YoQIMLI SO’Z: Harom oylar to‘rtta (Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, Rajab). Malaklarning eng kattalari va eng yaxshilari to‘rtta (Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil — ustlariga salom yog‘ilsin). Tahorat a’zolari (yuvish farz bo‘lgan a’zolar) to‘rtta. Allohni tasbih va takdis etuvchi eng fazilatli so‘zlar to‘rtta («Subhanalloh», «Alhamdulilloh», «La ilaha illalloh», «Allohu Akbar»). Hisob ilmining asosiy birliklari to‘rtta (birlar, o‘nlar, yuzlar, minglar). Zamon birliklari to‘rtta (soat, kun, oy, yil). Yil mavsumlari to‘rtta (bahor, yoz, kuz, qish). Tabiatdagi holatlar to‘rtta (issiqlik, sovuqlik, quruqlik, namlik). Xulafoi Roshidin to‘rtta (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali — Alloh ulardan rozi bo‘lsin).
Daylamiy naql qilib Hz. Oyshadan rivoyat qiladi:
Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:
— Alloh to‘rt kechada xayrini to‘kib - sochadi. Bular: Qurbon hayiti kechasi, Ramazon bayrami (Katta Hayit) kechasi, Sha’bonning o‘n beshinchi kechasi va Rajabning birinchi kechasi.
Yana Daylamiy qayd etadi va Abu Umomadan naql qiladi:
Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
— Besh kecha bor, Alloh bu kechalarda aytilgan duolarni rad etmaydi. Bular: Rajabning birinchi kechasi, Sha’bonning o‘n beshinchi kechasi, Juma kechasi va ikki hayit kechalaridir.