Hali oila qurib ulgurmagan birodarlarimga holis maslahat.
(Aql o'rgatish bo'lib qolgan bo'lsa UZR)
Ozim hayotda ko'p tasdiqini ko'rgan bir oyat haqida yozmoqchiman.
Balki buning kimgadir foydasi tegar?
Nur-26.
Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir.
Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir.Nopok qalblar o'zlariga o'xshagan nopoklar bilan topishishi,o'z navbatida pok qalblar o'zidek pokiza qalblar bilan topishib birlashishidir. Asli nopok insondan doimo nopoklik sodir bo'ladi. U o'ziga o'xshagan nopoklarni yoqtiradi, ular bilan topishadi, doim birga bo'ldi. Lekin pok kishilarga qo'shila olmaydi. shuningdek pok odam ham doim poklik bilan yashaydi.Pok kishilarni qidiradi, topadi, doim birga bo'ladi. Oila qurishda ha shu . Pok ayolga pok er,nopok ayolga nopok. Agar nopok bilan pok birlashib qolsa, bu hamdamlik uzoqqa bormaydi. Chunki pok bilan nopokning birga bo'lishi amri-mahol.
(Tafsiri HILOL)Agar qiz bola kelgan sovchilarni qaytaraversa, yoki yigit kishiga tafsiya qilingan qizlar yoqavermasa "Senga o'zi qanaqa odam kerak?"-deyishadi.
Bunga har kim har xil javob beradi.
Ba'zilar, 5 vaqt nomoz o'qisa, ichmasa, chekmasa,rostgo'y,mard,...,o'qigan bo'lsa,ko'rkam bo'lsa,...
Ba'zilar,iymoni mustahkam,ixlosli, islomiy to'y qila oladigan,islomiy oila qura oladigan.....
Ba'zilar , Iymonli, ilmli , ixlosli, Qori(Qoriya),xulqi go'zal, Doimiy ilm olishga xaris,taqvoli....
Alloh haq taolo tengni tengiga qo'shsa demak bu shartalarni aytayotgan kishi o'zida ham bu hislatlarni topishi kerak, yo'qsa buni ming marta aytgan bilan, qidirgan, niyat qilgan bilan naf yo'q.
Hayotda e'tibor berganim, deyarli barcha olilalar bir-biriga mos,ua'ni yaxshi va yomon hislatlari teng.
Pokiza hayotni Alloh a.j Faqat taqvodorlarga berishga va'da qilgan ekan.
Aytmoqchi bo'lganim Kishi hayolidagi, niyyatidagi pokiza hayotga erishishi uchun , Robbisining roziligiga erishish uchun O'zini isloh qilish kerak.
Ba'zida keyinchalik,bo'b ketar, ya'ni nomoz o'qib , iymonli bo'b ketar,(qiz bola bo'lsa ro'mol o'rab ketar) degan niyat bilan ham turmush qurisharkan,Ozing tarbiyalab olasan.Ham bir kishining hidoyatiga sabab bo'lasan deb.
Iymonni er ayoliga, yoki ayol eriga bera oladimi, iymonni Yolg'iz Alloh beradiku?!
Balki, o'ylaganidek Hidoyatga kirib ketar, kirmasachi bitta umr kuydimi?
Agar dunyoni ko'p gapiradigan odam bilan 5 daqiqa gaplashsangiz, xulqingizga dunyodan qancha narsalar yuqadi, bunaqa odam bilan bir umr yashasangizchi?
Qancha narsa yuqadi?Siz uni hidoyatga tortaman. deb, aksincha u sizni zulmatga tortib ketsachi? Nurli odamlardan Nur yuqadi, Zulmatdagilardan Zulmat.
Yana qiziq bir tarafi, Ba'zi musulmon yigitlar yillab muslima qiz qidirishar ekan, topisha olmas ekan, boshqa yerda esa Muslima qizlar qanchalab dunyoviy yigitlardan kelgan sovchilarni qaytarib, islomiysini kutishadi, yillar davomida . Bu Alloh taoloning hikmati bo'lsa kerak, sinab-sinab
niyyati holis bo'lsagina, pokiza hayotga munosib bo'lsagina bu hayotni bersa kerak.Vallohu a'lam.