Assalomu-alaykum. Bu yozuvlarim bilan hech kimni huzurini qochirmoqchi emasman, faqat meni javoblarimni umuman boshqa ma’nolarga tortgan Saltanat opaga bu javobni berishni ma’qul ko’rdim. Avvalo
"œForumdoshdan forumdoshga savol" mavzusining
114 chi sahifasida berilgan savolning asl holiga qaraylik:
Miniraopa,Kapalakopa(singil)ga va Imlahopaga savol.
Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.Savol bu. Meni javobimni yodlab olganga o’hshaysiz : )bu yerda takror keltirmasam ham bo’ladi.
Bu imlaah opani javoblari:Bugungi kunning eng "mashshur" mavzusidagi savol bo'libdi tashakkur
Inson u erkakmi yoki ayolmi ko'ngli muhabbat,e'tibor,o'z jufti uchun eng sevimli va yagona bo'lishni istaydi.Ammo shuncha narsalarni istagan "oshiq kongil" sohiblari o'zimchi o'zim juftimga nima bera olyabman deb o'ylashga eng kamida jurat qila olmaydilar.Ko'ngil nozik hislar va olovli muhabbat istar ekan.Muhabatlimi yoki muhabbatsiz o'tgan oilaviy turmush jaroyonida Allahni bergan omonatlari farzandlar dunyoga kelgan ekan.Bu omonatlar mehr muhabat va e'tiborga hammadan ko'ra muhtojroq va haqliroq qachonki ota onalar uchun ohirat saodati muhim,farzandalri oldidagi burchlarini o'tashlik shart deb bilinadigan bo'lsa.Men orada farzandlari bor bo'la turib "muhabbat istaguvchilarni" hazm qila olmayman.Inson otalik yoki onalik bahtiga Allahni inoyati bilan saylanibdimi bu tuhfani ochiq yuzlik bilan bajarishga intilishi kerak deb o'ylayman.10 Yillar atrofidagi oilaviy hayotimdan hulosa qilsam oilada ko'ngil to'lar holatlar va ko'ngil qolar holatlar ham bo'ladi.Oila bekorga jamiyatni kichik ko'zgusi deyilmagan.Jamiyatda har doim har ish bir tekis ketavermaganidek oilada ham shunday hollligi aniq.Hiyonat kattami kichikmi u o'z nomi bilan HIYONAT.Juftning juftga hiyonati har qanday holatda ham oqlanmas holat.Endi juftim hiyonat qildi degan bahona bilan otalik yoki onalikka e'tiborsiz qaror bilan oiladan voz kechishlikni ota-onalikka HIYONAT deb bilaman.Mening tushunchamda inson farzandlari uchun ko'ngil istaklaridan kechsagina bu kunda farzand tarbiyasida biror natijaga erisha oladi. Qiyomat yaqinlashgani sayin farzand tarbiyasi kuchuk tarbiyasidan mashaqqatliroq degan gapni qachonlardir o'qigan edim .Allahdan qorqadigan ishtiyoqli farzandga sabab bo'lgan insonni, nafsiy istagi deb oilani barbod qilishlik eng yumshoq tarzda aytilganda insonlarni eng aqlsiz qarorlari va ishlari.
Bunisi esa Munira xonimni javoblari:Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.Tilaklaringiz uchun rahmat. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bizni 14yillik hayotimiz davomida bunday ish bo'lmagan, bo'lmasligiga ham umid qilamiz, InshaAlloh.
Endi tasavvur qilsak... (Alloh saqlasin)
Agar bunday holat yuzaga kelsa, meni oilamda, avvalo o'z aybimni axtarib topib uni yo'qotishga harakat qilgan bo'lardim. Topolmasam turmush o'rtog'im bilan yaxshilab dildan, xotirjam gaplashib olgan bo'lardim.
Chunki men bolalarim va ularni tarbiyasi uchun mas'ulman. Men ming harakat qilsam ham, bolalarimga otani o'rnini bosib berolmayman. Shuning uchun, o'z qalbimga berilgan ozor uchun bolalarimni qalblariga bir umrlik armon urug'larini qadamagan bo'lardim. Alloh uchun go'zal sabr qilib, bolalarimni tarbiyalash va o'zimni isloh qilish uchun harakat qilgan bo'lardim.
Alloh taolo avvalo har birimizga o'z aybini ko'ra oladigan qalb va ularni bartaraf etadigan aql ato qilsin.
Har birimizni qalbimizni kibrdan va amallarimiz riyodan saqlasin. Amiyn.
Ho’sh Saltanat opa, savolga javob bergan diniy bilimlari mendan juda ko’p marotaba ustun bo’lgan opalarimiz "œhiyonat"ga yaxshi narsa, deb javob berishganmi? Alloh rizosi uchun ayting!!! Faqat meni javoblarimga yopishib olibsiz?
Har bir insonning shaxsiy miyya lug’atida so’z boyligi va so’z boyligidagi bu so’zlarning izohlari bo’ladi.
Meni lug’atimda "œhiyonat" ning izohi quyidagicha: "œAhdini buzish, birovning ishonchini eki ishonib topishirgan narsasini suiste’mol qilish". Xoinlik, sotqinlik.
Xiyonat faqat erni yoki xotinni aldashi emas, balki Vatanga, o’z Xalqiga vhklarga nisbatan ham qilinishi mumkin.
Men "œhiyonat"ni og’ir gunoh der ekanman, o’zim shohid bo’lgan 2 voqea ko’z oldimga kelgan holda yozgan edim o’sha javobni.
1. Er-xotin ikkalasi ham dindor, 2 marta Hajga borishgan, 3 farzandlari bor. Moddiy imkonlari ham juda yaxshi. Ayol so’nggi paytlarda erining kecha yotog’dan turib ketganini his qila boshlaydi. Boshlarda balki hojatga yoki suv ichgani turgandirlar, deb yaxshi niyat bilan o’ylaydi ayol o’z eri haqida.Yana bir kuni kechasi ayol erini yotog’da yo’q ekanligini sezadi. Kutadi, yarim soat, 1 soat o’tadi hamki eri yo’q. Ayol o’rnidan turib hojatxona va oshxonaga ko’z tashlaydi, chiroqlari o’chiq. Birdan o’g’lining yotog’idan hira nurni sezib qoladi. Eshik zich qilib yopilmagani uchun ichkarida kompyuter qarshisida kechaning 03.00 da suhbat qilayotgan erini va qarshisida kamerada yana hijobli ayolni ko’radi. Ayol qotib qoladi. Eriga hech narsa demay, yotog’iga borib yum-yum yig’laydi. Ertasi kuni va undan keyingni kunlar yana voqea takrorlanadi. Ayol bu voqeani İloyihot Fanlari Dotsent Doktori Mustafo Qoratosh domlaning jonli dastur yani pryamoy efir ko’rsatuvida telefonda aytib dolmadan"men nima qilay, niam qilsam oilamni qutqara olaman, 3 farzandim bor, ham biz taniqli oilamiz",deb maslahat so’ragan edi"¦.
2. Yana bir oilani yoniga erkakning o’z ukasi ishlagani keladi. Uy topguncha akasini uyida turadi. Oradan vaqt o’tadi. Erkak keyingi paytlarda ayolini ukasi bilan qandaydir yaxshi muomala qilayotganlarini sezadi. Yuragi notinch bo’lib, shubha uyg’onadi. Bir kuni uyga kamera joylashtiradi. Kechga kelib qarasinki ayoli va o’z ukasi tilga olib bo’lmas harakatlar qilayotgan edilar. Erkak plan qiladi. "œMen qishloqqa ketyabman", deb uydagilar bilan xayrlashadi va o’rtog’idan pistoletini oladi. Yarim kechasi uyga o’zidagi kalit bilan ehsikni ochib kiradi, o’z yotog’ida esa ikkalasi"¦Pistolet bilan avval ukasini keyin ayolini o’ldiradi. İkkalasi darhol o’ladi. O’ziga ham qurol siqadi, lekin o’lmay qoladi. O’tgan yili, Oqshom xabarlarida berigan xabarni eshitganimda qonim qotib qolgandi"¦.
Men uchun "œhiyonat" yuqorida aytib o’tgan voqealarimdagi holatlardir. Sizni lug’atingizda qanday izoh bor, bilmadim opa.