat beradi. 10. Charchagan paytlar shirinlik yeyish. 11. Siniq idishdan foydalanmaslik. 12. Dasturxon ustida yaxshi kayfiyatda bo‘lish, yolg‘iz ovqatlanmaslik. 13. Taomdan so‘ng duo o‘qib Allohga shukr qilish. 14. Har oyda bir kun ro‘za tutish, toki ichki a’zolar dam olsin. 15. Asal yeb turish, u ming dardga davodir. 16. Sut ichib, ustidan baliq yemaslik, chunki bu qonni buzadi. Qur’oni karimning hech bir hukmi zamonaviy ilmga zid kelmaganidek, Payg‘ambarimizning (alayhissalom) bu tavsiyalari ham tibbiyotning o‘zgarmas qonunlari kabi yashab, isbot topib kelayotgani sir emas.

(«Hidoyat» jurnalidan).

Qayd etilgan