Forumdagi Andijonliklarni ko'rib ohirgi marta Anjonga borganim esimga tushib ketdi. Akam bilan birga Toshkent-Qo'yliqdan "Neksia" mashinasiga o'tirdik.
"Sen atrofni ko'rib ket, Vatanni sog'ingansan, oldinga o'tir", dedilar akam. Yo'lda shofyor bilan uyoq bu yoqdan gaplashar ekanlar, shofyor: "Singlim, yaqinda Qozog'istonda o'lgan bir akaxonni siz o'tirgan joyda olib ketgandik", deb qolsa bo'ladimi???
Uyga yetib borguncha yomon qo'rqdim, har xil xayollarga boraman-ey, o'tirgan joyimda bir jasadni o'tirganini xayolimga keltirishni o'zi ham meni yetarlicha xuzursiz qildi....Bechora o'lgan odam morgda muzlatilgani uchun mashinada eribdi, o'rindiqni materiallarini almashtirdim, deydimi-yey
Uyga borgach ayamga aytib berdim: Ayamlar: "Voy sovuq odam", deb meni tinchlantirib, rosa duo o'qiganlar.
"Sovuq" odamni gapi hammani "muzlatadi", degani shu bo'lsa kerak-da...