Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 752484 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 155 B


Muhseena  06 Sentyabr 2009, 17:12:04

Haqiqatdan ham shunday vaziyatlarga duch kelamizki inson hatto xayoliga keltirolmaydi,sig'dirolmaydi bo'lgan voqea hodisani.....
Shaxsan o'zimda shu hodisa yaqindagina ro'y berdi.Nima bo'ldiyu telefon uchun maxsus yozilgan bir videorolikni ko'rib qoldim.Unda 3-4 ta bola bir eshakni ko'prik oldiga olib kelishdi.Negadir faqat kulishardi.Videoni ko'rar ekanman,hozi shu eshak bolalardan birontasini tepib yuborsaya degan hayol o'tdi.Yo'q adashibman unday bo'lmadi.Bolalar bechora eshakni qaysidir aybi uchunmi bilmadim ko'prikdan oqar suvga tashlab yubordilar.Shu vaziyatda ichim muzlab ketdi.Bolalar esa kulishardi faqat kulishardi.Ko'z yoshlarimni to'xtata olmadim.Negadir eshakka emas boyagi bolalarga achina boshladim.Eh nega bunday qildinglar deb baqirgim keladi.Inson shunchalik nonko'rmi?Uning uchun yaratilgan ne'matlarni xor qilishga nima haqqi bor?Nega shunchalik johil bo'lmasa?Qay tomonga qaramaylik  hamma joyda jaholatni ko'ryapmiz.Kimdir kimningdir ustidan kulgan,kimningdir haqqini yegan va hokazo.Hammasi iymonsizlikning oqibati,ilmsizlikning oqibati ekanligi bizga ayon.Kimgadir biron manfaat yetkazolmaganiga yarasha,ziyon yatkazmasa nima qilarkin insonni!Alloh taolo haddidan oshgan qavmlarni nega jazolaganligini bilib gohida shu azoblar bizga yetib qolmasaydi deb qo'rqaman.Kim Alloh belgilagan chiziqdan chiqsa,faqatgina o'zigagina zarar qila oladi.Har kim o'z qilmishi uchun javob beradi.Ammo hamma narsaga befarq bo'lishlik ham bizni adashtirib qo'yishi hech gap emas.Atrofga qarab ibrat olishimiz kerak,chunki bu hodisa bir kunmas bir kun o'z boshimizga tushib qolmasligi uchun....

Qayd etilgan


Munavvara  06 Sentyabr 2009, 19:14:53

 :as:

yaqindagina o'qishni boshlab oldik gruppamda Alhamdulillah o'g'il bollar yo'q, hammasi qizlar shunisidan hursand bo'lib ketaman lekin u qizlarni o'rniga hammasi o'g'il bo'lgani yaxshi ekan ham deb qo'yaman ba'zida. Xonaga kirishim bilan baqir-chaqir qizlarni bir-biriga qilayotgan sovuq, qo'pol muomalasini eshitib erta tongdan kayfiyatim tushib ketadi. Dars boshlanib o'qituvchi ish bilan chiqib ketsa qizlar sekin sumkasidan bo'yanadigan narsalarini olib yuzlariga bir nimalar surib tashlashadiki ularni kuzatib turib o'zingiz chiroylisizku degim keladi. mani kuzatib turganimni hayratlanib qarab siz bo'yanmaysizmi deb qolishdi yo'q hali Jinni bo'lganimcha yo'q deb hazil qilib qo'yay dedim. Ammo shu hazil urushga  aylanib qolishiga sal qoldi. Nima Jinni bo'lganim yo'q deb endi sizlar jinnisizlar demoqchimisiz deb qoldi. Eee qanday tushunsangiz o'ziz bilasiz lekin man buni hazillashib aytdim desam keyin tinchlanishdi...

Ba'zan o'zbegim qizlari tilla o'zbegim qizlariga gap yo'q deyishsa jahlim chiqib ketadi  :(

Qayd etilgan


Ansora  06 Sentyabr 2009, 20:56:03

Munavvara, siz qizlarga "Go'zaliik to'yda kerak, aql kunda kerak", deb eslatib qo'ying. Bazi xotin-qizlarga hayronman. Avval toza, beg'ubor yuzlariga kimyoviy bo'yoq surtib buzishadi, keyin uni tuzataman, deb yana pul sarf qiladi. Shu bu foydali deydi, jiltni sog'lomlashtiradi, u bechora jilt usti qalin qilib bo'yoq bilan qoplangani uchun qanday qilib sog'lomlashsin:)

Qayd etilgan


siddiqa  07 Sentyabr 2009, 08:27:56

Haqiqatdan ham shunday vaziyatlarga duch kelamizki inson hatto xayoliga keltirolmaydi,sig'dirolmaydi bo'lgan voqea hodisani.....
Shaxsan o'zimda shu hodisa yaqindagina ro'y berdi.Nima bo'ldiyu telefon uchun maxsus yozilgan bir videorolikni ko'rib qoldim.Unda 3-4 ta bola bir eshakni ko'prik oldiga olib kelishdi.Negadir faqat kulishardi.Videoni ko'rar ekanman,hozi shu eshak bolalardan birontasini tepib yuborsaya degan hayol o'tdi.Yo'q adashibman unday bo'lmadi.Bolalar bechora eshakni qaysidir aybi uchunmi bilmadim ko'prikdan oqar suvga tashlab yubordilar.Shu vaziyatda ichim muzlab ketdi.Bolalar esa kulishardi faqat kulishardi.Ko'z yoshlarimni to'xtata olmadim.Negadir eshakka emas boyagi bolalarga achina boshladim.Eh nega bunday qildinglar deb baqirgim keladi.Inson shunchalik nonko'rmi?Uning uchun yaratilgan ne'matlarni xor qilishga nima haqqi bor?Nega shunchalik johil bo'lmasa?Qay tomonga qaramaylik  hamma joyda jaholatni ko'ryapmiz.Kimdir kimningdir ustidan kulgan,kimningdir haqqini yegan va hokazo.Hammasi iymonsizlikning oqibati,ilmsizlikning oqibati ekanligi bizga ayon.Kimgadir biron manfaat yetkazolmaganiga yarasha,ziyon yatkazmasa nima qilarkin insonni!Alloh taolo haddidan oshgan qavmlarni nega jazolaganligini bilib gohida shu azoblar bizga yetib qolmasaydi deb qo'rqaman.Kim Alloh belgilagan chiziqdan chiqsa,faqatgina o'zigagina zarar qila oladi.Har kim o'z qilmishi uchun javob beradi.Ammo hamma narsaga befarq bo'lishlik ham bizni adashtirib qo'yishi hech gap emas.Atrofga qarab ibrat olishimiz kerak,chunki bu hodisa bir kunmas bir kun o'z boshimizga tushib qolmasligi uchun....

rasululloh vafot etganlarida bu firooqa insonlardan qanchasi dosh bera olmay jon berishdi ,shunda payg'ambarimiz mingan bir eshak ham bor edi u ...............o'zini o'zi chuqurga tashlab halok qildi ................[b]yo rabbiy bandalaringga bir boq ,bir eshakchalik ham bo'lolmayapmizmi ???[/b] hozir kim lar uchundir jon fido qilishga tayyormizu lekin ........o'zini o'zi firoqiga rasulni firoqiga chiday olmagan bir eshak ,yoki ul zot sevikligimiz sav vafotlaridan mahzun bo'lib hech narsa yemay ochlikdan o'lgan bir tuyachalik yoki har gal minbar yasalgunicha sevikligimiz doimo unga suyanib turadigan va minbarga o'tganlaridan keyin rashkdan va ayriliqdan chiday olmay yig'lagan daraht kebi ham emasmizmiiiiiiiiiiiiii ....................
nima bo'ldi ....................
ko'p narsa bo'ldiiiiiiii.

qalbni sevgini ,senga qullikni unutganimizdan ,o'zimiz ham bir birimizni ,chohlarga tashlayapmizmi ........... :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2

Qayd etilgan


Foniy  07 Sentyabr 2009, 14:20:43

...Dars boshlanib o'qituvchi ish bilan chiqib ketsa qizlar sekin sumkasidan bo'yanadigan narsalarini olib yuzlariga bir nimalar surib tashlashadiki ularni kuzatib turib o'zingiz chiroylisizku degim keladi...

...Bazi xotin-qizlarga hayronman. Avval toza, beg'ubor yuzlariga kimyoviy bo'yoq surtib buzishadi, keyin uni tuzataman, deb yana pul sarf qiladi. Shu bu foydali deydi, jiltni sog'lomlashtiradi, u bechora jilt usti qalin qilib bo'yoq bilan qoplangani uchun qanday qilib sog'lomlashsin:)

Ba`zan yuragingni qiynaydi savol,
Javobin topmog`ing juda ham malol:
"Go`zallik saloni ko`paygan sari
Nechun xunuklashib bormoqda ayol!?."

Birodarimiz yuborgan edi,

Qayd etilgan


Hadija  07 Sentyabr 2009, 16:16:55

Анча аввал олдин чекка бир туманнинг маъмурий биноларидан бирига кириб қолгандим. Қарасам, сшикка катта қилиб қуйидагиларни ёзиб қсйишган скан.
Икки қсшни талашар - "Ер меники, йсқ, меники!"
Ер сса жим кузатар -  "Иккаланг ҳам меники!"

Кейин билсам ер талашиб келадиган фуқароларнинг мурожатларидан безган рахбарлардан бири шу ссзларни қаердандир ксчириб ёзиб қсйган скан. Адашмасам, кадастр биносига кирган бслсам керак сшанда. Чекка бир туманда бу қадар донолик ва топқирликни кутмаганим учун сзимдан услдим.

o'sha talashilayotgan yer ularga judaham keng huddi uni olmasa hech joyga sig'maydigandek ,lekin berbiram 1 kun bir qarich joyga sig'ishini bilisharmikin . ??? :o ???
Agar o'sha bir qarich yer nasib qilsa :). Allohim o'zi mag'firat qilsin....

Qayd etilgan


Foniy  07 Sentyabr 2009, 17:25:38

...сшикка катта қилиб қуйидагиларни ёзиб қсйишган скан.
Икки қсшни талашар - "Ер меники, йсқ, меники!"
Ер сса жим кузатар -  "Иккаланг ҳам меники!"

Кейин билсам ер талашиб келадиган фуқароларнинг мурожатларидан безган рахбарлардан бири шу ссзларни қаердандир ксчириб ёзиб қсйган скан...
o'sha talashilayotgan yer ularga judaham keng huddi uni olmasa hech joyga sig'maydigandek ,lekin berbiram 1 kun bir qarich joyga sig'ishini bilisharmikin . ??? :o ???
Agar o'sha bir qarich yer nasib qilsa :). Allohim o'zi mag'firat qilsin....

Yurak bor-u, erki yo`q ekan,
Orzularning cheki yo`q ekan.
Asli inson uchun yetarli
Ikki gaz yer, ikki gaz kafan!..

Birodarimiz yuborgan edi,

Qayd etilgan


Abdul_Malik  07 Sentyabr 2009, 21:23:48

Italyaning "Corriere dello sport" gazetasining habar berishicha dunyoda eng ko'p maosh oladigan futbol murabbiyi bu Braziliyalik Luis Felippe Skolari ekan.Unga bizning Bunyodkor mutasaddilari 1 yilga "atigi" 11 mln yevro berarkan. Qoyil, O'zbekiston futboli ham qaysidir sohada dunyoda birinchi o'ringa chiqarkanu.  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Sentyabr 2009, 07:06:48

Har kuni ertalabdan ishga chiqayotib bir qiziq voqeaga duch kelaman. :)

Ko'chada yuradigan bir bomjni (uzr, sal qo'polroq chiqsayam, boshqa nima deb atalishini bilmayman) ko'raman.
Ertalabdan hali soat 6 bo'masdan domimizni yonida har doim minnimalarni o'qiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiib o'tiradi...
Gazetami, kitobmi....?

Shu bomj biz bahonalar qilayotgan VAQTni topib olgandurda?!  :)

P.S. Mana bugun ham huddi shu xolatning guvohi bo'layabman

Qayd etilgan


Muzayyana  08 Sentyabr 2009, 13:55:55

Hozir ishdan chiqib internetga kelayotganimda mashinaga, yani marshutga bir kishi chiqdi. O'rta yoshlarda...Chiqishi bilan aroqni hidi shunaqangi anqib kettiki, Alloh hidoyat bergur "musulmonni bolasi" Ramazonda ham shunchalik ichadimi inson. Mashinadagilarni afti burushdi. Aroq ichib gunohda qolgani yetmaganidek, sal kam 10 ta ro'zadorni (Vallohi A'lam) dilini hufton qildi.
Alloh mana shundat sochib yuborilayotgan rahmatdan benasib yurganlarga insovfi tavfiq bersin, amin.

Qayd etilgan