Hijobning fazilatlari.
Hijob Alloh taolga va Uning rasuliga itoatni ifodalaydi. Alloh taolo O'ziga shuningdek, rasuliga ham itoat qilishni barchamizga amr qildi:"Alloh va Uning payg'ambari bir ishni hukm qilgan0buyurgan vaqtida biron mo'min va mo'mina uchun(Allohning hukmini qo'yib) o'z ishlaridan ihtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga osiy bo'lsa, bas, u ochiq yo'ldan ozish bilan ozibdi".(Ahzob, 36-oyat.)
Alloh taolo yana marhamat qilib aytadiki:"Yo'q,Parvardigoringizga qasamki, to ular o'zlarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha - bo'ysunmagunlaricha zinhor mo'min bo'la olmaydilar"(Niso, 65-oyat).
Alloh taolo ayollarga hijob tutishni buyurdi. Qodir va Oliy Zot bo'lgan Alloh taolo aytadiki:"Mo'mina ayollarga ayting, ko'zlarini(Nomahram erkaklarga tikishdan) to'ssinlar va avratlarini (Haromdan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (utilaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko'rsatmasinlar va ko'kraklarini ro'mollari bilan to'ssinlar!..."(Nur, 31-oyat)
"O'z uylaaringizda barqaror bo'linglar(ya'nibesabab o'z uylaringizdan tashqariga chiqmanglar,magar, biror hojat bilan chiqqanlaringizda esa) ilgarigi dinsizlik davridagi yasan-tusan kabi yasan-tusan qilmanglar!")Ahzob,33-oyat.
"...Qachon sizlar (Payg'ambar ayollardan) biron narsa so'rasngizlar parda ortidan turib so'ranglar.Mana shu sizl;arning dillaringizni ham, ularning dillarni ham toz tutguvchiroqdir."(Ahzob, 53-oyat).
"Ey,payg'ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning ayollariga ayting, ustilariga yopinchiqlarini o'rasnlar!"(Ahzob, 59-oyat)
Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Ayol - avratdir". Bu esa ayolning mastura-o'rangan bo'lishi kerakligini anglatadi.