2. Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
3. Gruziya Respublikasi tarkibidagi bu Respublikaning nomi o‘zbek tiliga tarjima qilinsa, bu so‘z «qalb o‘lkasi» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi so’z?
4. Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?
5. Aleksandr Makedonskiyning onasining ismi?
6. Pashshada — 19 ta, olmaxonda — 22 ta, quyonda — 28 ta, bo`rida — 42 ta, kitda — 60 ta, chig`anoqlarda — 14000 ga yaqin tish bo`ladi. Chumolida-chi.
7. Tunda? Ya`ni kech soat 22:00 dan to ertalan 4:00 ga qadar avtomobil qatnovi ta`qiqlangan dunyodagi yagona davlat — bu ....
8. Dunyodagi tillarning aksariyatida bu so`zi "œM" harfi bilan boshlanadi. Bu qaysi so'z bo'lishi mumkin?
9. Xitoyda u tiriklik ramzidir. Agar oilada farzand tug‘ilsa, xitoyliklar uni qizil rangga bo‘yaydilar. Bu rang ularda baxt ramzi hisoblanadi. Qizil rangli u esa bola kelajakda baxtli bo‘lishiga ishoradir. U nima?
10. XVI—XVII asrlarga kelib u ko‘p mamlakatlarga tarqaldi. Bu vaqtga kelib aniq fanlar — matematika, fizika, mexanikaning tez rivojlanishi tufayli uni ishlab chiqarish ham taraqqiy etdi. U nima?