Umar İbn Abdulaziz salom. Avvalombor savollarga javob berganingiz uchun katta rahmat. Yuqorida yozganlarim meni shahsiy fikrim. Siz tanlagan ismingizdan ham sezilib turganiday Arab va Arabchani mudhish tarzda bilaman, deb yozishga harakat qilibsiz. Avvalombor, Musulmon, qarshisidagi insonga javob berar ekan, o'zining izzat-nafsini o'ylab emas, (aha bopladimmi deganday kulgan suratlar qo'yibsiz) rostdan ham Musulmonman, deydigan bo'lsa dinini tamsil etayotgan bir kishi sifatida shirin til bilan tushuntirishi kerak. Balki men Musulmon bo'lmasligim va bu dinni tanslah uchun bu din haqida turli hil izlanishlar olib borayotgan biri ham bo'lisim ham mumkin, to'g'rimi? Bu yerga faqat dini mustahkam birilari kiradi, degan qonun ham yo'q. İsimlarga kelsak, Bo'rivoy, Boltavoyni nimasi yomon. Har bir inson nima bo'lsa ham O'zligidan tonmasligi, unga qarshi har doim hurmat-e'tibor bilan qarashi kerak(Bo'riboy bo'lsa ham) Biz O'zbeklar har doim boshqa millatlarga hurmat-izzat bilan muomala qilganmiz va bundan keyin ham shunday davom etadi. Sizni osmon-falaklarga ko'targan Arab millatingiz İmom Buhoriy yoki İmom At-Termizini tanishmaydi ham, ham ularni u ulug'z zotlarning O'zbek bo'lganligi zarra qadar qiziqtirmaydi. Shunday ekan, meni oldin ham yozganimday, biz avval O'zimizga hurmat nazari bilan qaraylik. Siz meni chin yurakdan yozganlarimni kamsitsangiz men sizga hunuk gaplar yozsam, ohiri nima bo'ladi...Albatta, bizni rahbarimiz Payg'ambarimiz, lekin inson oldin o'zini, oilasini, yaqinidagi qarindoshini qisqasi birinchi bo'lib unga yaqin bo'lgan insonlarga hurmat ko'rsatishi kerak. To'ylar mavzusiga keladigan bo'lsak, birdaniga diniy tarzdagi to'ylarga xalqimizning ko'nikishiga to'g'risi men ishonmayman. Vatanda bo'lmaganim uchun ham hech unday to'ylarga borish nasib qilmadi. Abdulloh avval so'ragan ekanlar, qaysi biriga borar edingiz, deb. Men har ikkalasiga ham borardim (endi qachon nasib bo'ladi, Xudo biladi) . Chunki har ikki to'y ham xalqimizga oid. Qarindosh urug'larim unchalik dindor insonlar emas, ularga sizni to'ylaringiz menga mos kelmaydi, deb bormasam, qarindoshchilik iplari ham uzilib ketadi, qolaversa, Musulmonchilik asta-sekinchilik bilan bo'ladi. Din ekan, deb bazi Vahobiy yana otlarini bilmagan bazi guruhlarga kirib ketgan yoshlar kammi? Haqiqatan ham demokratiya bo'lsa bu yerda nimalar yozishingiz mumkin ekanligini hammangiz yaxshi bilasiz!
Hullas, abdulazizni o'g'li umarjon yoki teskarisi, bu yerda Toshkent shevasi bilan, unaqade bunaqade deb yozish bilan insonni ko'ngli olinmaydi, qaytamiga ko'ngli sovutiladi. Qolaversa Payg'ambarimiz Veda Hutbasida Arab boshqa millattan ustun emas, boshqa millatlar ham shunday, deganlar. Shunday ekan, ismingizni ham sof Bo'rivoy, Teshavoy, desangiz ham sizni o'qiyverman, yetarki ko'ngil og'ritmaylik. Hurmat bilan, (ha bu orada a.alaykum, deb gapni tugatishni ham bir kun Olloh ko'nglimga solganida yozarman nasib bo'lsa, balki ichimdan aytayotgandurman, siz qayerdan bilasiz to'g'rimi:)
Qalbida zarra qadar kibir bo'lgan kishi, jannatni hidini ham ololmas, ekan.