2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi  ( 24011 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 10:01:58

Assalamu alaykum!

2010 yil www.ziyouz.com portali va forum.ziyouz.com uchun birqancha xayrli yangiliklarga boy bo'ldi.
Portalimiz haqida O'zbekiston matbuti va internetida birqancha iliq maqolalar paydo bo'ldi.

Ayni paytda www.ziyouz.com portali o'zbek tilidagi eng katta manbalar xazinasi bo'lib qolmoqda.
www.uz ma'lumotlariga ko'ra, portalimizga kuniga 1500 kishi tashrif buyurmoqda. Ichki statistika ma'lumotlariga ko'ra esa, bu ko'rsatgich 10000-12000 kishini tashkil etmoqda.

2010 yilda forumumizda 11 millionga yaqin sahifa o'qildi. Bu borada rekord ko'rsatkich joriy yilning mart oyida kuzatildi. Shu oyda forumda 1,5 milliondan ortiq sahifa o'qildi. Jami o'qilgan sahifalar soni esa 23 millionga yaqinlashdi.

Ayni paytda forumimizda 277000 xabar mavjud.
O'zbekistpon forumlari reytingida forum.ziyouz.com 11-o'rinni egallab kelmoqda. Sof o'zbek tilidagi forumlar reytinggi tashkil etilsa, forumimiz yuqori o'rinlarni egallashi shubhasizdir.

Titan-Uzning ma'lumotlariga ko'ra, forum.ziyouz.com sof milliy o'zbek forumlari ichida 1-o'rinni, umumiy (o'zbek va chet tillari aralashgan) forumlar orasida 2-o'rinni egalladi.

Ayni paytda forumga a'zo bo'lganlar soni 4442 tani tashkil etmoqda. Forumda 4381 mavzu, 84 bo'lim mavjud.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 10:04:53

2010 YIL XUSHXABARLARI

2010 yili o'qishga kirgan forumchilar:

Zamiraxon - O'zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetiga eng katta ball bilan kirdilar.
Nodirbek - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutiga kirdilar.

2010 yili turmush qurgan forumchilar:

Muhammadiy - 9 may kuni boshlarini ikkita qildik.
Muhammad Amin va Mahdiyah - 30 may kuni ikkovlarinming boshlari birlashdi.
AbdulAziz - 1 iyun kuni boshimiz ikkita bo'ldi.
Ikbaljohn - 27 iyun kuni boshlarini ikkita qildik.
Abdurahmon - 8 avgust kuni boshlarini ikkita qildik.
Akbarjon - 16 sentabr kuni boshlarini ikkita qildik.
Registon - 25 oktyabr kuni boshlarini ikkita qildik.

2010 yili unashtirilgan forumchilar:

Muhseena - Baxt-saodat, xotirjamlik va xayrli turmush tilaymiz.
Muqaddas - Baxt-saodat, xotirjamlik va xayrli turmush tilaymiz.

2010 yili farzandli bo'lgan forumchilar:

Ummatiy Ummatiy - 12 yanvar kuni Muzayyanaxonga ota bo'ldilar.
Habib - 6 may kuni Mubinaxonga ota bo'ldilar.
Kapalak - 13 iyun kuni jiyanimiz Abdulaziz Ensarga ona bo'ldilar.
Dimu - 24 iyun kuni Salohiddinga ota bo'ldilar.
Shoxjahon12 - 20 sentyabr kuni Gulsanamxonga ota bo'ldilar.
Mo'min Mirzo - 18 oktabr kuni kichkina Umarga ota bo'ldilar.
Muhammad Sohib - 12 noyabr kuni kichkina Abu Bakrga ota bo'ldilar.

2010 yili buvi bo'lgan forumchilar:

Lu'lu' - taxminan 20-21 dekabrlarda kichkina Fotimaxonning buvisi bo'lganliklarini e'lon qildilar.

2010 yili bo'lgan uchrashuvlar:

05.01.2010 - Abdulhafiz tashabbuslari bilan Namangandagi forumchilar yig'ilishi.
29.01.2010 - Chustiyning qarorgohidagi Toshkentdagi forumchilar oshxo'rlik masjlisi.
19.03.2010 - Chustiyning qarorgohidagi Toshkentdagi forumchilar kabobxo'rlik masjlisi.
25.03.2010 - Namanganlik forumchilarning Chustdagi oshxo'rlik majlislari.
09.05.2010 - Muhammadiyning nikoh to'yi munosabati bilan Rishtonda bo'lgan uchrashuv.
14.05.2010 - Abu Muso aka tashabbusi bilan Toshkentda uchta zemlyaklar (Abu Muso, Foniy, Abu Nasriddin) yig'ilishdi.
22.05.2010 - Forumdoshimizning maslahat oshlari munosabati bilan Toshkentdagi forumchilar uchrashishdi.
30.05.2010 - Muhammad Amin va Mahdiyahning nikoh to'ylari munosanari bilan Toshkentdagi forumchilar uchrashuvi.
10.07.2010 - Namanganning so'lim Kosonsoyida vodiylik forumchilarning 1-uchrashuvi bo'lib o'tdi.
04.08.2010 - Vodiylik forumchilarning sersoy, sersoya Vodildagi 2-uchrashuvlari.
19.08.2010 - Iftorlik munosabati bilan Toshkent shahrida yig'ilgan forumchilar uchrashuvi.
03.10.2010 - Hazrat Chustiy tashkil etgan Moskvadagi forumchilar uchrashuvi.
03.11.2010 - Poytaxti azim Toshkent] shahridagi forumchilar uchrashuvi.
14.11.2010 - Mo'min Mirzoning o'gillari Umarbekning aqiqasi munosabati bilan Chinobodda o'tgan 3-vodiyliklar uchrashuvi.
28.11.2010 - Viktorina g'oliblarini taqdirlash marosimiga bag'ishlangan Toshkentdagi uchrashuv. Forum tarixida eng ko'p - 21 ishtirokchi yig'ilgan uchrashuv.


PS. Qolib ketganlari bo'lsa, to'ldirarsizlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 10:52:15

Endi 2010 yilning "eng-eng-eng"lari taqdimot marosimini boshlaymiz:

2010 yilning eng yaxshi kitobi


Ushbu nominatsiya bo'yicha 18 ta nomzod ko'rsatilgan edi. 11 ta ovoz bilan ushbu sovrin Safiyyurrahmon Muborakpuriyning "Rahiyq-ul maxtum" kitobi uchun taqdim etildi.
Ahmad Lutfiy Qozonchining "Hazrati Umar ibn Hattob" va Tohir Malikning "Odamiylik mulki" kitoblari 6 tadan ovoz yig'ib, ikkinchi o'rinni band etdilar.
2010 yilda kiritilgan kitoblar orasida Bobur Mirzoning "Boburnoma" kitobi eng ko'p ovozga sazovor bo'lganlar orasida 3-o'rinni band etdi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Rohiyq al-maxtum. Safiyyurrahmon Muborakpuriy    - 11 (23.4%)
Hazrati Umar ibn Hattob. Ahmad Lutfiy Qozonchi    - 6 (12.8%)
Odamiylik mulki (Axloq kitobi). Tohir Malik    - 6 (12.8%)
Boburnoma. Zahiriddin Muhammad Bobur    - 4 (8.5%)
Men - sensiz, sen - mensiz (qissa). Xurshid Do'stmuhammad    - 3 (6.4%)
Shum bola (qissa). G'afur G'ulom    - 3 (6.4%)
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)    - 2 (4.3%)
Sadriddin Ayniy. Sudxo'rning o'limi (qissa)    - 2 (4.3%)
Yulduzlar mangu yonadi (qissa). Tog`ay Murod    - 2 (4.3%)
Bankir (roman). Lesli Uoller    - 2 (4.3%)
Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati (qissa). Erkin A'zam    - 1 (2.1%)
Iblis devori (qissa). Tohir Malik    - 1 (2.1%)
Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor    - 1 (2.1%)
Mehrobdan chayon (roma). Abdulla Qodiriy    - 1 (2.1%)
Momo yer qo`shig`i (qissa). Tog`ay Murod    - 1 (2.1%)
Oxirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov    - 1 (2.1%)
G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin    - 0 (0%)
Mashaqqatlar girdobi (roman). Zulfiya Qurolboy qizi    - 0 (0%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 10:58:17

2010 yilning eng off-topchi foydalanuvchisi


Off-topchi deganda ko'pchilikning yuragi zirqiraydi. Aslida bu judayam unchalik yurakni zirqiratadigan unvon emas. Faqat ba'zida foydalanuvchilarimiz hayajonlangandanmi yoki qalblarida to'lib ketghan gaplarini qayerga qo'yishni bilmasdanmi mavzudan tashqari gaplarni ham yozaib yuboradilar.
Xuddi shunday yuzerlarning tanlovida TITAN-UZ 20 ta ovoz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
BelleQizcha bu sovrin egasi bo'laman deb qancha harakat qilmasin, 3 ta kam ovoz bilan 2-o'rinni band etdi.
Xorazm shevasini qiyib qo'yadigan Abu Zufar va goh qashqadaryocha, goh toshkancha, gohi ingliz, gohi tushunib bo'lmaydigan allaqanday tillarda yozuvchi Chehmiklar 8 tadan ovoz to'plab, 3-o'rinni egallashdi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

TITAN-UZ    - 20 (32.3%)
BelleQizcha    - 17 (27.4%)
Abu Zufar    - 8 (12.9%)
Chehmik    - 8 (12.9%)
Marg'iloniy    - 5 (8.1%)
Zero Hero    - 4 (6.5%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 11:12:05

2010 yilning eng yaxshi yangi ishtirokchisi


2010 yilda forumimiz bir qancha yangi yuzerlarni kashf etdi. Ularning ishtiroklari mavzularning o'qishliligi va qiziqarliligini ta'minladi.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, ushbu nominatsiyada 21 ta ovoz bilan forumimizning eng yosh va talabchan uzerkasi Yoqutxon bosh sovringa ega bo'ldi.
O'zining aytishiga ko'ra, forumga 2008 yili Qur'on musobaqasi sabab a'zo bo'lgan, lekin ancha payt kirmay 2010 yili haqiqiy a'zoga aylangan Mo'min Mirzo 13 ta ovoz bilan 2-o'rinni band etdilar.
Yaqinda a'zo bo'lganiga qaramay, forumchilarning hurmatlariga sazovor bo'lgan, ibratli postlar muallifi Iymona 11 ta ovoz bilan 3-o'rinni band etdilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Yoqutxon    - 21 (26.6%)
Mo'min mirzo    - 13 (16.5%)
Iymona    - 11 (13.9%)
Lobar Aziz    - 8 (10.1%)
Mirolim    - 8 (10.1%)
Aqoid    - 5 (6.3%)
Azizbek_mx    - 3 (3.8%)
Gabriela    - 3 (3.8%)
Lu'lu'    - 3 (3.8%)
Jasur.best    - 2 (2.5%)
Saliha    - 2 (2.5%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 11:22:20

2010 yilning eng ko'p rahmat aytuvchi ishtirokchisi


Forumning rahmat funksiyasi tashkil etilgandan buyon ancha-muncha off-toplar yo'qoldi va forumchilarning bildirgan fikrlariga nisbatan samimiy minnatdorlik izhor etish xizmati joriy qilindi.
Bu nominatsiya bo'yicha forumimizning eng jonkuyar yuzerkasi Kapalak opa bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. Opamiz deyarli barcha mavzularga kirib chiqadilar. Forumdoshlarning fikrlariga nisbatan o'z munosabatlarini bildiradilar.
O'zi ko'p fikr bildirmasa-da, lekin mavzularni kuzatadigan, yetti o'lchab bir kesib mulohaza bildiradigan Muallim eng ko'p rahmat aytuvchilar orasida ikkinchi bo'ldi.
Uchunchi o'rin AbdulAzizga nasib etdi. Kamina ham uncha ko'p post qoldirmasamda. o'zimga manzur bo'lgan mavzulardagi forumchilar mulohazalarini hurmat qilaman.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Kapalak    - 15 (34.9%)
Muallim    - 9 (20.9%)
AbdulAziz    - 7 (16.3%)
Habib    - 5 (11.6%)
Abdulhafiz    - 3 (7%)
Robiya    - 2 (4.7%)
Hadija    - 1 (2.3%)
Ziyovuddin    - 1 (2.3%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 11:31:53

2010 yilning eng yaxshi avatar sohibi


2010 yildagi eng yaxshi avatarlar nominatsiyasi bo'yicha Robiyaning avatarlari 9 ta ovoz bilan bosh sovringa ega chiqdi:


2-o'rinni quvnoq bolakayni tarannum etgan Habibning avatari egalladi:


Bu safargi avatarlar jangida bolakaylar yuqori o'rinlarni egallamoqda. 3-o'rin egasi AbdurRohmanning avatarida ham shiringina bolakay tasvirlangan:


So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Robiya    - 9 (15.5%)
Habib    - 7 (12.1%)
AbdurRohman    - 5 (8.6%)
Chustiy    - 4 (6.9%)
Iymona    - 4 (6.9%)
Muhammad Sohib    - 4 (6.9%)
Abdulloh    - 3 (5.2%)
Muallim    - 3 (5.2%)
Muhseena    - 3 (5.2%)
Zulfina    - 3 (5.2%)
UmmatiY_MuhammadiY    - 3 (5.2%)
Hadija    - 3 (5.2%)
Braupov    - 2 (3.4%)
Saliha    - 1 (1.7%)
Titan-UZ    - 1 (1.7%)
UzMuslim    - 1 (1.7%)
Jees    - 1 (1.7%)
Lobar Aziz    - 1 (1.7%)
Huseyn    - 0 (0%)
Mahdiyah    - 0 (0%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 11:39:32

2010 yilning eng yordamsevar ishtirokchisi


Ushbu nominatsiya bo'yicha anjanlik ukamiz Javikboy 11 ovoz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. Bundan keyin ham hech kimdan yordamingizni ayamang. Mo'min Mirzo akangizga ham yordam berib qo'ying. Keyingi safar sizga ham ovoz beradi :)
Bir qo'li kapgirda yana bir qo'li klaviatura, bir qulog'i qozonning vaqir-vuquridayu, yana bir qulog'i telefonda bo'lgan butun o'zbek forumlari oshpazi Chustiy yordamsevarlar orasida ikkinchi o'rinni band etdi.
Uchinchi o'rinni 8 tadan ovoz bilan Kapalak va AbdulAziz egallashdi. Kapalak opamizga ta'rif uchun gap yo'q. Iloji bo'lsa, shu kamida shahar hokimi bo'lsalar-dsa, hammaning muammosini yechib bersalar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Javik    - 11 (21.6%)
Chustiy    - 9 (17.6%)
Kapalak    - 8 (15.7%)
AbdulAziz    - 8 (15.7%)
Robiya    - 5 (9.8%)
Habib    - 3 (5.9%)
G_u_l_i    - 2 (3.9%)
Hadija    - 1 (2%)
Lolo    - 1 (2%)
Muxlisa    - 1 (2%)
Yoqutxon    - 1 (2%)
Zamiraxon    - 1 (2%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 12:02:15

2010 yilning eng yaxshi ayol ishtirokchisi


Bu nominatsiyada mutloq g'oliblik yana Kapalak opamizga nasib etdi.
Orada bir kamnamo bo'lib, yana forumchilar safiga qaytgan Hadija 8 ta ovoz bilan 2-o'rinni band etdilar.
Doimo kimlargadir yaxshilik qilish umidida yelib-yuguiradigan uzerkalarimizdan Robiya 7 ta ovoz bilan uchinchi o'rinni band etdilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Kapalak    - 13 (22%)
Hadija    - 8 (13.6%)
Robiya    - 7 (11.9%)
G_u_l_i    - 5 (8.5%)
Yoqutxon    - 5 (8.5%)
Zamiraxon    - 4 (6.8%)
Iymona    - 4 (6.8%)
Lolo    - 4 (6.8%)
Lu'lu'    - 3 (5.1%)
Mahdiyah    - 2 (3.4%)
Munira xonim    - 2 (3.4%)
Siddiqa    - 2 (3.4%)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Dekabr 2010, 12:13:34

2010 yilning eng yaxshi erkak ishtirokchisi


Yilning eng yaxshi erkak ishtirokchisi nominatsiyasida eng ko'p uchrashuvlarga borgan va oxirgi uchrashuvda nega bizni aytmadingiz deya janjal qilgan Muhammad Sohib 11 ovoz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. Shunday, o'rtoqlar, ko'proq uchrashuvlarga boringlar va sizni aytishmasa, janjal qilinglar, shunda siz ham sovringa ega bo'lasiz :)
Ikkinchi o'rinni tinib-tinchimaslar Habib va Chustiy egallashdi. Habib bilan Muallim hayotda ham qalin do'stlar. Lekin forumda ularni ajratuvchi ikki jihat bor. Muallim obdooon o'ylab, so'ng yozadi. Habib esa ba'zida dab-durustdan yozadi-da, so'ng o'zining notog'ri o'ylaganini ham tan oladi. Ikkalasini birlashtiradifan jighat esa, ko'p rahmat aytishida va deyarli barcha mavzularni kezib chiqishlarida :)
3-o'rin Javikboy va Abdulazizga nasib etdi. Malades Javikboy :) Qozonga yaqin yursang qarosi yuqar. Yonimizda yuravering. :)

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Muhammad Sohib    - 11 (14.3%)
Chustiy    - 10 (13%)
Habib    - 10 (13%)
AbdulAziz    - 8 (10.4%)
Javik    - 8 (10.4%)
Abu Muso    - 6 (7.8%)
BRaupov    - 5 (6.5%)
Muallim    - 4 (5.2%)
Chehmik    - 3 (3.9%)
Abdulhafiz    - 2 (2.6%)
Ummatiy Muhammadiy    - 2 (2.6%)
AbdurRohman    - 1 (1.3%)
Akbarjon    - 1 (1.3%)
Hassan    - 1 (1.3%)
Muhammad Amin    - 1 (1.3%)
Musannif Adham    - 1 (1.3%)
Shoxruh Mirzo    - 1 (1.3%)
UzMuslim    - 1 (1.3%)
Ziyovuddin    - 1 (1.3%)

Qayd etilgan