Bir jiyanim bor, 13 yoshda, rus bog'chada, so'ngra mana xozir ham rus maktabda tarbiya oladi. Oila ham shunga moyilroq. Bir kuni mehmonga kelishdi. Hovlida edim, kelishgandan ken, ular bilan salomlashmay uyga yugurdimda, ro'molni o'rab chiqdim. Chiqsam qovog'lari soliq, ho'mrayib olibdi.
-Ha, tinchlimi, bira to'la qovog'larizi osiltirib kepsiz-, dsam.
-Mani kelganimi ko'rib, so'rashishni o'rniga uyga yugurdiz a?
-Ro'molni o'rab chiqdim, ko'rmadingmi?
-Ukezzi oldida ro'molsiz yurasku?!
-Ukam manga mahram, san esa nomahramsan-, shu gapni gapirganimni bilaman, darrov ketamanga tushdi. Ayam ruhsat berganlaridan so'ng ketti, yarim soatlar o'tar o'tmas telefon jiringlab, holam telefon qildilar.
Qizig'ini qarangki, jiyanim "nomahram" degan tushunchani bilmas ekan.
Uyga borib, opam mani haqorat qildilar debdi, holam shuni bilishga qo'ng'iroq qilibdilar, tushuntirsam qotib-qotib kuldilar.
Shu-shu o'sha jiyanim mani "nomahram opa" deb chaqiradi.
Haqiqatdan bolalar ajoyib dunyoda!