Maxsus bo'lim > Turk tili va adabiyoti

Türkçe öğreniyoruz

<< < (2/40) > >>

Usmoniy:
Fiiller - Fe'llar

Turkiy fe'llar  :) 

Turk - O'zbek

bilmek - bilmoq
okumak - o'qimoq
yazmak - yozmoq
söylemek - so'zlamoq,aytmoq,gapirmoq
demek - demoq
konuşmak - gapirmoq
görmek - ko'rmak
ağlamak - yig'lamoq
anlamak - anglamoq, tushunmoq
düşünmek - o'ylamoq, fikrlamoq (O'zbek "tushunganda" o'ylamaydi yoki Turk "düşündüğünde" anglamaydi-ku.  :)  :) )
fısıldamak - pichirdamoq
işitmek - eshitmoq
inanmak - ishonmoq, inonmoq
toplamak - to'plamoq
vurmak - urmoq
atmak - otmoq, toshlamoq ("taşlamak - toshlamoq-" Turkchada hajv qilmoq, masxaralamoq)
eğmek - egmoq
eğitmek - tarbiyalamoq (eğitmek: eg- fe'lidan fe'l yasovchi qo'shimcha bilan...)
temizlemek - tozalamoq ("toza" Turkchada yangi,barra; "tozalamoq" esa yangilamoq.)

Umuman yaqin fe'llarni yozdim yana umuman bunday fe'llar ko'pchilikni tashkil etadi.

Menga qiziqarli narsakim Turkchada qiyin bo'lgan joy O'zbekchada oson yoki buning tom teskarisi. Misol Turkchada O'zbek tiliga nisbatan fe'l ishlatish, birikmalar g'ayat sodda, oson lekin tovish hodisalari, unli uyg'unligi yoki  undosh uyg'unligi vh. qiyinroq...

ŞİMDİKİ ZAMAN - HOZİRGİ ZAMON

çalış-ı-yor-um       ishla-yap-man
çalış-ı-yor-sun      ishla-yap-san
çalış-ı-yor             ishla-yap-di

çalış-ı-yor-uz        ishla-yap-miz
çalış-ı-yor-sunuz  ishla-yap-siz
çalış-ı-yor-lar        ishla-yap-di-lar

Turkchada Hozirgi Zamon qo'shimchasi  "-yor"dir. Bunga ilovatan "-makta/-mekte" va "-mada/mede" ham ishlatiloladi.(-moqta)

Çalış-makta-y-ım   ishla-moqta-man...

"Ölüm indermede gökler, ölü püskürmede yer"    Âkif
"O'lim indirmoqda ko'klar, o'lik purkamoqda yer"  Oqif


Baiznilloh davom etamiz.
Hurmat ila...


Ilova: Butun xato, qusur va nuqsonlarimdan uzr so'rayman.

yabancicek:
Cok güzel olmuş. Teşekkür ederim. Devamını bekliyorum.

Robiya:
Assalomu alaykum!Bu ishni boshlab juda yaxshi ish qilibsizlar.O'zim turk tilini o'rganmoqchi bo'lib yurgandim.Endi muammo yechimi topildi.Buning uchun sizlardan minnatdorman.Albatta davomini kutib qolaman.

Robiya:
Turkchani o'rganaman deb xursand bo'lgandim.Lekin negadir 15 oktabrdan buyon yangi dars o'tilmayapti.Sayt xodimlaridan shu darsning davomini berishlarini iltimos qilaman.Oldindan rahmat.

ikbaljohn:
Yaxshi bo'pti.Ba'zi birovlar Turkcha o'rganish orzusida edilar.Faqat isitmek fe'li xozir Turkiyada uncha ishlatilmaydi.O'shanchun isitmek felini o'rniga duymak fe'lini qo'ysangiz yaxshi bo'lar edi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version