yaqinda kasal bo'ldim.
o'limni tasavvur qildim. Janozamga kazo-kazolardan tortib, muftiyu olimlar kelishgandi. Hamma "Nuriddin yaxshi bola edi, bechora yosh ketdida, joyi jannatdan bo'lsin,..." der edi.
Bir payt, g'assol keldi. Jasadimni endi yuva boshlagan edi, badanimdan ko'lansa hid kela boshladi. Shu lahzada, ko'z oldimga odamlardan yashirib, Allohdan hayo qilmay qilgan gunohlarim birma-bir kela boshladi. Badanim sasib ketganidan emas, Allohning huzuriga qaysi yuz bilan borishim ko'proq tashvishlantirar edi.
uydagilar, "oddiy kasallik uchun yig'lasang, qanaqa erkaksan?" deb ta'na qildilar. vaholanki ular ko'z yoshlarim sababini bilmas edilar....