Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!

<< < (2/31) > >>

AbdulAziz:
Mubashshir:

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wabarakatuh.Quyidagi she'rni she'riyat bulimiga yozmoqchiydim,lekin shu joyni afzal kurdim.Agar tartibni buzgan bulsam uzr.
--------------------------------------------------------------------------------

Ko'ngil qushim qo'nmoq istar,
Qo'llariga Muhammadning.
Turli gullar oshiq bo'lmish,
Bollariga Muhammadning.

Ko'ngil hayron,jigar giryon,
Jamoliga Muhammadning.
Qurbon bo'lsin minglarcha jon,
Visoliga Muhammadning.

Boshim ochiq,yalang oyoq,
Borar bo'lsam yig'lab-yig'lab,
Gullar ungan tuproq bo'lsam,
Yo'llariga Muhammadning.

AbdulAziz:
Muslimasubh:

Parvardigori olam Muhammad s.a.v.ning nurlarini necha zamonlar koinot ichra yashirib va uning zarralaridan yeru osmonlarni yaratib, qanchadan qancha ashyolarni va farshtalarni xalq etib, oxiri ularning timsolarini oshkor qilmoqlikka qaror qildi va Jabroil aminga shunday deb buyurdi:
-Zamin yuzasiga ingin va eng pokiza joyidan bir siqim tuproq olib kel! Olib kelgan tuprog'ingni Salsabil suvi bilan pokla va jannatga qo'y!
Farishta maloikalar bilan yer yuziga tushdi va Alloh rizoligi yo'lida pok tupqorni axtardi. Yer yuzasini keza-keza oxiri Makka shahriga yetib keldilar va pokiza tuproqni ana shu yerdan oldilar-da, yewtti qavat osmonga ko'tarilib, Alloh farmoni bilan Salsabil suvida pokladilar, Kavsar suvi bilan tozaladilar va jannatga keltirib qo'ydilar.
Xaloqu olam O'zining qudrat qo'li bilan ana o'sha tuproqdan bir surat yasadi va unga jon ato qildi; Alloh taolo un odam deb nomladi, Odamda Muhammad s.a.v.ning muborak nurlarini jilva qildirdi. Buning jufti bo'lishi kerak deya unng chap qovurg'asidan Momo Havvoni yaratdi, ulardan keyin ko'p otalarni va onalarni bino qildi.
Bu muborak nur Odam safiullohdan tortib, Muhammad s.a.v.ning ota-onalarni peshonalarigacha aks etdi. Nurning muhofazasiga mas'ul bo'lgan farishtalar nur sohibini ehtirom qilishib, tahiyot aytar edilar. Bu nur avval Odam a.s.da , so'ngra ummul-bashar Momo Havvoda, so'ng ularning farzandlari Shis a.s.da aks etdi. Kimning peshonasida shu nur yaraqlasa, farishtalar o'sha bandaga ta'zimda bo'ldilar. Momo Havvo Shis a.s.ga homiladorligida nur uning peshonasida aks etdi. Farishtalar Momo Havvoga ta'zim va ehtiromda bo'ldilar. Buni ko'rgan Odam a.s. hafa bo'ldilar, u kishining dilgirliklarini ko'rgan Jabroil a.s. buning sababini anglatdilar:"Shuni bilingki, nur o'z sohibiga yetib borguncha, barcha avlodlaringizga o'tib boraveradi, sizda hamisha qolishi mumkin emas"
Assalotu vassalomu alayka, yo Rasululloh,
Assalotu vassalomu alayka,yo habibulloh
Assalotu vassalomu alayka,yu hayr hayqulloh

AbdulAziz:
Mubashshir:

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Butun olamlar Parvardigori,cheksiz qudrat egasi,mehribon va rahmli, berganini minnat qilmaydigan, hech qachon bizni tashlab ketmaydigan Alloh subhanahu va taologa hamdu sano. Rasullarning ohiri va halqlarning eng afzali Rahmatan lil alamiyn Muhammad s.a.v.ga va ularni ashobi kirom,ahli oilalariga salavotu salomlar.
Yo,Rasululloh men sizni yahshi ko'rdim,sizni ota-onamdan-da,o'zdan- da sevdim.Sizni sevishga loyiq bo'lmasam ham sizni sevdim Yo,Rasululloh.Sizga qalbimdagi dil izhorlarimni aytishni iloji bo'lganda edi...Afsus buni iloji yo'q.Sizni go'zalligingizni,hush fe'lu-hush zabonligingizni tasavvur qilmoqchi bo'laman-u,lekin mendek gunohkor banda-yu ummatingiz bunga qodir emas.Sizni muborak ismingizni eshitsam tanamga titroq turadi.Sizga loyiq ummat bo'la olarmikinman,Ulug' kunda Sizni shafoatingiz nasib qilarmikin... deb o'ylayman.Men sizni faqatgina bir marta ko'rishni emas,qiyomat kunida muborak qo'lingizdan Kavsar suvini ichishni,Jannatlarda siz ila to'yib-to'yib suhbat qurishni,Sizni hizmatingizni qilishni Muborak poyingizga poyondoz bo'lishni Allohimdan so'rayman.Garchi men bunga loyiq bo'lmasamda lekin Allohdan umidlarim shu va shunga jonim boricha harakat qilaman.Men sizni sevaman yo,Rasululloh.Jonim sizga qurbon bo'lsin yo,Habiballoh.

--------------------------------------------------------------------------------

Allohumma solli va sallim va barik alayk...

AbdulAziz:
Oisha onamiz rivoyat qiladilar: (mazmuni)
"Rasululloh SAV bilan bizning hujramiz juda kichik edi. Kechasi men uxlardim. Rasululloh namoz o'qirdilar. Sajdaga borganlarida ko'p yig'lardilar. Hatto ko'z yoshlari oyog'imga to'kilardi."
rasulullohning uylarida nima bor edi. 1 kunga yetarlik arpa, yana ba'zida hurmo. Shunga shukr qilardilar.

Bizchi? Oh, bizlar. Koshonayu qasrlar, noz-ne'matlar orasida yashaymizu, yana sabrsizlik qilamiz, noshukrlik qilamiz. Rasulullohni unutamiz. Allohni esdan chiqaramiz...

AbdulAziz:
Soliha:

Butun olamlar podshoxi bo`lmish Alloh s. t hamdu sanolar , uning rasuli Muhammad sav ga salomlar bo`lsin , amin .Allohimga behad shukurlar bo`lsinkim , bizlarni mussulmon holimizda dunyoga keltirdi , musulmon holimizda ulg`aydik va yashayapmiz, alhamdillah ,hozirgi zamon ummat b-n payg`ambarimiz davirlaridagi ummat b-n farqimizzi o`ylasam yuragim orqaga tortib ketadi , l-n qaysidir kitobda ohirzamon ummatlarim tutgan roza , ibodatlari b-n emas balki ko`ngillarini kengligi , tozzaligi b-n jannatga erishadilar deganlarini o`qigan edim , Alloh bilgichiroqdir.
Yo Rasuli Muhammad sav man sizni otamdan , onamdan , dunyodagi eng shirin narsa - jonimdan ham ortig' ko'rdim
rasulalloh , mani sizga bo'lgan sog'inchim ortsa ortyaptiki hech kamaymayapti.
Yo Mehribon , hamma narsaga qodir Egam , ozing shu ojiz bandangni niyatlarini amalga oshirgin , Yo Allohim O'zing mani ohirat kunida Rasulalloh sav bn uchrashishni , ula mani tanib yonlariga chaqirishlarini , mani va er yuzidagi barcha ummatlarini o`z shafotlariga loyiq insonladan qilishingni so'riman , amin Alohu akbar

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version