Hadislar — ezgulik kaliti  ( 340699 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 79 B


shoir  21 Iyul 2008, 16:48:57

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайхи ва саллам дедилар: «Мен хак бсла туриб тортишувни тарк қилган киши учун, жаннатнинг атроф-чеккаларидаги бир уйга кафилман». (Имом Абу Довуд ривости)

Qayd etilgan


shoir  21 Iyul 2008, 16:49:04

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайхи ва саллам: «Мен сизларга жаннатдаги кишиларингиз хакида хабар берайинми?» — дедилар. Сахобалар: «Ха, ё расулаллоҳ» — дедилар. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайхи ва саллам дедилар: «Лайгамбар жаннатда, сиддик жаннатда, шахар четидаги дсстини факат Аллоҳ учунгина зиёрат қилган киши жаннатда». (Табароний ривости: хасан хадис)

Qayd etilgan


shoir  21 Iyul 2008, 16:49:54

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайхи ва саллам дедилар: «Аёл беш вакт намозини скиса, рсзасини тутса, номусини (фаржини зинодан) сакласа ва срига итоат стса жаннатнинг хохлаган сшигидан кирсин». (Ибн Хиббон, Абу Ауайм «Хилс»да) ривост қилган: сахих хадис).

Qayd etilgan


shoir  21 Iyul 2008, 16:50:07

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайхи ва саллам: «Ким менга одамлардан хеч нарсани ссрамасликни кафолатини берса, мен у учун жаннатнинг кафолатини бераман» — дедилар. («Сунан» китобларининг муаллифлари ривост қилганлар, сахих хадис)

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:40:03

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Yettita halokatga eltuvchi amallardan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular qaysi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«1. Allohga sherik bor deyish.
2. Sehrgarlik.
3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa, ya’ni had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda zarari yo‘q.
4. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish.
5. Yetimning molini yeyish.
 6. Urushda orqaga chekinish.
7. Hech narsadan xabari yo‘q, pokiza, afifa ayollarni (fohishalikda) ayblash»
, dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Iyul 2008, 08:02:07

Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.): «Agar jannat ahli jannatga kirsa, Alloh taolo ularga: «Biror narsa xohlaysizlarmi? Men uni (sizlarga ato qilib, ne’matlarimni) ziyoda qilay», deydi. Ular: «Ey Alloh, Sen bizning yuzlarimizni oppoq qilding, jannatingga kirgizding va do‘zaxingdan panoh berding, yana boshqa ne’matlaring ham bormi?» deyishadi. Shunda Alloh taolo jamolini ko‘rsatish uchun to‘siq (parda)ni ochadi. Ular Allohning jamolini ko‘rishganidan keyin Unga nazar solishdan mahbubroq ne’mat yo‘qligini bilishadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.

barcha mo'min va mo'minalarni ushbu baxtga nasib aylasin!


Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyul 2008, 20:08:35

Abu Said va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Agar jannat ahli jannatga kirishsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Sizlar tirik bo‘lib, aslo o‘lmaysizlar. Sog‘ bo‘lib, hech kasal bo‘lmaysizlar. Doim yigit bo‘lib, hech qarimaysizlar. Doim ne’matda bo‘lib, hargiz yomon holatni ko‘rmaysizlar», deb aytadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Munavvara  25 Iyul 2008, 10:59:08

Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Allohning shunday bandalari borki, Qiyomat kuni ular minbarda o‘tiradilar. Ularning liboslari nur, yuzlari yorug‘ bo‘ladi. Ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas, lekin payg‘ambarlar ham, shahidlar ham ularga havas bilan qaraydilar». Shunda sahobalar: «Ular kimlar, yo Rasululloh?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ular Alloh uchun bir­birlarini yaxshi ko‘rganlar, Alloh uchun bir­birlarini ziyorat qilganlar va Alloh uchun bir­birlari bilan o‘tirganlardir», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Qayd etilgan


Munavvara  25 Iyul 2008, 11:00:11

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Masjidlaringizni menga salovot aytish bilan ziynatlanglar. Aytgan salovotlaringiz Qiyomat kuni sizlarga nur bo‘ladi», dedilar.

Qayd etilgan


Munavvara  25 Iyul 2008, 11:00:55

Tabaroniy rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir turli qasrlar borki, ularning ichidan tashqarisi va tashqarisidan ichkarisi ko‘rinib turadi. Alloh taolo ularni bir­birini yaxshi ko‘radigan va bir­birini ziyorat qiladiganlar uchun hozirlab qo‘ygandir», dedilar.

Qayd etilgan