CLXXXVI
Tamsil
Bir kecha chin'oshiq shoh Mahmud o'rnjdan turib, Ayoz(xos mahrami va quli, so'ng nadimi - Abu Najm (1057-y.v.e.)ning nima bilan mashg'ul ekanligini bilmoqchi bo'ldi, Garchi bu fursatda Ayoz uyg'oq bo'lsa-da, ko'zlarini yumub, hiyla bilan o'zini uxlaganga solib, taxt poyiga yostiq qo'yib yotar edi. Shoh Mahmud uning boshiga yetib keldi. U bir dam uning husniga nazar tashlab, o'zidagi shavq o'tiga chora topmoqchi bo'ldi. U behad zavq-shavq bilan unga boqdi, ishq uni boshqacha tusga kiritdi. Shoh mahvashiiing oyoqlariga o'zini tashlab, shavqqa to'lgan holda ko'zlarini Ayozning tovoniga surta boshladi. Ayoz esa uzrxohlik bilan oyog'ini tortib olmas edi.
Shoh nozanin uyg'oq ekanligini bildi. Unga shunday dedi:
— Ey Ayoz, sendan jonimda dog' hosil bo'lmoqda! Mendagi senga bo'lgan shunday muhtojlikni ko'rib, nega bunchalik beandoza noz qilding? Nega oyog'ingni yig'ib, o'rningdan turib o'tirmading? Bizga mehr izhor aylab, biron so'z demading?
Shunda gulyuzli Ayoz dedi:
- Ey sohibnazar shoh! Menda u dam "œmenlik"dan asar bormidi? Menda u dam "menlik" batamom yo qolgan bo'lib, biron kishiga uzr aytish uchun majol ham qolmagan edi. U dam Ayoz yo'q edi, faqat shoh bor edi, ham unga oshiq, ham unga suyukli edi.(
Vahdat kimga bunday g'avg'o solsa, unda sultondan Ayozning farqi bo'lmaydi. U birlik olamidan xabar topadi. "Menlik" va "senlik"dan unda asar ham qolmaydi.