Inson qachon chinakamiga qariydi, bilasizmi? Qachonki BOLALIK uning jismini emas, yuragini tark etganida...
Tog`ri maqtov- hushomad va laganbardorlikdan ming chaqirim yiroq bo`lib, muvaffaqiyatga tomon boshlovchi eng qisqa yo`ldir...
Nodon donolarcha suhbatingizni ham nodonlarcha qabul qiladi. yaxshisi nodon bilan nodonlarcha suhbatlashing shunda u sizni donolarcha hurmat qila boshlaydi...
Muhabbat shunday buyuk kuchki, u har qanday qo`rqoqqa jur'at bera oladi, har qanday kuchli ayol ham uning qoshida ojizaga aylanadi...
ishdagi oddiy haqiqat: Nega kech kelding deb hamma so`rashi mumkin, biroq nega kech ketyapsan deb hech kim so`ramaydi!
rishtalar bog`lanishi, yoki uzilishi uchun oradagi masofaning ahamiyati yo`q
Qiyinchiliklarni yengib o`tishdan qo`rqma, qiyinchiliklar seni yengib qo`yishidan qo`rq!
Muhabbatsiz insonning toshdan birgina farqi - gapira olishida
Dunyoda uch narsaga ishonib bo`lmaydi: nodondan va davlatmanddan donishmand yetishib chiqishiga, laganbardorlarning maqtoviga va shoirlarning muhabbatiga...
Dunyodagi eng arzon narsa - mehr. Arzon narsani topish esa, hamisha qiyin bo`lib kelgan...
Aql va pul orasida bog`liqlik yo`q deganlar bekor aytibdi! Qashshoq donishmand aql o`rgatsa hamisha ahmoqdek ko`rinadi. Boyning ahmoqona gaplari esa hamisha haq
Insonlar uch toifaga bo`linadi: Hushomadgo`ylar, hushomadgo`ylarga ishonuvchi ahmoqlar va ularning ikkisni ham ko`rarga ko`zi yo`q omadsizlar:)
(Hammasi o`zimizning kompyuter hoshiyasiga bitilgan bitiklarimizdan)