Bu maqolani o'qib qattiq ta'sirlandim .1995 yilda Toshkentning eski shahar dahasida mo'jazgina hovlida yashardik.Honadonimizda nonvoyhona bor edi....Bir kun kechasi yonimizdagi masjiddan yoqib yuborish uchun deb 6-7 qopda kitoblar olib chiqishdi.Nonvoylar ishlarini bitkazib bo'lgach bu kitoblarni hammasini yoqishdi.Turmush o'rtog'imdan qanday kitoblarni yoqdinglar deb soradim Tavrot va Injilni har turlisiz dedilar.Bu kitoblarni shunchasi qanday qilib masjidga kelib qolibdi deb hayron bo'lganimda masjid imomi kimni qo'lida shunday kitob bo'lsa bizga olibkelsalar o'rniga Quroni karim beramiz deb e'lon qilgan ekanlar ,ikki kunda shuncha yig'ilibdi deb alam bilan javob bergandilar...
Bu haqda bir mushtariyimizning yozganlari:
Assalomu alaykum hurmatli Ziyouz.com sayti xodimlari, Davronbek aka!
Men bu maktubni yo‘llashdan oldin Sizdan Umar Hayyom haqidagi fikrlarimni yozishni so‘ragan edim. Javob oldim. Bilasizmi, Xayyom to‘g‘risidagi manbalarni yana bir bor kuzatib chiqmoqdaman. Imkon topsam va dalillar keltira olsam xabar yetkazish ko‘nglimda bor.
Ammo meni qiziqtirgan, xushyorlikka chaqirgan maqola (muallifi Zuhriddin Isomiddinov.U kishini men kitoblarini o‘qib, adabiyotshunos-tarjimon sifatida bilaman) «Ehtiyot bo‘ling: zalolatga dalolat etuvchi kitob» ga munosabat bildirish bo‘ldi.
Men Navoiyda yashayman. Haftaning shanba kuni shahar markazida bozor-yarmarka bo‘ladi. Odam gavjum ko‘chada har hafta shanba kuni xristianlikni targ‘ib qiluvchi tekin kutubxona ham faoliyat olib boradi. Bilmadim, ular o‘z kitoblarini missionerlik maqsadida tarqatadimi yo boshqa maqsaddami"¦ Ulardan xushyor bo‘lish lozimligini talabalarga doim uqtirib boraman.
Endi maqolaga qaytadigan bo‘lsak. Maqolada tilga olingan asar va uning muallifi A.Abdurahmonovning go‘yoki Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asariga qiyosan yaratgan (nomi o‘zlashtirilgan) «Saodatga eltuvchi bilim» (Xos Hojib
asari ham shu nomda tadbil etiladi) kitobi va uning salmoqdor hashamiyu, qimmat puli (usti yaltirog‘u, ichi qaltiroq) meni ajablantirib kelardi. Bu katta ko‘rinishga ega bo‘lgan kitobni sotuvda ko‘rib xalqimizning va adabiyotimizning ilk badiiy dostoni «Qutadg‘u bilig» nashr etilibdi, deb quvongan edim.
Men A.Abdurahmonov haqida biror bir ma’lumotga ega emasman. Maqolani o‘qib yozuvchi O’tkir Hoshimovning bir hajviy hikoyasi yodimga tushdi. Hikoyada bir «iste’dodli yozuvchi» va uning «o‘qimishli asarlari» hamda nashriyotni bezor qilib yuborgani bayon etiladi. Nashriyot direktori «yozuvchi»dan agar asar yozmasangiz, shunga ketadigan harajatlarni sizga beramiz, deb iltimos qiladi. Negaki, o‘sha yozuvchining asari uchun ketgan qog‘oz, sarfu harajatlar"¦ Xullas, keyingi paytlarda bunday «ijodlar»ko‘payib ketayotganligi maqolada o‘rinli qayd etilgan.
«Tafakkur» urnalida olim A.A’zamovning «Fan va din: odamning yaratilishi» deb nomlangan turkum maqolalari e’lon etilgan edi. Olim olam va odam to‘g‘risidagi fan va diniy qarashlarni dalillar orqali isbotlab bergandi.
Hurmatli tahririyat xodimlari, agar imkoni bo‘lsa, maqola muallifi Z.Isomiddinovga mening cheksiz tashakkurimni yetkazsangiz. Negaki, ushbu maqola yoshlarimiz ongida diniy qarashlarga , har kitoblarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi, shubhasiz.
Ziyouz.com saytidan doim ana shunday dolzarb mavzudagi maqolalarni kutib qolamiz. Aytadirku, bolani piyolani sindirib qo‘ygandan keyin urishning foydasi yo‘q.
Sizlarga ehtirom bilan Zarif Quvonov.