Umumiy bo'lim > Ro'za

"Muborak Oy tuhfasi" dasturi

<< < (3/23) > >>

Mohinur:
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Rahmat sizga AbdulAziz!
Judayam kerakli ma'lumotlarni yuborayapsiz.
Tangri taolo huzurida bu ishingiz maqbul bo'lsin!

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning to'rtinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun OyatiYana shundaylari ham borki, ular: "Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin", - deydilar.
(Baqara surasi, 201-oyat)
 
Muborak kun HadisiUchta duo rad qilinmas: ro'zadorning og'zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar.
Ro'za - sabrning yarmidir (Termiziy rivoyati), Sabr - iymonning yarmi (Abu Na'im va Bag'dodiy rivoyati).
 
Muborak kun HikmatiSukut - insonning eng harir libosidir. Umar ibn Xattob
 
Muborak kun HikoyatiSalaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo'ydi. Shunda pul solingan hamyoni mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko'mib ortiga qaytdi. Keyin onasining oldiga yig'lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib bering», dedi. «Nima edi?» deb so'ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko'rdim», deya javob berdi. Shunda onasi yig'ladi va: «Ey o'g'lim, singling namozga beparvo edi va uni vaqtidan kechiktirib o'qirdi», dedi.

Muslimа:
Assalomu alaykum Abdulaziz!
Ramazon oyi sizga muborak bo'lsin!
"Muborak oy tuhfasi"dasturini tayorlashda va boshqalarni bu dasturdan bahramand qilayotganingiz uchun sizga tashakkur. Bu ishda sizga va sizga yordam berayotganlarga Allohning barokatini tilayman.
Alloh taolo barchangizdan rozi bo'lsin!

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning beshinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun OyatiJolut va uning lashkarlari bilan to'qnashganlarida: "Ey, Rabbimiz! Bizga sabr (-toqat)ni yog'dir, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga g'alaba ato et!" dedilar.
(Baqara surasi, 250-oyat)
 
Muborak kun HadisiHar bir ro'zador bandaning iftori oldidan ijobat qilinadigan duosi bordir. (U) yo shu dunyoda beriladi yoki oxiratga saqlab qo'yiladi.
 
Muborak kun HikmatiAlloh kitobini o'rganib, bu dunyoda quturmay yashab o'tganlar naqadar baxtiyor kimsalardir. Iso ibn Maryam

Muborak kun HikoyatiHazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tib ketayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushishdi. Shu bois yo'lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o'z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib: -Nima uchun sen qochmading?-deb so'radilar. Bola Hazrati Umarga (r.a.): -Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob qildi. Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bo'gladilar. Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo'lib yetishdi.

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning oltinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati
بسم الله الرحمن الرحيم
اللّهُ لاَ إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ لاَ تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلاَ نَوْمٌ لَّهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ مَن ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلاَّ بِإِذْنِهِ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلاَ يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِّنْ عِلْمِهِ إِلاَّ بِمَا شَاء وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ وَلاَ يَؤُودُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ
Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo'lgan) va keyingi (bo'ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istaganicha o'zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kenglik qilur. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.
(Baqara surasi, 255-oyat, Oyatal kursiy)
 
Muborak kun Hadisi
Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida banda uchun shafoat so‘raydi. Ro‘za: «Rabbim, men uni taom va mayllardan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Qur’on: «Men uni tunlari uyqudan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Shundan so‘ng ularning shafoatlari qabul qlinadi.
   
Muborak kun Hikmati
Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqmog‘i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi. Masruq
   
Muborak kun Hikoyati
Rivoyat qiladilarkim, payg‘ambarimiz hazrat Muhammad alayhissalomga Allohning rasuli vazifasi berilgan choqda Iblis alayhila’naning yordamchilari hovliqib kelib: — Bir payg‘ambar jo‘natilibdi va bir ummat paydo bo‘libdi, — deb xavotir bilan xabar berishibdi. Shunda Iblis so‘rabdi: — O’sha ummat nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevarmikin? Yordamchilar «ha, sevarkan», deb javob berishganda, Iblis hotirjamlik va mamnunlik bilan debdiki: — Nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevsalar — masala yo‘q, biz uchun tashvishli yeri ham yo‘q. Butga topinishlari mutlaqo shart emas. Men ularni uch vosita bilan yo‘ldan ozdiraman: Birinchisi — haqsiz va g‘ayriqonuniy foyda topdirish orqali, ikkinchisi — topgan-tutganlarini loyiq bo‘lmagan narsalarga harj qildirish orqali va uchinchisi — loyiq bo‘lgan narsalarga sarflashdan yuz o‘girish orqali. Bilingkim, butun yomonliklarning manbai shulardir.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version