FASL
Ulamoning podshohlar mulozamatig‘a bormog‘i bayonida
Avvalgi ulamolar holi ushbudur. Agar podshoh qoshig‘a borsa Tovus Hishomg‘a qilg‘ondek muomala qilg‘ay. Andog‘kim, Hishom ibn Abdumalik xalifa erdi. Madinai Munavvarag‘a keldi va dedikim, «Sahobalardan kishi topib qoshimg‘a kelturinglar». Dedilarkim «Hammalari vafot qilganlar». Aytdikim, «Tobe’iyn bo‘lsa, kelturgil». Tovus r.a.ni keltirdilar. Uyga kirib, kafshni xonada gilamga qo‘yib, «Assalomu alaykum, yo Hishom» dedi va o‘tirdi. Hishom g‘azabnok bo‘ldi. Kdsd qildikim, halok qilg‘ay.
Dedilarki, «Ey, xalifa, sabr qilg‘il. Bu kishi rasul alayhissalom izdoshlari va ulamolarning ulug‘laridandur». Xalifa aytdi, «Ey, Tovus! Nechuk dalerliqdur?» Tovus aytdi, «Nima qildim?» Hishom tag‘i ham g‘azabnok bo‘lib, dedi: «To‘rt tarki adab qilding. Biri ulki, kafshni bisotim uzasida soldingki, podshoxlar huzurida kafsh yechmoq aybdur. Ikkinchi ulki, amiral-mo‘‘minin deb kuniyat birla zikr qilmay, otimni tutib salom qilding. Uchinchi, mendan ruxsatsiz, o‘tiring, demaguncha o‘tirding. To‘rtinchi ulki, qo‘limni o‘pmading.
Tovus aytdiki, «Sening qoshingda bir navbat kafshimni yechdim. Hazrati Rabbul-izzatkim, hamma olamni Xudovandi davroni huzurida xar kuni besh navbat kafshimni yechurmen, menga hech g‘azab qilmas. Va amiral-mo‘‘minin demasligim bu vajhdandurkim, sening amirligingga hamma musulmonlar rozi emastur, aytsam yolg‘onchi bo‘lg‘aymen. Va kuniyat birla atamay, otingni aytganimni vajhi buki, Haq taolo o‘z do‘stlarini otini aytib yod qilibdur. Chunonchi aytibdur, «Yo Dovud, yo Yahyo va yo Iyso» deb. Dushmanlarini esa kuniyat birla zikr qilibdur. Chunonchi «Tabbat yada Abiy Lahabin» deb. Qo‘lingni bo‘sa qilmag‘onimni vajhi buki, qazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadan eshitibdurmenki, «Hech bir kishining qo‘lini o‘pmoq durust ermas, magar xotinini qo‘lig‘a shahvat birla bo‘sa qilsa va farzandini qo‘lig‘a marhamat birla bo‘sa qilsa ravodur. Qoshingda o‘tirmog‘imning sababi - hazrati Ali karramallohu vajhadin eshitib erdim, aytib edilarki, «Agar axdi do‘zaxni ko‘ray desanglar, ul kishini ko‘ringlarki, o‘zi o‘tirgay va qoshidagilar tikka turgay».
Xalifa Hishomga bu so‘zlar xush keldi. Aytdikim, menga nasihat qilg‘il. Tovus aytdi: «Hazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadin eshitib edim, aytib edilar, «Do‘zaxda ilonlar bordur. Har birining kattaligi baland tog‘lardek va chayonlar bordurki, har birining kattaligi zo‘r tuyalardek. Raiyyatga, qo‘l ostidagi xalqqa adolat qilmag‘on podshoh va umarolarg‘a muntazirdur» deb, turib chiqib ketdi.