Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan boshlayman !
Olloh yaxshi bandalarini yaxshi ko'radi.
Yot nazardan qochib parda tutib yuzga
Ibrat bo'lib bexayo-yu qaro yuzga
Endi xatto tosh otsalar tegmas sizga
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'ralgan oy yuzingizni Olloh suysin.
Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy
Misli bulut orasida kulganday oy
Or -hayoga burkanibti oyday chiroy
Ochiq- sochiq yurganlar ham o'zin tiysin
O'ralgan oy yuzingizni Olloh suysin!