SARDOR
"œYozef Blumrix qaytib kelibdi", — dedi Antonning onasi.
"œKim?" — so‘radi Anton.
"œBir yozuvchi. U qarshimizdagi uyda turadi".
"œHmm", — deb qo‘ydi Anton. Yozuvchilar uni uncha qiziqtirmasdi.
"œU Amerikada yashagan, - gapini davom ettirdi Antonning onasi. — Hopi hindulari yurtida. Ular uni o‘z qabilalariga qabul qilishgan. Faxrli sardor sifatida bo‘lsa kerak. Hozir u ular haqida kitob yozayotgan ekan".
Anton diqqat bilan eshitdi. Hindular sardori bilan tanishishni u ko‘pdan buyon orzu qilardi.
Janob Blumrix qanday kishi ekanligini bilish, Antonni qiziqtirib qo‘ydi. U ro‘paradagi uyni kuzata boshladi. U yerda bir keksa, semizroq ayol yashardi. Tabiiyki, u Yozef Blumrix emas edi. Uch farzandli yosh er-xotin. Ularni ham gumon qilib bo‘lmasdi. Yolg‘iz yashaydigan, oddiy kiyinadigan va uyidan kam chiqadigan mo‘ysafid. "œFaxrli hindu bo‘lishga hecham yaramaydi", - o‘yladi Anton. Baland bo‘yli, qorachadan kelgan uzun oq sochli erkak Antonning e’tiborini boshqalardan ko‘proq o‘ziga tortdi. Uning kiyinishi ham boshqacha bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida, hatto havo juda issiq bo‘lgan paytlarda ham, bo‘yniga rang-barang tusli uzun sharf o‘rab yurardi.
"œShu bo‘lsa kerak, - xulosa qildi Anton. — Hoziroq borib u bilan tanishaman".