Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268628 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 209 210 211 212 213 214 215 216 217 218 219 ... 270 B


Habib  29 Iyun 2010, 15:11:41

2. Tashqarida jazirama issiq. Transport muammosi tufayli mana shu issiqda mo'l yo'l yurib, xorib keldingiz. Juda chanqagansiz. Shunda nimani ixtiyor qilardingiz? (faqat bittasini tanlang)
  a) suvga oqizib qo'yilgan tarvuz.
  b) olma va rayhon aralashtirilgan muzdek ayron.
  c) ichiga muz kubik tashlangan Coca-Cola yoki boshqa gazli ichimlik.
  d) muzqaymoq
  e) muzdakkina vodoprovod suvi
  f) qaynoq ko'k choy
  g) meva kompotlari
  h) xolodilnikka qo'yilgan ma'danli gazli suv
  i) o'z variantingiz
Men suvga oqizib qo'yilgan tarvuzni istardim. Ham suv, ham tabiiy shirinlik, ham muzdekkina.

Qayd etilgan


Ansora  29 Iyun 2010, 15:34:36

Kapalak opa, Chehmik, Belleqizcha, Registan, HMF, Ruziboyev, Nurillobek, Nodirbek, braupov, javik, Ziyovuddin, shokir va suvga chanqoq barchaga:

Yoz fasli o'zining ziynati bilan, anvoyi ne'matlari bilan birga, suvga bo'lgan ehtiyojimizni-da oshiradi. Shunga ko'ra,

1. a) Siz odatda chanqog'ingizni qoldirish uchun qaysi ichimlikni xush ko'rasiz?
    b) Nima uchun?
    c) Uning foydali jihatlari qanday?
    d) O'z tajribangizga ko'ra, chanqovbosdiga nima ichishni tavsiya etardingiz?

2. Tashqarida jazirama issiq. Transport muammosi tufayli mana shu issiqda mo'l yo'l yurib, xorib keldingiz. Juda chanqagansiz. Shunda nimani ixtiyor qilardingiz? (faqat bittasini tanlang)
  a) suvga oqizib qo'yilgan tarvuz.
  b) olma va rayhon aralashtirilgan muzdek ayron.
  c) ichiga muz kubik tashlangan Coca-Cola yoki boshqa gazli ichimlik.
  d) muzqaymoq
  e) muzdakkina vodoprovod suvi
  f) qaynoq ko'k choy
  g) meva kompotlari
  h) xolodilnikka qo'yilgan ma'danli gazli suv
  i) o'z variantingiz

Savol uchun rahmat.

Men odatda suv ichaman. Chunki inson vujudinining 70% suvdan iboratdir.
İnsan tanasi suvsiz qolganida yoki suv miqdori kamayganida avvalo turli xil kasalliklar (bosh og'rig'i vhk) kelib chiqadi va suvsizlik juda kuchayganida Xudo saqlasin o'limgacha olib boradi.

Bundan tashqari meva-chevalardan tayyorlangan tabiiy sharbatlarni ham juda yaxshi ko'raman.

2 chi savolingizga esa Suvga oqizib qo'yilgan tarvuz, deyman. Tarvuzni ham asosi suvdan iborat. Qolaversa glyukozaga boy sabzavotdir.

Keyin yoz oylarida barchaga ko'p bodiring yeyishni tavsiya etaman. Chunki bodiringni 99% suvdan iborat, hech qanday zarari yo'q, ortiqcha kilolaringizni "tashashingizga" yordamchi bo'ladi...

Qayd etilgan


HMF  30 Iyun 2010, 11:06:55

Manga limon sharbati yoqadi qancha bo'lsayam ichimana, lekin nimaga foydasililigini diyarli bilmiman :(

Ammo chanqoq bostida eng yahshisi sovuq choy bo'lsa kere ....

Qayd etilgan


Hadija  02 Iyul 2010, 12:32:40

AbdulAziz, mahdiyah, Muslima, siddiqa, Hadija, Ziyovuddin va boshqa javob berishni hohlagan forumdoshlar uchun savol:

-Ilk bor sajdaga bosh qo'yganingizni eslay olasizmi va o'shanda nimalarni his qilgansiz(agar siz bo'lmasa) .


Alloh rozi bo'lsin juda chiroyli savol bo'pti :)

U manimcha hechqachon unutilmas tarifsiz tuyg'u...

Qayd etilgan


Hadija  02 Iyul 2010, 12:49:16

:as: AddulAziz aka, Abu Muso aka. Chustiy aka.  Kapalak opa, Muzayyana opa. Robiya opa. Hadija opa, Siddiqa opa,
Onanggizdan yoki biror yaqininggizdan eshitgan birinchi hadis?
[/quo
AddulAziz aka, Abu Muso aka. Kapalak opa, Muzayyana opa. Robiya opa. Hadija opa, Siddiqa opa, Zubair aka, Muhibb aka. Musannif Adham aka. Chustiy aka. Shokir aka. Shokir63 aka, Foniy aka.

Payg`ambarimiz hayoti haqida o`qiganinggizda qalbizga birinchi kelgan tuyg`u ?
[/qu
Kapalak opa, Muzayyana opa. Robiya opa. Hadija opa, Siddiqa opa, Mahdiyah opa, lolo opa, G_U_L_I opa, Saltanat opa
Oisha onamiz va Fotima r.a onalarimizni hayoti haqida sizni ta`sirlantirgan voqelik?
ote]te]


Alloh rozi bo'lsin. Savollar uchun tashakkur...
1. Aniq esimda yo'g'uuu, adashmasam ota-ona rizoligi haqidagi hadis edi...
2. Alloh har bir suygan bandasining boshiga albatta sinov yuborishi hamda ushbu sinovda sobitlikni o'zi o'rgatishi. Bunda esa Payg'ambarimiz s.a.vni bizga o'rnak ekanliklarini eslayman....
3. Har ikkalarining ham rashklaridan hamda taqvolaridan ta'sirlanganman :)
4. Juda ko'p ulardan biri tasbeh haqidagi rivoyat va hadislari

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2010, 10:41:12

Lu'lu' opa, Abu Muso aka, Shokirbek aka, Kapalak opa, Saltanat opa, Ummu Muslima opa, Oyshanur, Shoxjahon12 va
Javob berishni istagan barcha userlarga:


1. Siz o'zingiz egallashingiz shart deb o'ylagan kasb yoxud ishlardan qaysi birini hali o'rganolmadingiz?
2. Farzandingizga hali o'rgatmagan qaysi ishlarni o'rgatishni o';zingizning mas'uliyatingiz deb bilasiz?
3. Farzandlaringiz, ahlingiz bilan hech sport musobaqasi qilib ko'rganmisizlar? (Oyisha onamiz r.a. va Rasuluylloh s.a.v. ning yugurish musobaqalarini eslang)

Masalan, ot minish, mashina boshqarish, o'q otish, suzish, oliy ma'lumotli bo'lish, armiyaga borish va h.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2010, 11:06:31

JaruleUZB, munisaxon, Chustiy, shirin_a, Akbarjоn, ЖАМШИДЖОН, AbdulAziz-Solih, BelleQizcha, Shoxruh Mirzo, TITAN-UZ, A'zamjon, Musannif Adham, Samarqandiy, UmmSara, Muhseena, Nоdirbek, Jamila, elnura, Muallim, HMF, shokir, Abdulhafiz, Habib, Мухаммад Сохиб, JaviK, braupov, Robiya, Musliha, ibrohim, siddiqa, Sadulla, Ziyovuddin, Abdul_Malik va
Javob berishni istagan barcha userlarga:


1. Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanasiz?
2. Qaysi sport turi bilan shug'ullanishni yoshligingizdan orzu qilasiz?
3. Qaysi sport turi bo'yicha yulduz bo'lib, O'zbekiston sharafini ko'tarishni orzu qilgansiz?
4. Sizningcha, qaysi sport turlari bilan qiz bolalar shug'ullanmagani ma'qul? Nima uchun?
5. Sizningcha, 1-raqamli sport turi qaysi?
6. Siz qaysi sportchilarga (jahon/O'zbekiston) xavas qilgansiz? Nima uchun?
7. Qaysi sport turi bo'yicha rasmiy muvaffaqiyatlarga erishgansiz?
8. Tasavvur qiling... Turmush o'rtog'ingiz/zavjangiz katta musobaqalarga qatnashuvchi sportchi... Tasavvuringizga sig'dira olasizmi? Qanday munosabatda bo'lardingiz?
9. Sizningcha, hamma bilishi kerak bo'lgan, muntazam bo'lmasa-da, ko'p-ko'p shug'ullanib turish lozim bo'lgan sport turi qaysi?
10. Siz qaysi mashhur sportchilarning musulmon bo'lishini xohlardingiz? (Hammasini degan mavhum javob ketmasin, aynan kimligi aniq ko'rsatilsin.)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  17 Iyul 2010, 12:01:39

Savol uchun katta raxmat!

1. Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanasiz?  J: Futbol va stol tennisi.
2. Qaysi sport turi bilan shug'ullanishni yoshligingizdan orzu qilasiz?   J: Futbol, boks, taekwondo.
3. Qaysi sport turi bo'yicha yulduz bo'lib, O'zbekiston sharafini ko'tarishni orzu qilgansiz?  J: Avvalgi postlarimda aytganimdek, yaxshigina darvozabon edim. Shunday ekan darvozabon sifatida futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida o'ynashni orzu qilganman.
4. Sizningcha, qaysi sport turlari bilan qiz bolalar shug'ullanmagani ma'qul? Nima uchun?  J: Boks, karate, bir so'z bilan aytganda jangovor sport turlari bilan shug'ullanishmasligini istardim. Ayol nazokatli bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Og'iz-burni ko'karib, yoki muskullarini chiqarib yurish mening nazarimda ayolga umuman yarashmaydi.
5. Sizningcha, 1-raqamli sport turi qaysi? J:Shubxasiz, futbol.
6. Siz qaysi sportchilarga (jahon/O'zbekiston) xavas qilgansiz? Nima uchun?  J: Vaqtida Muxammadqodir Abdullayev, Artur Taymazovlarga juda xavas qilganman. Chunki Olimpiadadek musobaqadan oltin medal bilan qaytish va o'z yurtining bayrog'ini  yuqori cho'qqilarda xilpirashi uchun, Vatani sharafi uchun astoydil kurashgan sportchilarni juda hurmat qilaman.
7. Qaysi sport turi bo'yicha rasmiy muvaffaqiyatlarga erishgansiz?   J: 3-sinfdaligimda futbol bo'yicha tuman spartakiadasida maktabimiz jamoasi safida 1-o'rinni olganmiz. Balki bu arzimasdek tuyular, lekin  yoshgina bolakay uchun bu katta muvaffaqiyat edi o'sha paytda.
8. Tasavvur qiling... Turmush o'rtog'ingiz/zavjangiz katta musobaqalarga qatnashuvchi sportchi... Tasavvuringizga sig'dira olasizmi? Qanday munosabatda bo'lardingiz?  J: Yuqorida aytganimdek, jangovor sport turi bo'lmasa munosabatim ijobiy bo'ladi. Lekin tasavvur qila olmasam kerak. Chunki ayolim nozik.   :D
9. Sizningcha, hamma bilishi kerak bo'lgan, muntazam bo'lmasa-da, ko'p-ko'p shug'ullanib turish lozim bo'lgan sport turi qaysi?  J: Hech bo'lmasa ertalab ozgina yugurib turish kerak. Shunda semirib ketmaysiz.  ;)
10. Siz qaysi mashhur sportchilarning musulmon bo'lishini xohlardingiz? J: Futbol bo’yicha Braziliya terma jamoasi futbolchisi Kaka va golni nishonlash baxonasida  missionerlik  qiladigan barcha futbolchilarning musulmon bo’lishini.  :)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  17 Iyul 2010, 12:12:24

1. Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanasiz?
2. Qaysi sport turi bilan shug'ullanishni yoshligingizdan orzu qilasiz?
3. Qaysi sport turi bo'yicha yulduz bo'lib, O'zbekiston sharafini ko'tarishni orzu qilgansiz?
4. Sizningcha, qaysi sport turlari bilan qiz bolalar shug'ullanmagani ma'qul? Nima uchun?
5. Sizningcha, 1-raqamli sport turi qaysi?
6. Siz qaysi sportchilarga (jahon/O'zbekiston) xavas qilgansiz? Nima uchun?
7. Qaysi sport turi bo'yicha rasmiy muvaffaqiyatlarga erishgansiz?
8. Tasavvur qiling... Turmush o'rtog'ingiz/zavjangiz katta musobaqalarga qatnashuvchi sportchi... Tasavvuringizga sig'dira olasizmi? Qanday munosabatda bo'lardingiz?
9. Sizningcha, hamma bilishi kerak bo'lgan, muntazam bo'lmasa-da, ko'p-ko'p shug'ullanib turish lozim bo'lgan sport turi qaysi?
10. Siz qaysi mashhur sportchilarning musulmon bo'lishini xohlardingiz? (Hammasini degan mavhum javob ketmasin, aynan kimligi aniq ko'rsatilsin.)
1. Fitnes zallari va suzish mashg'ulotari bilan bo'sh vaqtlarda shug'ullanib turamiz.
2. Yoshligimda avtoralli va Dakar musobaqalarida ishtirok etishni orzu qilardim.
3. Futbol. Lekin futbol o'ynashdan ko'ra tomosha qilishni ko'proq qoyillataman.
4. Og'ir atletika, futbol...
5. Futbol.
6. Ronaldinho. Kuchli texnikasi uchun.
7. Karatedan sariq belbog'im bor  ;D (O'zi oq edi keyin sarg'ayib ketgan)
8. Tasavvrimga sig'dira olmayman.
9. Bo'sh vaqtlarda suzish bilan shug'ullanishni maslahat beraman (basseynda albatta)
10. Ronaldinho.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  17 Iyul 2010, 12:19:26

Lu'lu' opa, Abu Muso aka, Shokirbek aka, Kapalak opa, Saltanat opa, Ummu Muslima opa, Oyshanur, Shoxjahon12 va
Javob berishni istagan barcha userlarga:


1. Siz o'zingiz egallashingiz shart deb o'ylagan kasb yoxud ishlardan qaysi birini hali o'rganolmadingiz?
2. Farzandingizga hali o'rgatmagan qaysi ishlarni o'rgatishni o';zingizning mas'uliyatingiz deb bilasiz?
3. Farzandlaringiz, ahlingiz bilan hech sport musobaqasi qilib ko'rganmisizlar? (Oyisha onamiz r.a. va Rasuluylloh s.a.v. ning yugurish musobaqalarini eslang)

Masalan, ot minish, mashina boshqarish, o'q otish, suzish, oliy ma'lumotli bo'lish, armiyaga borish va h.

Avvalo chiroyli savol uchun raxmat!
1)    Futbolchi bo’lish istagi amalga oshmagach, bolaligimda she’r, hikoyachalar mashq qilib turardim.  Shuning uchun yaxshi  yozuvchi  va tarjimon bo’lishga bel bog’lagandim.  Lekin bu istak ham amalga oshmaydiganga o’xshaydi.  O’zimning yozganlarimda qoniqish hosil qilmayman.  Kichkinagina bir sirni aytaman: hozir koreys tilidagi yaxshi bir qissani tarjima qilishni ustida ish olib boryapman.  
2)   Farzandimga Olloh nasib aylagan bo’lsa, barcha ilmlarni o’rgatishga harakat qilaman va borimni ayamayman.  Qanday kasb egasi etib tarbiya topishidan qat’iy nazar Vataniga, ota-onasiga, maxallasi nomiga dog’ tushirmaydigan, har tomonlama komil etib tarbiyalashga intilaman.
3)   Albatta, musobaqalashib turamiz. Balki bu sportga aloqasi yo’qroqdir. Tomorqamiz va  dalada ishlayotgan vaqtimizda kim chopiqni tez tugatishga musobaqalashar edik. Kechagina  ikkinchi ekin sifatida yerga mosh qadadik va  bu ham o’ziga xos musobaqaga aylanib ketdi.  

Qayd etilgan